Мавзу: Акциз солиƒи ва унинг бюджет даромадини шакллантиришдаги тутган урни
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
aksiz soligini hisoblash va budjetga tolash tartibini takomillashtirish
Aktsiz solig’i to’lovchilar
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar
32
Soliq kodeksining 230-moddasiga muvofiq, quyidagi operatsiyalar aktsiz solig’i solinadigan ob’ekt hisoblanadi: 1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: tovarni sotish (jo’natish); garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan topshirish; aktsiz to’lanadigan tovarlarni bepul topshirish; aktsiz to’lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; aktsiz to’lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 2) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; 3)
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol- mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk tao’simlangan taqdirda topshirish; 4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo’shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to’lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 33
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to’lanadigan tovarlarni o’z ehtiyojlari uchun topshirish; 6) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish. Soliq kodeksining 231-moddasiga muvofiq, aktsiz to’lanadigan tovarlar oluvchiga jo’natilgan (topshirilgan) kun aktsiz to’lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir. Garovga qo’yilgan aktsiz to’lanadigan tovarlar garovga qo’yuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo’lgan mulk huquqi o’tgan sana garovga qo’yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. Import qilinayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bojxona
rasmiylashtiruvidan o’tkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir. Aktsiz solig’ini solish bazasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Aktsiz solig’ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aktsiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling