Mavzu: aktlarni rivojlantirish-biznes samaradorligining omili sifatida
Download 1.29 Mb.
|
Mavzu. AKTlarni rivojlantirish-biznes samaradorligining omili sifatida
Kiberxavfsizlikka doir meʼyorlarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi nihoyatda zarur va oʻz oʻrnidagi tadbirdir. Raqamli olam hali-hamon huquqiy jihatdan oʻz maqomini aniq belgilay olgani yoʻq. Bu borada yangi kun sayin tahdidlarning yangi tur va shakllari paydo boʻlmoqda, ularni qonunchilikda aks ettirish zarur. Kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani ishlab chiqish milliy kibermakonda jinoyatchilikka qarshi qurashish sohasidagi faoliyatni tartibga soladi. Zero, virtual olamdagi jinoyatchilikning zarar va xavfi real olamdagidan kam emas.
“Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunda esa axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar aks etishi kutilmoqda. Chindan ham bu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash zarurat sezilayotgan edi.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling