Mavzu: aksonometrik proeksiyalar mavzusini o’qitish metodi kirish mavzuning dolzarbligi
II BOB. DETALNING AKSONOMETRIK PROYEKSIYALARIDA QIRQIMLARNI BAJARISHNING O’QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATIGA TA’SIRI
Download 197.79 Kb.
|
AKSONOMETRIK PROEKSIYALAR MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
II BOB. DETALNING AKSONOMETRIK PROYEKSIYALARIDA QIRQIMLARNI BAJARISHNING O’QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATIGA TA’SIRI
2.1. Aksonometrik proyeksiyalarni o’rgatish metodikasi va ularda qirqimlarni tasvirlashning ahamiyati Amaliy jihatdan qaraganda aksonometrik proeksiyalarni o'rgatishga zaruriyat qolmaganday tuyulishi mumkin: ishlab chiqarishda u juda kam qo'llaniladi, arxitektura, qurilish chizmachiligida uning o'rniga ko'pincha perspektivadan foydalaniladi. Ammc bu mavzuni kasb- hunar kollejlari chizmachiligi kursiga kiritish zaruriyati foydasiga kamida ikkita dalil keltirish mumkin.4 Birinchisi - aksonometrik proeksiyalarning katta ta’limiy ahamiyati. Avvalambor u o’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va mashq qildirish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Aksonometrik proeksiyalarni bajarish buyum originalining xuddi geometrik skeletini ochganday uning fazoviy shakli va tuzilishini yaqqol tasvirlaydi va fazoviy tasavvur rivojlanishiga foydali yuklama beradi. Aksonometrik proeksiyani bajarish ayniqsa o'zini rasm chizishga qobiliyatsiz deb hisoblab yurgan o’quvchilarda alohida qoniqish hosil qilishini sezish mumkin. Aksonometrik proeksiya fazoning uchta o'lchamida joylashgan tasvirlar haqidagi hamma axborotlarni bitta tasvirda aks ettiradi. Buning natijasida bunday tasvir yuqori darajada yaqqol bo'lib, tasvir buyum shaklini to'liq tasavvur qilishda deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi. Ikkinchisi - yaqqol tasvirlarning katta o'quv qiymatidir. Yaqqol tasvirlar xuddi real buyum va uning to'g'ri burchakli proeksiyalari orasida bog'lovchi bo'g'in sifatida xizmat qiladi. Bu holda yaqqol tasvir va kompleks chizmalarni solishtirib chizmani o'qishga doir qator mashqlar tizimini tayyorlashga imkon beradi. Yaqqol tasvirlar (aksonometrik proeksiya) ni o'rganish va bajarishni to'g'ri burchakli proeksi sistemasini o'rganish va chizma bajarish bilan birgalikda olib borishi kerak. Chunki yaqqol tasvirlar o’quvchilarga uchinchi proeksiyani yasashni o'rganishda asosiy tayanch bo'lib xizmat qiladi va uning yordamida o’quvchilar ikkita ko'rinish bo'yicha uchinchisini sezilarli darajada oson bajaradilar (13- shakl). 13-shakl. Aksonometrik proektsiyaning turlarini o’rgatish. Kasb-hunar kollejlari chizmachilik kursida o’quvchilar aksonometrik proeksiyaning ikki turi - qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalar va to'g'ri burchakli izometrik proeksiyalarni o'rganadilar. Ma’lumki, kasb-hunar kollejlarining muhandislik grafikasi fanlari chuqur o'rganiladigan yo'nalishlarida aksonometrik proeksiyalar mavzusiga alohida ma’ruza va amaliy mashg'ulotlar ajratiladi. Shu yo'l bilan ushbu tasvir yasash usullarini chuqur nazariy asoslari o'rganiladi. Yuqoridagilarni hisobga olib mavzuni o'rganish metodikasiga birmuncha kengroq to'xtalamiz. Darsda aksonometrik va kompleks chizmalarni o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish o’quvchilarning mavzuni oson o'zlashtirishlariga hamda kompleks va aksonometrik tasvirlar o'rtasidagi chuqur bog'lanishlarni tushunishlarini osonlashtiradi. Aksonometrik proektsiya mavzusini o’rgatishda ularni namoyish qiluvchi ko’rgazmalardan foydalanish. Aksonometrik proeksiyalar mavzusini o'rganishda ularni namoyish qiluvchi ko'rgazmalardan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin (14-15 -shakllar). 13-shakl 14-shakl 15-shakl Model yordamida qiyshiq burchakli frontal dimetrik proeksiyani hosil qi lish uchun buyumning oldingi qirrasi proeksiyalar tekisligiga parallel, proeksiyalovchi nurlar esa tekislikka o'tkir burchak ostida yo'naltiriladi. Bu holda oldingi qirra tekislikka haqiqiy kattalikda proeksiyalanadi, yon va yuqorigi qirralarining kattaliklari esa o'zgaradi (15-shakl). Agar buyumning qirralarini fazoda tekislikka nisbatan biror burchak ostida joylashtirib uni tekislikka perpendikulyar bo'lgan nurlar bilan proeksiyalansa, tekislikning izometrik proeksiyasi hosil bo'ladi (26-shakl). Mavzuni tushuntirishda 15-16 shakldagiga o'xshash plakatlardan ham foydalanish mumkin. Bu yerda o’quvchilarrga aksonometrik proeksiyalarni ixtiyoriy burchak ostida joylashgan o'qlar bo'yicha bajarish mumkinligi tushintirilib, DSTlar tomonidan belgilangan aksonometrik proeksiyalar tasvirlangan plakatni birgalikda tahlil qilib chiqish foydali bo'ladi. Bunda o’quvchilar e’tiborini detal shaklini hisobga olib qaysi turdagi aksonometrik proeksiya tanlashni o'rganishga qaratish zarur bo'ladi. 16-shakl 17-shakl Aksonometrik proeksiyalar mavzusida o’quvchilarni o'qlarni to'g'ri o'tkazish va yassi figuralar tasvirlarini to'g'ri bajarishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Chunki, yassi geometrik figuralarning aksonometrik proeksiyalarini bajarish usullarini bilish geometrik jismlar, modellar va detallarning aksonometrik proeksiyalarini bajarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun o'qituvchi o’quvchilarda ushbu ko'nikmalarni to'g'ri shakllanishiga alohida e’tibor qilishi kerak. Buning uchun doskada va talablarning ish daftarlarida mashqlar bajarish, darsda mavzu mazmunini ochib beruvchi turli plakatlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi (18-19-shakllar). 18-shakl Darslikda yassi shakllarning turli tekisliklardagi aksonometrik proeksiyalarini bajarish va ovalning gorizontal tekislikdagi izometrik proeksiyasini qurish usullari keltirilgan. Ushbu materiallar o’quvchilar aksonometrik proeksiyalar, ayniqsa dimetrik proeksiyalarni bajarish malakalarini puxta o'zlashtirishlari uchun kamlik qiladi. Buyumlarning aksonometriyasini bajarishning bir nechta usullari bo'lishi mumkin. Bu usullarning eng keng tarqalganlari quyidagilardir: shakl hosil qiluvchi yassi figuradan boshlab aksonometriya yasash; predmet qismlarini ketma- ket o'stirib borish; buyum qismlarini ketma-ket qirqish va kombinatsiyalashgan usullar. 31-34-shakllarda aksonometriya bajarish usullarini tushintiruvchi va talabaning darsda foydalanishi uchun mo'ljallangan plakat namunalari keltirilgan. 19- shakl Talablarda buyum yaqqol tasvirini qurishdan oldin uning shaklini tahlil qilish ko'nikmalarini tizimli ravishda shakllantirib borish kerak. Tasvirlanayotgan buyum shaklini tahlil qilish bosqichlari quyidagicha bo'lishi mumkin: buyum shakli (prizmatik va silindrik qismlari) aniqlanadi; keyin qismlarining xarakterli xususiyatlari, ya’ni predmet shakl hosil qiluvchi qirralar, chiqiqlar, o'yiq va kesimlarga egaligi aniqlanadi. Shularni hisobga olgan holda tasvir qurishning aniq usuli belgilab olinadi. Download 197.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling