Mavzu: Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish


Download 5.92 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi5.92 Kb.
#1697075
Bog'liq
1-mavzu. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish

Mavzu: Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish

Reja:

  • Algoritm tushunchasi va ular haqida ma’lumotlar.
  • Algoritmlar tarixi.
  • Algoritmning xossalari va turlari va uning berilish usullari.

1. Algoritm tushunchasi va ular haqida ma’lumotlar

Algorithms - When we write a computer program, we are generally implementing a method that has been devised previously to solve some problem. Robert Sedgewick.

Algoritmlar – bu biz tuzayotgan dastur kodini yozishga mo’ljallangan boshlang’ich umumiy metod hisoblanadi, ya’ni u yordamida qo’yilgan masalalar uchun yechimlar strukturasi quriladi.

Masala. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi tuzilsin!

Algoritm bu oldimizga qо‘yilgan masalani yechish uchun bajarilishi zarur bо‘lgan chekli amallar ketma-ketligidir.

2. Algoritmlar tarixi.

Algoritm so‘zi o‘rta asrlarda paydo bo‘lib, buyuk o‘zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (taxminan, 783-850) nomi bilan bog‘liqdir. Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishi algorithmdir. U paytlarda bu so‘z arablarda qo‘llaniladigan o‘nlik sanoq sistemasi va bu sanoq sistemasida hisoblash usulini bildirar edi.

Shuni ta’kidlash lozimki, yevropaliklar tomonidan arab sanoq sistemasining Al-Xorazmiy ishlari orqali o‘zlashtirilishiga, keyinchalik esa hisoblash usullarining rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan. Hozirgi paytda o‘nlik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish usullari hisoblash algoritmlariga soddagina misol bo‘la oladi.

3. Algoritmning xossalari va turlari va uning berilish usullari

Quyida algoritmning xossalarini tavsiflaymiz:

1.Diskretlik (Cheklilik). Qo’yilgan masalani chekli sondagi oddiy kо‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkinligidir. Agar qo’yilgan masalani chekli qadamlarda tasvirlab bo’lmasa, algoritmning bu xossasi buzilgan hisoblanadi.

2. Tushunarlilik. Ijrochiga tavsiya etilayotgan kо‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bо‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi.

Masalan, quyi sinfning a’lochi о‘quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan kо‘rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin u "sonning о‘zini о‘ziga kо‘paytiring" shaklida berilgan kо‘rsatmani bemalol bajaradi, chunki u kо‘rsatma mazmunidan kо‘payirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.

3.Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan kо‘rsatmalar aniq mazmunda bо‘lishi zarur. Chunki kо‘rsatmadagi noaniqliklar ko’zlangan maqsadga erishishga olib kelmaydi. Odam uchun tushunarli bо‘lgan "3-4 marta silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", "tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq kо‘rsatmalar robot yoki kompyuterga tushunarsiz bo’ladi.

Bundan tashqari, kо‘rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, kо‘rsatmalarning aniq berilishi va faqat algoritmda kо‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart.

4. Ommaviylik. Har bir algoritm bir turdagi masalalarning barchasi uchun о‘rinli bо‘lishi kerak. Ya’ni masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday bо‘lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi ixtiyoriy masalani yechishga yaroqli bо‘lishi kerak.

Masalan, 2 ta oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarning maxrajlaridagi sonlarni о‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab berishi kerak. Yoki uchburchanning yuzasini topish algoritmi, uchburchak qanday bо‘lishidan qat’iy nazar, uning yuzasini hisoblab berishi kerak.

5.Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan sо‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar kо‘p bо‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan sо‘ng qо‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar kо‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, u holda ushbu xossa buzilgan hisoblanadi.

Xulosa. Agar qo’yilgan masala uchun yuqorida sanab o’tilgan 5 ta xossalarning birontasi bajarilmay qolsa yoki buzilsa, bu masalani yechish algoritmi mavjud bo’lmaydi.


Download 5.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling