Mavzu: aktyorlik san’ati


Download 19.49 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi19.49 Kb.
#1147492
Bog'liq
Aktyorlik san\'ati


25.01.2023y.
Mavzu: AKTYORLIK SAN’ATI 
Aktyor jrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish san’ati. Aktyor ma’lum rolda о‘ynar ekan, о‘z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe’l-atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalaydi. Bunda u pyesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni о‘z ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyitadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va kо‘z imoishoralari, tuyg‘ulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, ba’zan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni birbiriga uyg‘unlashtiradi. Aktyorlik san’ati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy о‘ziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. San’at turlari (drama, opera, balet, kino, telefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tuman janrlarga qarab Aktyorlik san’ati bir qator uslublar va yо‘nalishlarga bо‘linadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir sо‘zni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni bо‘rttirib kо‘rsatishga majbur.
Kinoda boshqacha: ovozeiz kinoda faqat qarakat, imo-ishora bilan inson fe’l-atvori ochib berilgan, kino ovozli bо‘lgach, aktyor kino kamerasi rо‘pa-rasida kuproq qahramonning ruhiy holatini ochishga о‘tdi. Televideniye ham aktyordan tabiiylikni talab qiladi. Radioteatrda esa aktyorlarning uzlari kо‘rinmaydi, ovozlari eshitiladi, xolos. Shu boisdan ovoz imkoniyatlari keng ishlatiladi. Balet spektakllarida obrazlar raqqos va raqqosalarning muayyan musiqa mazmunini ifodalovchi tana, qul harakatlari, aylanishlari, yuz va kо‘z imo-ishoralari vositasida yaratiladi. Operada ijrochining musiqiy ohanglari, obraz sur’ati kompozitor tomonidan belgilangan, dirijyor rahbarligida orkestr tomonidan о‘zlashtirilgan bо‘ladi. Aktyor kompozitor belgilagan, orkestr uzlashtirgan ohang va usullarni о‘z jozibasi, ovozi, his-tuyg‘ulari bilan boyitadi. Musiqali teatr turi (opera, balet, operetta, musiqali drama)ga qarab artistning aytish va sahnaviy harakatlari har xil bо‘ladi. Ammo umumiy jihat shuki, musiqali teatr artisti xonandalik, aktyorlik, raqqoslik sohalarini puxta о‘zlashtirgan, sintetik qobiliyatga ega bо‘lishi kerak.
О‘zbek Aktyorlik san’ati qadim tarixga ega. Uning sarchashmalari ibtidoiy jamiyatdan boshlangan: tabiat hodisalariga topinish, ibtidoiy odamlarning e’tiqodlariga doir marosimlardan, ovchilik bilan bog‘liq kо‘pchilik bо‘lib ijro etiladigan о‘yinlar, pantomimalardan kelib chiqqan. Aktyorlik san’ati badiiy ijodning aloxida turi sifatida mil. av. 5-a. da Hindiston, Yunonistonda shakllanadi. Keyinchalik Qad. Rimda rivojlandi. Ilk davlatlar va shaharlarning paydo bо‘lishi natijasida Turkistonda ham Aktyorlik san’atining о‘ziga xos ilk kuri-nishlari shakllandi. Ellinizm davrida (mil. av. 3—1-a. lar) vujudga kelgan Aktyorlik san’ati an’analari 20-a. boshlarigacha yetib kelgan. U ijtimoiy timsol — obrazlar yaratishda о‘ziga xos uslub va ifoda vositalariga ega bо‘lgan. Obraz yaratishda psixologik tahlildan kо‘ra nutqning serbо‘yoqligi, mubolag‘a, badiha, kulgi vositalaridan keng foydalanish, harakat, imo-ishora, ohanglarni bо‘rttirishga intilishgan. Antik davrda hoz. О‘zbekiston hududida ham tragik aktyorlar ish kо‘rgan. О‘rta asrlarda Movarounnahr, Farg‘ona vodiysi, Xorazm vohasida hajv va hazil vositalaridan foydalangan masxaralar, muqallidlar, jiddiy yо‘sinda hikoya qiluvchi maddohlar, qissaxonlar, voizlar, gо‘yandalar faoliyat kо‘rsatganlar. 20-a. da maydonga kelgan Yevropa tipidagi yangi о‘zbek teatrida Aktyorlik san’ati yanada taraqqiy etdi. U jahon teatri va Aktyorlik san’ati tajribalarini ijodiy о‘zlashtirish, qad. milliy teatr ijrochilik an’analarini rivojlantirish yо‘lida kamol topdi. Aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pyesa qaxramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning g‘oyaviy ma’nosini chuqur talqin qilishga о‘rgandilar. 20—30-y. lar о‘tkir satirik yо‘nalish, maishiy tafsilot, yorqinlik, bо‘rttirma о‘zbek Aktyorlik san’atiga xos bо‘lgan. A. Hidoyatov, g‘. Islomov, M. Miroqilov, R. Pirmuhamedov va b. aktyorlarning ijodlari bunga misoldir. 40-y. larning oxiri — 50-y. larda о‘zbek aktyorlari ijodida yirik falsafiy umumlashma, zamonaviy jо‘shqinlikka intilish kuchaydi. Olim Xо‘jayev, Shukur Burhonov, Sora Eshontо‘rayeva, Zaynab Sadriyevalar yaratgan tarixiy va mumtoz obrazlar g‘oyaviy teranligi, badiiy yetukligi bilan о‘zbek Aktyorlik san’ati sni yuqori pog‘onaga kо‘tardi. Shu yillarda qahramonona-romantik, falsafiy-badiiy, ijtimoiy-maishiy ijrochilik yо‘nalishlari va milliy ijrochilik maktabi shakllandi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur san’atlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qо‘shdilar. Ushbu san’atlarni mukammal egallagan Rahim Pirmuhamedov, Razzoq Hamroyev, Nabi Rahimov, Shukur Burhonov, Yetim Sarimsoqova, Obid Jalilov, Hamza Umarov, Yoqub Axmedov, Polat Saidqosimov, О‘lmas Alixо‘jayev, Dilorom Qambarova, Isamat Ergashev, Yodgor Sa’diyev, Tamara Shokirova kabi aktyorlar avlodi yetishdi.
O’zbek operasi, musiqali drama teatrlarida T. Jalilov, M. Ashrafiy, T. Sodiqov, S. Yudakov, M. Leviyev, I. Akbarov kabi kompozitorlarning musiqa asarlari asosida ijrochilik maktabi shakllandi. M. Qoriyoqubov, H. Nosirova, L. Sarimsoqova, K. Zokirov, S. Qobulova, S. Yarashev, SH. Rahimova, G. Izmaylova, B. Horiyeva va b. shu maktab vakillaridir.60—90-y. larda О‘zbek Aktyorlik san’ati sda ijodiy yо‘nalishlar kо‘paydi, teatrda, teleradioda, sirkda ijod qiluvchi ijrochilarning bir-birlariga ta’sirlari kuchaydi. O. Norboyeva, E. Komilov, G. Jamilova, H. Nurmatov, R. Ahmedova, M. Abduqunduzov, T. Mо‘minov, M. Rajabov kabi aktyorlar mavjud an’analarni о‘zlashtirish yо‘lidan bordilar.
Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling