Mavzu: Akustik materiallarning yangi turlari


Download 51.46 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi51.46 Kb.
#1357957
  1   2   3
Bog'liq
Akustik materiallarning yangi turlari


Mavzu: Akustik materiallarning yangi turlari

Reja:

1. Akustik materiallarning yangi turlari.
2. Akustik materiallar haqida tushuncha.
3. Akustika materiallari .

Akustik materiallarning yangi turlari
Akustik materiallar Hozirgi kunda shahar va boshqa aholi yashaydigan joyiarda shovqin darajasi ortib bormoqda. Sershovqinlik inson asab sistemasining kasallanishiga olib keladi. Shovqinlarning inson organizmiga zararini kamaytirish asosiy sotsial masalalardan hisoblanadi. Inson qulog‘i 16- 20000 Hz chastotali tovushlarni qabul qiladi, 1500-3000 Hz chastotali tovushlar esa hayajon bilan eshitiladi. Havodagi shovqinlar asosan shamolning turli predmetlarga urilishidan hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan shovqin binolar to‘siq konstruksiyalariga urilib, xona ichida turli chastotadagi shovqinlarni vujudga keltiradi. Shovqin xonalardagi devor qoplamalari va boshqa predmetga yutiladi yoki qaytariladi. Zarbiy shovqinlar to‘siq konstruksiyalarida tebranish, titratish, zarb bilan urilish (kuchli shamol ta'sirida) va shu kabilar ta'sirida hosil bo‘ladi va tarqaladi. Tovush bosimi darajasi shovqinlarning ruxsat etilgan darajasini bildiradi va «Qurilish me'yorlari va qoidalari» da (QMQ) belgilanadi. Tovush bosimi turli qhastotalarda detsibellarda (dB) olchanadi. QMQ da ruxsat etilgan shovqin darajasi quyidagicha: odamlar gaplashishi zarur bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida 80-85 dB, ma'muriy binolarda 38-71 dB, kasalxona va dam olish uylarida 13-51 dB. Qurilish buyumlari akustik xossalari tovush yutish koeffitsiyentining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan ifodalanadi. Chastotalar klassifikatsiyasi Chastota diapazoni nomi Chastota diapazoni belgisi Chastotalar o‘rtacha arifmetik miqdori, Hz Past chastotali N 63: 125; 250 O‘rtacha chastotali S 500;1000 Yuqori chastotali V 2000; 4000;8000 Tovushy utuvchi materiallarstrukturasi jihatidan quyidagicha bo‘ladi: g‘ovak-tolasimon (mineral va shisha-paxta), g‘ovak-yacheykali (yacheykali beton, perlit), g‘ovak-gubkasimon (ko‘pikplast, rezina, kauchuk). Akustik materialla rnisbiy siqilishi bo‘yicha qattiq, bikr, yarimbikr va yumshoq skeletli turlarda bo‘ladi. Yarimbikr va yumshoq akustik materiallar o‘zininig xususiy elastik deformatsiyasi hisobiga tovushni ko‘proq yutish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bikr akustik materiallariga yengil betonlar, fibrolit, ksilolit va shu kabilar kiradi. Mineralpaxta, shisha-paxta va polimer plitalar, yog‘och-tolali plitalar va asbestli materiallar yarim bikr skeletli buyumlar sanaladi. Poliuretan poroplasti, polivinilxlorid, ko‘pikplastlar yumshoq skeletli akustik materiallar qatoriga kiradi. Akustik materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Ular shakliga va ko‘rinishiga nisbatan donali (bloklar, plitalar), o‘rama (matlar, polosali qistirmalar), titilgan (paxta, o‘simlik momig‘i) va sochiluvchan (keramzit, vermikulit, perlit, domna shlaki). Akustik materiallar namli va biologik aktiv muhitlarga bardoshli va sanitariya-gigiyena talablarini qoniqtirishi maqsadga muvofiq. Akustik buyumlar ishlatilish sohasiga, strukturasi va xossalariga ko‘ra tovush yutuvchi hamda tovush izolyatsiyasi turlariga bo‘linadi. Akustik gips plitalari bikr qobirg‘ali, perforatsiyalangan holda ishlab chiqariladi.
Gips plitalari shisha tolasi va polivinilxlorid shnuri, shisha g‘ovak donachalari va perlit bilan armaturalanadi. Gips ekrani ichiga qog‘oz yelimlanadi va folgaga o‘ralgan mineral paxta plitalari o‘rnatiladi. Tashqi qatlamli perforatsiyalangan gipskarton listdan, ichki qatlami esa noto‘qima mato yoki filtr qog‘ozidan iborat ikki qatlamli akustik buyumlar samarali hisoblanadi. Akustik buyum tovushni to‘liq yutishi uchun yuzasi kamida 30% perforatsiyalanishi kerak. Bunda buyumlardagi teshiklar o‘lchamlari va shakli, burchagi, chuqurligi tovush yutish koeffltsiyentiga ta'sir etadi. Akustik materiallarni tashishda, saqlashda va ishlatishda suv hamda nam muhitdan saqlash maqsadga muvofiq. Sintetik bog‘lovchilar, shisha tola yoki o‘ta ingichka shisha tolali shtapel asosida -60°C dan +450°C gacha haroratga bardoshli maxsus tovush yutuvchi materiallar ishlab chiqarioh yolga qo‘yilganAkustik materiallar Hozirgi kunda shahar va boshqa aholi yashaydigan joyiarda shovqin darajasi ortib bormoqda. Sershovqinlik inson asab sistemasining kasallanishiga olib keladi. Shovqinlarning inson organizmiga zararini kamaytirish asosiy sotsial masalalardan hisoblanadi. ... Akustik materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Ular shakliga va ko‘rinishiga nisbatan donali (bloklar, plitalar), o‘rama (matlar, polosali qistirmalar), titilgan (paxta, o‘simlik momig‘i) va sochiluvchan (keramzit, vermikulit, perlit, domna shlaki). Akustik materiallar namli va biologik aktiv muhitlarga bardoshli va sanitariya-gigiyena talablarini qoniqtirishi maqsadga muvofiq.

Download 51.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling