Ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi bo`lgan aholini ishi bilan bandligi siyosati uchta asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi: - tarkibiy qayta qurishni rag’batlantirish asosida bo`shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
- ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;
- ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta`min etish.
Davlat aholini ish bilan ta`minlash siyosatining chora-tadbirlari quyidagi sohalar bo`yicha tabaqalashtirilgan: Davlat aholini ish bilan ta`minlash siyosatining chora-tadbirlari quyidagi sohalar bo`yicha tabaqalashtirilgan: Aholini ish bilan ta`minlashga davlatning ta`sir ko`rsatish turlari:
ta`sir ko`rsatish ob`ekti bo`yicha (umumiy va ixtisoslashgan chora-tadbirlar);
mablag’ bilan ta`minlash manbalari bo`yicha.
passiv ta`sir ko`rsatish - ish bilan band bo`lmagan aholiga ijtimoiy yordam;
faol ta`sir ko`rsatish - mehnat taklifini rag’batlantirish, mehnatga bo`lgan talabni rag’batlantirish, talab va taklifni muvofiqlashtirish chora-tadbirlari (axborot, maslahat xizmati ko`rsatish, kasbiy sohada maslahatlar berish, aholining kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturlarini ishlab chiqish va hokazolar), mintaqalarga yordam ko`rsatish chora-tadbirlari va shu kabilar.
O`zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandlik siyosati.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat aholini ish bilan ta`minlash va ishsizlikni bartaraf etish bo`yicha izchil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib boradi. CHunki ish bilan bandlikni oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shilishning muhim omili hisoblanadi. Ish bilan bandlik sohasida davlat siyosatining yuritilishi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.
O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, mansab mavqei, dinga munosabati, e`tiqodi va jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlari hamda ular mehnatining natijalariga bog’liq bo`lmagan boshqa holatlardan kat’iy nazar teng imkoniyatlarni ta`minlash;
- kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta`minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko`maklashish;
- mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
- ish bilan ta`minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta`minlash;
- ijtimoiy himoyaga o`ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayottan va yangi ish joylarini yaratayottan ish beruvchilarni rag’batlantirish;
- ish bilan ta`minlash sohasidagi tadbirlarni ijtimoiy va iqtisodiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
- aholini ish bilan ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushma-lari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o`zaro hamkorligi;
- aholini ish bilan ta`minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik.
- Respublikada olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi hisoblangan ish bilan bandlik siyosati quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:
- tarkibiy qayta qurishni rag’batlantirish asosida bo`shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
- ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb etish;
- ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta`minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |