Мавзу: Акциз солиƒи ва унинг бюджет даромадини шакллантиришдаги тутган урни
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
aksiz soligini hisoblash va budjetga tolash tartibini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........... 56 ILOVALAR............................................................................. 61 4
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillaridan tadbirkorona foydalangan holda, bir tomondan xalqimizning hayot ehtiyojlarini ta’minlash, ikkinchi tomondan esa davlatimiz o’z zimmasiga olgan ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini mustahkamlash tadbirlarini shiddat bilan amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, soliq-budjet siyosati borasida olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida budjet daromadlari va harajatlarining muvofiqligini ta’minlash hamda ular samaradorligini oshirish masalalari turadi. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o’sishini ta’minlash, jumladan, soliq siyosatini qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini yanada erkinlashtirish yo’nalishlarining belgilanishi, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay soliq muhitini yaratish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir. Soliq yukini kamaytirishga qaratilgan respublikamizda yuritilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlash lozim: “2012 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat budjetining daromadlar qismi ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.4 foizni tashkil etdi 1 ”.
1 “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. //Ma’rifat gazetasi, 19 yanvar 2013 yil, №6
5
Iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o’ziga xos soliq tizimining vujudga kelishi avvalo uning tarkibiga kiruvchi soliqlarning harakati bilan bog’liq bo’ladi. Soliq tizimida eng ichki o’zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko’plab omilllari bilan to’qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig’idir. Shu bois, aktsiz solig’ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog’liq holda o’rganish eng dolzarb muammolardan bo’lib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, aktsiz solig’ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o’rganib kelingan. Aktsiz solig’i egri soliq bo’lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali harakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig’i o’ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir. Aktsiz solig’i rivojlangan xorijiy davlatlarda ham davlatning umum soliq siyosatida muhim o’rin egallaydi. Aktsiz solig’i korxona mahsulotlari va xizmatlari bahosi ustiga yoki tarifiga ustama shaklda to’g’ridan to’g’ri kiritiluvchi egri soliq turi hisoblanadi. Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati budjet tushumini ta’minlash orqali xalq xo’jaligi manfaatlarini qondirishga, ko’proq mablag’larni jalb ettirishi orqali namoyon bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning to’lov qobiliyatlarini oshishida o’z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig’i ob’ektlari (aktsiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to’lov qobiliyatini o’sishida namoyon bo’ladi. Aktsiz solig’ini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganish, rivojlangan xorijiy davlatlarda aktsiz solig’idan foydalanish tajribalarini o’rganish, ularni mamlakatimiz iqtisodiy shart-sharoitlariga moslagan holda qo’llash imkoniyatlarini ko’rib chiqish, shuningdek undan amaliyotda foydalanish natijalarida kerakli xulosalar chiqarish va uni takomillashtirish zarur. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning keng mazmuni tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling