Kurs ishining maqsadi. Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va uslublarini o‘rgatadi. Mazkur fanning maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon analitik kimyosining nazariy asoslari, uning turli aralashmadagi ionlarni ochish murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratish usullarini o‘ziga xos tomonlari, imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. Analitikaning fizik-kimyoviy usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo’jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob‘ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |