Avtomatning yoy so’ndiruvchi tizimi avtomatni o’chirishda hosil bo’ladigan yoyni so’ndirish uchun xizmat qiladi. Po’lat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoylarga bo’lish Avtomatlarning yuritmalari qo’l bilan yoki uzoqdan boshqariluvchi bo’lishi mumkin. Birinchi holda ulash dasta 12 ni burash bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi holda elektromagnit 13 yoki maxsus elektr dvigatel yorda-mida yuritmaga ta’sir etiladi. Pnevmatik yuritmadan foydalavdsh hammumkin. Avtomatlarni uzish, erkin ajratish mexanizmi ishga tushganda uzuvchi prujinalar 17 (rasmda) ta’sirida amalga oshiriladi. Erkin ajratish mexanizmi (rasm) avtomatni vaqtning istalgan momentida o’chirishni ta’minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham o’chirish lozim.
Kontaktorlar-bu uzoqdan ta’sir etadigan apparatlar bo’lib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni ko’p ulash, va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3-4000 Atokka kuchlanishining
Rasm. Kontaktorning shartli sxemasi: а-bir qutbli o`zgarmas tokida 220,440 kontaktorning elektr sxemasi; б-shartli konstruktiv 650,750, V va sxemasi.
O’zgaruvchan tokida 380 ,500 va 660 V ga mo’ljallab ishlab chiqariladi va soatiga 600-1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi.
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng ko’p qo’llaniladi.
Moyli bakli o’chirgichlar
Moyli bakli o’chirgichlardagi moy yoyni so’ndirish va tok o’tkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi.
10 kV gacha bo’lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo’lgan ayrim o’chirgichlarning turlarida) o’chirgich bitta bakka ega bo’lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo’ladi, kuch-lanish katta bo’lganda har qaysi faza uchun o’zining baki bo’ladi.
Rasmda yoyni so’ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo’lmagan bakli o’chirgich sxemasi ko’rsatilgan. o’chirgichning po’lat baki 1 boltlar yordamida quyma cho’yan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qo’yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 o’tgan bo’lib, ularning tok o’tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo’zg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qo’zg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko’prik yoki traversada turadi. Ularga harakat o’chirgich qopqog’i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa ko’tarilgan bo’ladi va kontakt ko’prik qo’zg’almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo’ladi. o’chirgich ulangan holatda yuritmaning ilmoki yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |