Mavzu: Ajdodlar merosi
Download 21.82 Kb.
|
Ajdodlar merosi.
Mavzu: Ajdodlar merosi. Azaldan vodiy gavhari hisoblanmish Qoʻqon ham oʻzining boy madaniyati va tarixi bilan bugungi kunda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlarni ham oʻziga rom etayotgani maʼlum va mashhur. Qoʻqon xalqining mehmondoʻstligi, hunarmandlarining qoʻl mehnati bilan yaratgan ijodiy ishlari, ayniqsa, tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida asrlar davomida saqlanib kelinayotgan inshootlar Qoʻqonni butun olam uzra tillarda doston boʻlishiga mayoq boʻlmoqda. Shu oʻrinda sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Biz kim Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulugʻi Turkning bosh boʻgʻinimiz. Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq”, - purmaʼno soʻzlarini yodga solish oʻrinlidir. Bugun sizga Qoʻqon shahrining madaniy meroslari qatoriga kirgan “Shayxon” masjidi haqida qisqacha maʼlumot bermoqchimiz. Koʻhna va navqiron Qoʻqon shahrining markazidan unchalik uzoqda boʻlmagan mahallani “Shayxon” deb ataladi. Oʻtmishda bir nechta (baʼzi rivoyatlarda ularni soni toʻqqizta) tasavvuf ahlining shayxlari shu joyga kelib istiqomat qilganlari, oʻzlarining odobu axloq, yuksak fazilatlari bilan xalq qalbida mehr qozonganlari sabab, mahalliy aholi ularni “Shayxon” (fors tilidan tarjima qilinganda “shayxlar” maʼnosini bildiradi) deb atashga odatlanishgan. Avvaliga mazkur shayxlar qoʻnim topgan qabristonni, soʻngra ushbu mahallani ham shu nom bilan ataganlar. Keyinchalik – yaʼni 1890 yillar atrofida bunyod etilgan masjidga ham “Shayxon” nomi berilgan. Masjidning dastlabki qurilishi haqida aniq maʼlumotlar qoldirilmagan. Biroq sobiq ittifoq davrida namozgohdan turli maqsadlarda foylanilgan, oqibatda uning binolari anchayin oʻz koʻrinishini yoʻqotgan. Allohning marhamati ila ayni paytda mazkur goʻshada istiqomat qiluvchi aholining mehnati, saxovati va hamjihatligi natijasida “Shayxon” masjidi tubdan yangi qiyofani kashf etdi. Milliylik va zamonaviylik iforini taratayotgan bu maqaddas dargoh, u yerda ibodat qilish, ruhiy-maʼnaviy poklanish istagida boʻlgan muhabbatga oshno dillar uchun oʻz bagʻrini ochdi. “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni barkamol oʻqigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qoʻrqqan kishilar obod qilurlar. Aynan oʻshalar hidoyat topuvchilardan boʻlishlari mumkin” (Tavba, 18). Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilinadi: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, oʻsha chiroqning nuri oʻchgunicha farishtalar u kishining haqqiga istigʻfor aytib turadilar”. Darhaqiqat, mazkur oyat va hadis bizga begona emas. Aynan ushbu oyat va hadisdan ilhom olgan xalqimiz bunyodkorlik yoʻlini tanlagani shubhasiz. Istiqlol yillarida ham mamlakatimizda olib borilgan islohotlar, jumladan, milliy va diniy qadriyatlar, tarixiy va madaniy meros obʼektlarini asrab-avaylash borasida ham ulkan ishlar amalga oshirilgani hamda bu saʼy-harakatlar izchil davom ettirilayotganiga barchamiz shohid boʻlmoqdamiz. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov “Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib oʻtishlarida kuch bagʻishlagan. Umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan – avlodga yetkazishga yordam berib kelgan”, - deb yozgan edilar. Dunyoning har yerida vayronkorlik avj olgan bir davrda bizning tilimizu qalbimizda shukronalik joʻshib, ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishga intilishimiz zarur, - deya taʼkidlaydi hozirgi kunda mazkur masjidda imom-xatiblik vazifasida xizmat qilib kelayotgan Ismoilxon domla Xamroqulov. YUsuf Xos Hojib o‘zining “ Qutadg‘u bilig ” asarida ilgari surgan asosiy g‘oyalardan biri bu shaxsning axloqiy kamoloti va ma’naviy yuksakligi masalasidir. Mutafakkirning fikricha,el-yurt gullab yashnashi ,jamiyatning ravnaq topishi,shu jamiyat a’zolari,xususan hokim bilan fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarining yuksakligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari,shoir ta’kidlashicha el-yurt farovonligi va axloqiy kamoloti faqat etuk fazilatli hokimning yo bir kishining faoliyatiga bog‘liq emas. YUsuf Xos Hojib o‘z davridagi ijtimoiy tabaqalar,guruhlarning axloqiy xatti- harakati,hayot tarzi,kasb-kori,ruhiyati haqida batafsil fikr yuritadi. Jumladan, shoir xatti-harakatlar,qusur va kamchiliklar haqida shunday deydi: -YAramas qiliqli kishidan omad ham yuz o‘giradi,u g‘amga giriftor bo‘ladi.Andishali va xulqli pokiza kishilar soflikka intiladi. Andishasiz bo‘lsa,u nuqsonli,nopokdir.SHoshilmoq,engil-elpi ishlarni qilmoqning oqibati zahmatli bo‘ladi.Bunday noloyiq odat,ko‘pchilikka bosh bo‘lgan kishilarda bo‘lsa,ularning yuzi bo‘lmaydi,obro‘si to‘kiladi. YUsuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kidlashicha agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘lsa, ularni boshqalarga o‘rgatish lozim. Lekin odob- axloq, rasm-rusm, odat va irodani hosil qilish uchun zo‘r kuch va nasihat kerak bo‘ladi. Odam bolasi shu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. SHunga ko‘ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish uchun ezgulik tuyg‘usini singdirishdan iborat. Bu oliyjanob vazifanibajarish esa ota-onaning zimmasidadir. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik , no‘noqlik qilsa va nodon bo‘lsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin”. Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani ma’suliyat bilan ado etish lozim. Ibn Sino “Tadbiri almanozil” asarida er va xotinning sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak taqdirini belgilaydi, muhim axamiyatga ega ekanligini alohida uqtiradi. Ibn Sino bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o‘rgatishga chaqiradi O’zbek xalqining madaniyati va tarbiyaga doir nazariy va amaliy merosi juda boy va katta tarixga ega. Pedagogik fikr taraqqiyotiga jamiyatdagi ro’y beradigan jarayonlar, fandagi o’zgarishlar, xalq tajribasi o’z ta‟sirini o’tkazadi. Bular orasida o’tmish ajdodlarimizning pedagogik ilmiy merosi katta o’rin tutadi. Bugungi mustaqillik sharoitida bu merosni o’rganish, undan ta‟limtarbiya samarasini oshirishda foydalanish ham nazariy , ham amaliy ahamiyat kasb etadi. O’rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Beruniy, Firdavsiy, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy,Ulug’bek va boshqalar asarlarida, ular qoldirgan ilmiy meroslarida ma‟rifiy-ta‟limiy qarashlar tizimi juda keng bo’lib, uning mazmunida odob-axloq, axloqiy tarbiya vazifasi va mazmuniga doir ajoyib fikrlar mavjud. Buyuk mutafakkirlar axloq mazmuniga burch, vijdon, o’zaro munosabat, vatanga sadoqat va vatanparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, birodarlik kabi masalalarni kiritadilar va har birining mazmunini ochib berishadi. Bu o’rinda o’rta asr sharqining fikrlar rivojida mutafakkir Ibn Sinoning xizmatlari benihoya kattadir.Ibn Sino o’zining “ Yaxshilik va yomonlik”, “ Axloq haqida risola” kabi asarlarida insonning kamol topishida axloqiy tarbiya, odatlar va his-tuyg’ularning roli haqidagi fikrlarni bayon etadi. Ibn Sino “Axloq haqida risola” asarida insonning umumiy fazilatlari haqida gapirib, kishilar xulqida yaxshi va yomon odatlarning paydo bo’lish sabablariga to’xtaladi. Bu asarda iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm- ma‟rifatli bo’lish, ochiqlik, farosatlilik, do’stlik, vafodorlik, kamtarlik, adolatlilik kabi axloqiy tushunchalarga ta‟rif beradi Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Kaykovus singari Sharq mutafakkirlari e’tirof etgan inson ma’naviy kamolotining zaruriy shartlaridan biri mustaqil va mantiqiy tafakkurdir. Bu jarayonda o‘quvchi mukammal faollik, ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Madaniy merosimizga o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shgan allomalarimiz Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar ijodini o‘rganish kelajak avlod uchun katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ularning har biri jahon sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo‘shib kelgan. Bu silsilada Yusuf Xos Hojibning nomini ham faxr va iftixor bilan tilga olish mumkin. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” asarlari ma’naviyat durdonalaridan biridir. Shu o‘rinda “qomusiy” so‘zini qo‘llaganimiz tasodifiy emas. Har bir yaratilgan asar o‘quvchini, kitobxonni bir yo‘nalishda tarbiyalaydi. “Qutadg‘u bilig” asari esa davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasm-rusumlarini, axloqiy prinsiplarini o‘zida mujassamlashtirgan, qomusiy asar sifatida yuzaga keldi. Bu asar didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, unda davlatni idora qilish usullari, oddiy xalqdan tortib oliy darajadagi mansab egalari elikxonlargacha — olim, shoir, dehqon, chorvador, kosib singari ko‘plab tabaqa, toifa, ijtimoiy guruhlarning fe’l-atvori qanday bo‘lishi lozimligi, davlat qurilishi, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, umuman, siyosiy-ijtimoiy, moddiy-ma’naviy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar o‘sha davr talabi nuqtayi nazaridan yo‘l-yo‘riqlar badiiyat qonunlari asosida tavsiflangan. Yusuf Xos Hojib o‘z zamonasining donishmandi, mutafakkiri, ilg‘or fikrli faylasufi edi. U o‘z asarida ilm-fan, bilim va zakovatga alohida e’tibor bilan yondashadi: Biligsiz kishi bir yemishsiz yig‘ach, Emishsiz yig‘achig‘ neku qilsu ach. (Bilimsiz kishi bir mevasiz yog‘ochdir, Mevasiz yog‘ochni och kishi nima qilsin). Bu ifodalarning ixcham, lo‘nda, samimiyat bilan yo‘g‘rilganligi e’tiborni tortadi. Ifodaning ravonligi, tilga olinayotgan hodisaning tabiiyligi, bevosita kundalik turmush bilan zich bog‘lanib ketganligi ham uning ta’sir kuchini oshiradi. Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling