Mavzu: Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari faoliyati


Download 58.3 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi58.3 Kb.
#1642736
1   2
Bog'liq
13-MAVZU

Kasb-hunar kolleji - oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yil 29-avgustda kabul qilingan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunga muvofiq, umumiy taʼlim maktablari (9-sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 3-yil K.-h. k. oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi; oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasbhunar boʻyicha bir mutaxassislik va 2—3 ishchi-kasb malaka koʻnikmalarini egallash imkonini yaratadi. K.-h. k.larida taʼlim olish oʻquvchilarga oʻz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega boʻlishni taʼminlaydi. K.-h. k.larida oʻquv dasturlari oldingi oʻquv bosqichi — umumtaʼlim maktablari va keyingi pogʻonada turgan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlari bilan oʻzaro mutanosiblikda boʻlib, taʼlimning uzluksizlik va izchillik prinsipiga amal qiladi. K.-h. k.lari zamonaviy asbob-uskunalar, oʻquv-uslubiy qurollar, koʻrgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanadi.
  • K.-h. k.larida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi va ularni tayyorlashda har bir hududning oʻziga xos geografik va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga boʻlgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olinadi. Oʻquvchilarga beriladigan i.ch. taʼlimi oʻquv muassasasining zamonaviy jihozlangan ustaxonalarida va korxonalarida i.ch. amaliyoti bilan uzviy bogʻliq holda olib boriladi. Shu bilan bir qatorda umumiy bilimlar asoslarini berish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassis boʻlib yetishishi uchun berilayotgan taʼlim milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuygʻulari ruhidagi tarbiya bilan mushtaraklikda amalga oshiriladi
  • . K.-h. k.larining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. 
  • Bu diplomlar taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallangan kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradi. 2001/2002 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi 303 K.-h. k.da 217 mingga yaqin oʻquvchi oʻqidi.[1]

Download 58.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling