To’g’ri burchakli rezbalar - muhim bo’lmagan joylarda ventil, zadvijka shpindellarida, domkrat, press vintlarida ishlatiladi. Rezbaning profili to’g’ri burchakli (kvadrat) bo’lib, standartlashmagan va shartli belgilarga ega emas. Chizmada rezbaning profili, ichki va tashqi diametri, qadami ko’rsatiladi.
Rezbalarning tasvirlanishi va belgilanishi (GOST 2.311-68).
Rezbalarning tasvirlanishi.
1. Chizmada sterjendagi rezbaning sirtqi diametri asosiy tutash chiziq bilan tasvirlanadi. Perpendikulyar tekislikdagi ko’rinishida rezbaning ichki diametri aylananing taxminan 3G’4 qismiga teng bo’lgan va istalgan yerida uziladigan yoy bilan chiziladi. (4-shakl).
2. Teshikdagi rezbaning ichki diametri asosiy tutash chiziq bilan va sirtqi diametri esa ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi. Ingichka tutash chiziq asosiy chiziqdagi kamida 0,8 mm va ko’pi bilan rezba qadamiga (R) teng masofada o’tkaziladi.
3. Rezbaning chegarasini belgilovchi chiziq, uning to’liq profili tugagan joydan tutash chiziqlarda (5-shakl a, b) chiziladi.
4. Shtrixlash chiziqlari qirqkim va kesimlarda asosiy tutash chiziqqa yetkazib chiziladi.
5. Rezbali berk teshik (uyacha) larning tubi konus shaklida bo’lib, uchidagi burchagi 120 bo’ladi (6-shakl, a, b). Sterjen va teshikdagi rezbaning uzunlik o’lchamlari, rezba qochimigacha ko’rsatiladi.
6. Konstruktiv ahamiyatga ega bo’lmagan faskalar perpendikulyar tekislikda tasvirlanmasligi mumkin. Sterjendagi rezbani tasvirlovchi ingichka tutash chiziq faskaning chegara chizig’ini kesib o’tishi kerak (7-shakl).
Standart rezbalarning belgilanishi
Rezbaning nomi
|
Belgilanishi
|
Rezbaning tasviriga shartli belgilarni qo’yish
|
Standart
|
Biriktirish rezbalar
|
Metrik
|
Yirik
|
M
|
|
GOST9150-81
|
Mayda
|
M
|
|
GOST9150-81
|
Dyuymli
|
-
|
|
NKTP-1260
|
Truba
|
Silindrik
|
G
|
|
GOST6357-81
|
Konussimon
|
R
Rc
Rr
|
|
GOST6211-81
|
Yurgizish rezbalar
|
Trape-
siyasimon
|
Tr
|
|
GOST9484-81
|
Tirak
|
S
|
|
GOST1077-82
|
Do'stlaringiz bilan baham: |