Mavzu: Ajoyib uycha


Download 14.84 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi14.84 Kb.
#1170186
Bog'liq
6666t6666666666


Mashg’ulot – San’at markazidagi faoliyat.
Mavzu: Ajoyib uycha
Maqsad: - Tarbiyalanuvchilar ranglarni to’g’ri ajrata olishni o’rganadilar.
Tarbiyalanuvchilar katta – kichik shakllarni farqlashni ularni to’g’ri joyiga taxlashni, uycha qanday qurishni o’rganadilar. Tarbiyalanuvchilar uycha yasash orqali kimlarga va nimalarga uy kerak ekanligini bilib olishadilar.
Tarbiyalanuvchilarning fikrlash qobilyati, nutqi ravonlashadi.
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: - rangli qalamlar , rangli qog’ozlar, turli xil shakldagi kubiklar, legolar, kiley, qaychi, list, karton, mavzuga oid rasm foto sura’tlar, mavzuga oid plakatlar, uy,uycha rasmi bor. Rasmlar yasalgan uy namunasi .
Faoliyatning borishi: - Tarbiyalanuvchilar bilan avvalo salomlashish, kayfiyatini birinchi o’rinda, so’rab olish.
Bolajonlar bilan avvalo bugungi kunning sanasini, hafta kunlarini va hozir qaysi oy ekanligini va hozirda qaysi fasl ekanligini bolajonlar bilan takrorlab olish.
Bolajonlar bilan hafta kunlarini , qo’l harakatlarin yordamida quvnoq mashq o’tkazib , ularning kayfiyatini ko’tarib olish.
O’ng qo’limda – Dushanba
Chap qo’limda – Seshanba
Ikki qo’lim – Chorshanba
Ikki yuzim – Payshanba
Qorincham – Juma
Yurakcham – Shanba
Dam olaman – Yakshanba
Bu orqali bolajonlar ham hafta kunlarini takrorlaydi, ham kayfiyati ko’tariladi.
So’ng esa mashg’ulotni boshlashdan avval bolajonlar bilan yana qo’l harakatlari yordamida mashg’ulotga tayyor ekanligini bilib olish, birgalikda bolajonlar bilan birgalikda so’zlarni takrorlash.
Bir, ikki, uch bilaklarga kirsin kuch baliq bo’lib suzamiz, quyon bo’lib sakraymiz, tulkidek ayyormiz, deb bolajonlar bilan poyiz-poyiz o’yinini o’ynashni bolajonlarga taklif qilib bolajonlarni o’zlari xohlagan markazlarda vagonchalardan tushib qolishni taklif etish.
Bolajonlarni namuna bilan tanishtirish. Uycha rasmi bor plakatlar, rasmlar bilan tanishtirish.
Bolajonlarga uycha yasash ketma-ketligini o’rgatish.
Rangli qalamchalardan to’g’ri foydalanishni , kerakli ranglarni ajratib olishni o’rgatish.
Legolardan uycha yashni o’rgatish, kichik-katta hajmli shakllarni farqlashni o’rgatish:
Rasm chizishda nimalarga ahamiyat berish kerak ekanligini bolajonlarga tushuntirish, va ko’rsatib berish.
Rangli qog’ozdan foydalanishda shakllarni to’g’ri taxlashni bolajonlarga o’rgatish.
Kerakli har bir jihozni to’g’ri foydalanishni bolajonlarga o’rgatish. Yakuniy qism bolajonlar ishlarini har bir markazlarda faoliyat olib borib yasagan uychalarini baholash, ularni rag’batlantirib chiqish va bolajonlarga o’zlari hoxlasa uyda ham uycha chizib kelishini o’z uylarini chizib kelishini bolajonlarga aytib, agar xohlasa qushchaga uycha chizsa ham bo’lishini aytib bolajonlardan mashg’ulot haqida fikrlarini o’rtoqlashish va kayfiyat ko’tarish, uchun doira shaklida turib bolajonlar bilan birgalikda qo’l harakatlari bilan sher aytish
Qushlar uchib keldilar, daraxtga qo’ndilar
U yon bu yonga qarab yana uchib ketdilar,
Shu bilan uchib qushlar kabi sayrga bolajonlarni taklif qilish.
Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling