Mavzu: Aksiz to’lanadigan tovarlarni belgilash va ulardan soliq undirish jarayoni


Download 19.8 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi19.8 Kb.
#1042295
Bog'liq
aksiz soligi


Mavzu: Aksiz to’lanadigan tovarlarni belgilash va ulardan soliq undirish jarayoni
Reja
1 Aksiz to’lanadigan tovarlarni belgilash
2 Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari.
3 Aksiz to’lanadigan tovarlardan soliq undirish jarayoni

Aksiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:


O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan (aksiz to‘lanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchilar;
benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek, gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
QO'SHILGAN QIYMAT VA AKSIZ SOLIQLARI.

Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir.
O'zbekiston Respublikasi xududiga import qilinadigan tovarlarga ishlarga, xizmatlarga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab chiqarish va to'lash tartibi aloxida yo'riqnomalar bilan belgilanadi.
Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi xududida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar soliq to'lovchilar bo'lib xisoblanadilar, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar (yagona soliqni to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig'ini to'lashga o'tgan qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solig'i to'lovchilar, belgilangan tartibda shu faoliyatdan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari xisoblanadilar. Soliq solish obyektiQo'shilgan qiymat solig'i solish obyekti bo'lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo'yicha aylanmalar xisoblanadi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, o'z ishlab chiqarish extiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo'natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar (keyingi o'rinlarda "tovarlar (ishlar, xizmatlar)" deyiladi) tushuniladi.
Tovarlarning sotilishida o'zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti xisoblanadi.Soliq solish maqsadida iste’mol chilik maqsadi va qiymatiga ega bo'lgan xamma narsa (tovar, maxsulot, ko'chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar xisoblanadi.
Ishlarning sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, taxmirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyixa-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliq solish obyektixisoblanadi.
Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi:
yo'lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft maxsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo'natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;
mol-mulk va ko'chmas mulk obyektlarini ijaraga berish xizmatlari;
vositachilik xizmatlari;
aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;
reklama xizmatlari;
ma’lumotlarni ishlash va axborot ta’minotiga doir xizmatlar;
boshqa xizmatlar.
Shuningdek, quyidagilar xam soliq solinadigan aylanmalarga kiradi:
a) tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo'yicha, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan, shu jumladan, o'z xodimlariga o'z iste’mol i uchun korxona ichidagi aylanmalar.
b) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul berilishi yoki xaqini qisman to'lab berilishiga doir aylanmalar;
v) garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumladan, ularning garovni tutib turuvchiga u garov majburiyatlarini ta’minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar.
Lotereya biletlarini sotish lotereya tashkilotchisi uchun soliq solish obyekti bo'lib xisoblanmaydi.
Bunda korxonalar (qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko'rsatiladigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi)ga oid xizmatlar qo'shilgan qiymat solig'iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi.
Soliq solinadigan aylanmani aniqlashSotish bo'yicha soliq solinadigan aylanma miqdori sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida qo'llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan aniqlanadi.
Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aksizlar summasi xam unga kiritiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tekinga berilishida, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bundan mustasno, soliq solinadigan aylanma miqdori korxonada berish paytida vujudga kelgan narx (tarif) darajasidan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bo'yicha amalda vujudga kelgan xarajatlardan kamaytirmasdan aniqlanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va qoldiq qiymat o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi.
Tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va tugallanmagan qurilishning xaqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilishida ularni beruvchi korxona soliq to'lovchi xisoblanadi. Maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxidan (yoki olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan) past narxlarda sotilishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan, biroq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda - tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi ishlab chiqarish tannarxidan;
savdo, ta’minot-tayyorlash faoliyatini amalga oshirganda - olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan past bo'lmagan narx qabul qilinadi.
Ish xaqini qonunlarda belgilangan tartibda tovarlar (shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan) bilan natura shaklida to'laydigan yoki ularni o'z xodimlariga kassa orqali tannarxidan past narxlar bo'yicha sotadigan korxonalar uchun soliq solinadigan aylanma belgilangantartibda belgilanadi.
Korxona ichida o'zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
Berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha esa - aksizlar xisobga olingan xoldagi ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi.
Qaytariladigan idishlar, shu jumladan, garov qiymatiga ega shisha idishlar qiymati soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi, bunday idishlarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilishi bundan mustasno.
Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va taxmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyixa-qidiruv va ilmiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachilar tasdiqlagan, shartnomaviy narxlardan kelib chiqib, xaq to'lash uchun xisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi.
Qurilish ishlarini pudratchi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlar bajarganida unga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab yozish bilan sotilgan pudratchi (yordamchi pudratchi) materiallarining va buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilgan xolda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi. Bunda moddiy resurslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining summasi belgilangan tartibda xisobga olinadi. Pudratchi tashkilotlar yordamchi pudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruktsiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir obyekt qurilishi doirasida sotganida, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini kiritmasdan, qo'llanadigan narx va tariflardan kelib chiqqan xolda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi.
Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi:
a) korxonaning bir tarkibiy birliklari tomonidan ushbu korxona boshqa tarkibiy birliklarining sanoat-ishlab chiqarish extiyojlari uchun sotilgan maxsulotlar, yarim tayyor maxsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlarga doir aylanmalar (ichki ishlab chiqarish aylanmasi). Ushbu bandda korxonaning tarkibiy birliklari deganda bank muassasasida xisob-kitob varag'iga ega bo'lmagan, shuningdek asosiy korxona balansida turadigan tarkibiy birliklar tushuniladi.
b) xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari, boshqa turdagi korxonalar tugatilganida ular mol-mulkining a’zolari, muassislari o'rtasida taqsimlanishi bo'yicha aylanmalar. Mabodo tugatilgan korxona mol-mulki boshqa shaxslarga sotiladigan bo'lsa, bu qoida unga tegishli bo'lmaydi;
Ushbu me’yor moliya organlari tomonidan moliyalashtirish manbai tasdiqlangan taqdirda qo'llaniladi.
Agar yuqorida aytib o'tilgan tovarlar byudjet tashkilotlari buyurtmalari asosida, biroq byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirilmagan xolatda keltiriladigan bo'lsa, shuningdek yuqorida ko'rsatib o'tilgan tovarlar buyurtmachi xisoblanmagan shaxslarga sotilsa, qo'shilgan qiymat solig'i umumiy tartibda xisoblanadi, Ya’nisoliq solish obyekti jami aylanmadan kelib chiqib xisoblanadi;
g) korxonalar o'rtasida bo'lish balansi bo'yicha va (yoki) ushbu korxonalarning mulkdori bo'lgan yuqori tashkilotning buyrug'iga ko'ra bir tizimning ichida bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) qiymati;
d) asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) va nomoddiy aktivlarni korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berish bo'yicha aylanmalar.
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ushbu muddat doirasida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining xisobga olinishi yoki qaytarilishi xaridorlarning xisob-kitob hujjatlariga dastlabki xaq to'lashi va soliqning byudjetga tushish muddatidan qatxi nazar amalga oshiriladi.
Soliq imtiyozlari
Qo'shilgan qiymat solig'idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug'urta qilish va qayta sug'urta qilishga doir operasiyalar, shu jumladan sug'urta bo'yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan bunday operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
2) ssudalar berish va o'tkazish bo'yicha operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
3) pul omonatlari, joriy xisobvaraqlar, to'lovlar, o'tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog'ozlarga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
4) qonuniy to'lov vositalari bo'lgan pullar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, numizmatik maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari;
5) qimmatli qog'ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, ularning tayyorlanishi va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari;
6) maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig'imlar undiriladigan xatti-xarakatlar;
7) bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlarini xarid qilish huquqi uchun patent bojlari, ro'yxat yig'imlari va ruxsatnoma to'lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protez qo'yish xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning maxsulotlari, davolash muassasalari xuzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari maxsulotlari;
12) pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markalangan otkritkalar va konvertlarning sotilishi;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni to'lash bo'yicha xizmatlari;
14) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ilmiy-texnika taraqo'iyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari bo'yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;

Aksiz to’lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Aksizto’lanadigantovarlaroluvchigajo’natilgan(topshirilgan)kun,agar ushbumoddadaboshqachaqoidanazardatutilmaganbo’lsa,aksizto’lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo’yilgan aksiz to’lanadigan tovarlar garovga qo’yuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo’lgan mulk huquqi o’tgan sana garovga qo’yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidano’tkazilgansanaulargadoiroperatsiyaamalgaoshirilgan 
sanadir.
232-modda. Soliq solinadigan baza Aksiz solig’ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar ushbu moddaning uchinchi va to’rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizatsiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning aksiz solig’I hamda qo’shilgan qiymat solig’I kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ishhaqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga,xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan pastnarxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qaytaishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi.
Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan bazabojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling