Mavzu: al-xorazmiy va uning matematik merosi


Al-Xorazmiy asarlarining ro’yxati


Download 159.98 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi159.98 Kb.
#1580936
1   2   3   4
Bog'liq
5-mashG’ulot. Al-xorazmiy va uning matematik merosi Algebra deb

5. Al-Xorazmiy asarlarining ro’yxati:
1."Algoritmi hind hisobi haqida". Arabcha nusxalari saqlanmagan. XIV asrda ko’chirilgan va Kembrij universitetida saqlanadigan lotincha nusxasi mavxud. Bunga asos bo’lgan lotincha tarjimani XII asrda Kremonalik Gerardo yoki Adelard Bat bajargan. Uni B.Bonkompani va K.Fogel tomonidan nashr etilgan.O’zbek tilida Xorazmiy tanlangan asarlarida 1983 yilda e’lon qilingan.
2." Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala" Arabcha nusxasi Oksford universiteting Bodleyan kutubxonasida saqlanadi.(№ Hunt 214,p.1-34). Bu qo’lyozma 1342 yili ko’chirilgan. Uning arabcha nusxasi inglizcha tarjimasi bilan F.Rozen tomonidan 1831 yili nashr etilgan. Risolaning yana ikkita arabcha nusxasi mavjud. Ikkita lotincha tarjimasining nusxalari mavjud.
3."Ziji al-Xorazmiy" arabcha nusxada saqlanmagan. Asarning 1007 yili arab astronomi Maslama al-Majritiy qayta ishlangan nusxasidan XII asrda Adelard Bat Bat bajargan lotincha tarjimaning nusxalari mavjud Bu nusxalar Oksford universiteti Bodleyan kutubxonasida saqlanadi.
4."Asturlob yordamida azimutni aniqlash" Yagona rabchav qo’lyozmasi Istanbulda Ayo So’fiyo kutuxonasida 4830/13 raqamli inventar bo’lib saqlanadi.Ruscha tarjiasmi bor.
5."Marmar soat haqida kitob" (Kitob ar -ruhama" Ayo Sufiyo kutubxonasida 4830 (231-235 varaqlar) xijriy 620 yili ko’chirilgan) raqam bilan saqlanadi. Ruscha tarjimasi bor.
6."Kitob at-tarix"(" Tarix kitobi") Bu asrdan parchalarni Ibn an-Nadim, al-Ma’sudiy, at-Tabariy va Hamza al-Isfaxoniy keliradilar.
7."Yahudiylar eralari va bayramlari haqida risola"(Risola fiistixroj ta’rix al-yahud va a’yodihim) taqvimga taaluqli.
8."Surati-l-arz kitobi. (Kitob surati-l-ard)-Xorazmiy "Geografiyasi" hisoblanadi.
10."Asturloblar bilan amal tutish haqida". Bu risolaninng matni Berlindagi sobiq Pruss kutubxonasida 5093 raqam bilan saqlanadigan anonim risola qo’lyozmasiga tarkibiga kirgan. I.Frank uning nemischa tarjiasini nashr etgan.
11."Quyosh soatlari haqida kitob".
12."Astronomik san’atga kirishlar kitobi".
13."Qo’shish va ayirishlar haqida kitob".
Takrorlash uchun savollar:
1.Markaziy Osiyoda matematika rivojiga sabablar nimada?
2.Al-Xorazmiyning algebraga qo’shgan hissasini sharhlab bering.
3.Al-Xorazmiy qanday matematik asarlar muallifi?
4.Al-Xorazmiyning arifmetikaga qo’shgan hissasi nimadan iborat?
5.Al-Xorazmiy geometriya bo’yicha qanday ishlarni amalga oshirgan?
Download 159.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling