Mavzu: akkumlyator ustaxonasini rejalashtirish
Akkumulator batareyasida uchraydigan nosozliklar, sabablari va bartaraf etish usullari
Download 237.72 Kb.
|
Mavzu akkumlyator ustaxonasini rejalashtirish
Akkumulator batareyasida uchraydigan nosozliklar, sabablari va bartaraf etish usullari
Akkumulator batareyalariga 1-TXKda chang va iflosliklardan tozalanadi. Batareyaning sirtida elektrolit bo’lsa quruq latta yoki 10 % li kalsiyli soda eritmasi yoki nashatir spirtini lattaga shimdirilib artiladi. Batareyani va simlar bilan ulanish joylarini mahkamlanganligi tekshiriladi. Agar ulanish joylarida oksidlanish sodir bo’lsa, ularni yaxshilab tozalanib, so’ngra texnik vazelin surtib, joyiga mahkamlab qo’yiladi. Akkumulator batareyasidagi elektrolit sathi tekshiriladi. Agar akkumulatordagi elektrlit sathi meoyoridan kamaygan bo’lsa, distillangan suv quyib, meoyoriga yetkaziladi. Sovuq kunlarda suv muzlab qolmasligi uchun, dvigatelni o’t oldirishdan oldin quyiladi. Bunda suv bilan elektrolit tez aralashib ketadi. Elektrlit sathini tez tushib ketishi, generatorning yuqori kuchlanish berishi hisobiga akkumulatorni keragidan ortiqcha to’yinishida, elektrolitni batareya sirtiga chiqarib yuboradi. Bunday holda generatorning sozligini tekshiriladi va rostlanadi. Batareyaga 2-TXK da, yuqorida keltirilgan ishlarni bajarish bilan birgalikda, qo’shimcha akkumulatorni to’yinganlik darajasini, elektrolit zichligi va yuklanish ostida bo’lganida akkumulatorning kuchlanishi o’lchanadi. Elektrolitning zichligi dessimetr (areometr), kuchlanishni esa yuklanish vilka (ayri) si yordamida o’lchanadi. Akkumulatorni ishonchli va uzoq muddat ishlashiga elektrolitning tozaligi katta ahamiyatga ega. SHu sababdan elektrolit tayyorlashga katta eotibor berish kerak. Elektrolit tayyorlash uchun sulfat kislota va distillangan suv ishlatiladi. Elektrolit tayyorlashda ebonit, farfor idishlardan foydalaniladi. Elektrolit tayyorlashda albatta himoya kuz oynak, rezina etik va qo’lqop hamda fartuklardan foydalanish kerak. Elektrolit tayyorlash uchun farfor idishga avval distillangan suv quyib, so’ngra sulfat kislotani ingichka oqimda qo’yilayotganda, toza shisha tayoqcha bilan arlashtirib turiladi. Teskari tartibda elektrolit tayyorlash mumkin emas, chunki bunda idishdan elektrolit otilib, chiqib inson aozosini kuyishiga olib kelishi mumkin. Download 237.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling