Mavzu: Algoritmlarning grafik shaklda berilishi


Download 14.86 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1372080
Bog'liq
Mavzu Algoritmlarning grafik shaklda beerilishi


MAVZU: Algoritmlarning grafik shaklda berilishi
Algoritmning tasvirlash usullari bilan tanishishni biz misollar ko'rish bilan boshladik. Hozircha asosan algoritmning so'zlar orqali ifoda qilinishi bilan ko'proq tanishdik. Aslida algoritmning berilish usullari xilma-xildir, biz shularning eng ko'p uchraydiganlari bilan tanishamiz.

1.Algoritmning so'zlar orqali ifodalanishi. Biz bu usul bilan yuqoridagi qator misollar yordamida batafsil tanishdik. Ushbu holda ijrochi uchun beriladigan har bir ko'rsatma jumlalar orqali buyruq mazmunida (shaklida) beriladi.

2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Biz bunday misol bilan ham yuqorida tanishib o'tdik. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlarni o'rganishda ko'plab foydalanamiz. Bu usulni ba'zan analitik ifodalash ham deyiladi.

3. Algoritmning jadval ko'rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko'p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo'llanib kelinayotgan to'rt xonali matematik jadvallar yoki turli lolereya, zayomlarning yutuqlar jadvallari.


Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlar jadvali ko'rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo'lgani tufayli ularni o'zlashtiirb olish oson.

4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi bilan kursimizning keyingi qismlarida batafsilroq tanishamiz. Bu yerda qisqa ma'lumot bilan cheklanamiz. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki avvalgi bo'limlarda takidlaganimizdek kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.Dasturdagi buyruqlar kompyuter - ijrochiga tushunarli bo'lishi shart. Demak, beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo'lishi yoki shu tilga tarjima qilib berilishi lozim. Jahonda hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari yaratilmoqda. Biz ham kursimiz davomida keng tarqalgan va maktabda o'rganish qulay bo'lgan Beysik, Paskal kabi dasturlash tillaridan biri bilan tanishishni hamda dasturlashning asoslarini o'rganishni rejalashtirganmiz.

5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.

Algoritmik til - algoritmni bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo'llaniladigan belgilash va qoidalar majmui.

Algoritmik tillar dasturlash tillariga nisbatan ancha kam ishlatilsa ham, ularning algoritmlash asoslarini o'rganish sohasidagi ahamiyatini tan olish zarur.
Hozirda algoritmik tillardan o'quv, o'rganish tili sifatida foydalanilmoqda, ularning ichida eng ko'p tarqalgani E-praktikum yoki E-tili deb ataluvchilaridir. Biz kursimiz davomida algoritm ijrochisining algoritmik tili bilan tanishamiz.

6. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi. Algoritmning bu shakli sizga avvaldan tanish, chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning ko'pchiligi algoritmning grafik usulda berilishiga misol bo'ladi. Bundan tashqari shahar yoki turar joy mavzelarida joylashgan boror uy hamda inshootlarni izlash va harakatlanish bo'yicha berilgan karta-sxemalar ham shunga misol bo'la oladi.


Endi algoritmning shu paytgacha tanish bo'lmagan yana bir grafik tasviri bilan tanishtirib o'tmoqchimiz. Bu maxsus vositaning nomi blok - sxema deb yuritiladi. Blok - sxemalar turli geometrik shakllardagi oddiy elementlardan tashkil topadi.
Quyida biz blok-sxemalarning asosiy elementlari bilan tanishamiz:

Blok-sxemalarning yuqorida sanab o'tilmagan elementlari va standartlari ham bor albatta, lekin biz bu yerda kursimizni o'rganishda zarur bo'lganlari bilan cheklandik, xolos.


Biz blok-sxemalar algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo'lgani, ko'rgazmalik imkoniyati ancha katta ekanligini inobatga olgan holda, ulardan butun kursimiz davomida foydalanib boramiz. Shu sababli blok-sxemalar bilan ishlashni boshidanoq yaxshilab o'zlashtirib borishimiz zarur bo'ladi.
O'zgaruvchi va o'zgarmas miqdorlar bilan matematika, fizika fanlari orqali avvaldan tanishsiz. Ulardan informatikada ham foydalanamiz, faqat nomlashda imkoniyat ko'payadi, chunki ularni biror lotin harfining o'zi bilan emas, balki lotin harflari va zarur bo'lganda lotin harfi hamda raqamlar birikmasi bilan ifodalash mumkin. Bundan tashqari miqdorlarning sonli, ramziy belgilaridan iborat va boshqa turlari mavjudligini inobatga olishimiz lozim. O'zgaruvchi va o'zgarmaslarning nomlanishi, turlari, ularni ifodalash haqida batafsil ma'lumot bilan keyinroq, dasturlash asoslari bobida tanishamiz. Hozircha o'quvchilar ular uchun yangi bo'lgan belgili turdagi o'zgarmas qo'shtirnoqlar ichiga olib yozilgan istagan belgilar ketma-ketligidan iboratligini bilib olishlari lozim.

MISOLLAR
a, s, xl, max, alfa, R19 - o'zgaruvchilarning nomlari;

63, 12. 4, "Yechim", "1-bosqich", "x2", - 41.765 - o'zgarmaslarning yozilishiga misollardir. Ifodalar ham har xil ko'rinish va turdagi qiymatlarga ega bo'ladi. Hozircha biz algebraik va belgili ko'rinishlar bilan cheklanamiz.
Qiymat berish ko'rsatmasi bajarilishiga misollar ko'ramiz.
a) n:q1; n:qnQ1-nq2 bo'ladi, chunki n ning "eski" qiymatiga 1 qo'shilib 2 ga teng "yangi" qiymati hosil bo'ladi. Ya'ni qiymat berish ko'rsatmasining o'ng tomonida joylashgan o'zgaruvchi qiymati o'zgarib ketishi mumkin ekan, bu esa chap tomondagi ifodaga bog'liq.
b) r:q"y ning qiymati" - bu ko'rsatma yordamida r o'zgaruvchining qiymati berilgan belgi ko'rinishini oladi.

Shuni aytish lozimki, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi.


Algoritmning blok-sxema shakliga bir misol quyidagi rasmda keltirilgan.

Algoritmning tasvirlash usullari bilan tanishishni biz misollar ko'rish bilan boshladik. Hozircha asosan algoritmning so'zlar orqali ifoda qilinishi bilan ko'proq tanishdik. Aslida algoritmning berilish usullari xilma-xildir, biz shularning eng ko'p uchraydiganlari bilan tanishamiz.

1.Algoritmning so'zlar orqali ifodalanishi. Biz bu usul bilan yuqoridagi qator misollar yordamida batafsil tanishdik. Ushbu holda ijrochi uchun beriladigan har bir ko'rsatma jumlalar orqali buyruq mazmunida (shaklida) beriladi.

2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Biz bunday misol bilan ham yuqorida tanishib o'tdik. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlarni o'rganishda ko'plab foydalanamiz. Bu usulni ba'zan analitik ifodalash ham deyiladi.

3. Algoritmning jadval ko'rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko'p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo'llanib kelinayotgan to'rt xonali matematik jadvallar yoki turli lolereya, zayomlarning yutuqlar jadvallari.
Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlar jadvali ko'rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo'lgani tufayli ularni o'zlashtiirb olish oson.

4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi bilan kursimizning keyingi qismlarida batafsilroq tanishamiz. Bu yerda qisqa ma'lumot bilan cheklanamiz. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki avvalgi bo'limlarda takidlaganimizdek kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.Dasturdagi buyruqlar kompyuter - ijrochiga tushunarli bo'lishi shart. Demak, beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo'lishi yoki shu tilga tarjima qilib berilishi lozim. Jahonda hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari yaratilmoqda. Biz ham kursimiz davomida keng tarqalgan va maktabda o'rganish qulay bo'lgan Beysik, Paskal kabi dasturlash tillaridan biri bilan tanishishni hamda dasturlashning asoslarini o'rganishni rejalashtirganmiz.

5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.

Algoritmik til - algoritmni bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo'llaniladigan belgilash va qoidalar majmui.

Algoritmik tillar dasturlash tillariga nisbatan ancha kam ishlatilsa ham, ularning algoritmlash asoslarini o'rganish sohasidagi ahamiyatini tan olish zarur.
Hozirda algoritmik tillardan o'quv, o'rganish tili sifatida foydalanilmoqda, ularning ichida eng ko'p tarqalgani E-praktikum yoki E-tili deb ataluvchilaridir. Biz kursimiz davomida algoritm ijrochisining algoritmik tili bilan tanishamiz.

6. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi. Algoritmning bu shakli sizga avvaldan tanish, chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning ko'pchiligi algoritmning grafik usulda berilishiga misol bo'ladi. Bundan tashqari shahar yoki turar joy mavzelarida joylashgan boror uy hamda inshootlarni izlash va harakatlanish bo'yicha berilgan karta-sxemalar ham shunga misol bo'la oladi.


Endi algoritmning shu paytgacha tanish bo'lmagan yana bir grafik tasviri bilan tanishtirib o'tmoqchimiz. Bu maxsus vositaning nomi blok - sxema deb yuritiladi. Blok - sxemalar turli geometrik shakllardagi oddiy elementlardan tashkil topadi.
Quyida biz blok-sxemalarning asosiy elementlari bilan tanishamiz:

Blok-sxemalarning yuqorida sanab o'tilmagan elementlari va standartlari ham bor albatta, lekin biz bu yerda kursimizni o'rganishda zarur bo'lganlari bilan cheklandik, xolos.


Biz blok-sxemalar algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo'lgani, ko'rgazmalik imkoniyati ancha katta ekanligini inobatga olgan holda, ulardan butun kursimiz davomida foydalanib boramiz. Shu sababli blok-sxemalar bilan ishlashni boshidanoq yaxshilab o'zlashtirib borishimiz zarur bo'ladi.
O'zgaruvchi va o'zgarmas miqdorlar bilan matematika, fizika fanlari orqali avvaldan tanishsiz. Ulardan informatikada ham foydalanamiz, faqat nomlashda imkoniyat ko'payadi, chunki ularni biror lotin harfining o'zi bilan emas, balki lotin harflari va zarur bo'lganda lotin harfi hamda raqamlar birikmasi bilan ifodalash mumkin. Bundan tashqari miqdorlarning sonli, ramziy belgilaridan iborat va boshqa turlari mavjudligini inobatga olishimiz lozim. O'zgaruvchi va o'zgarmaslarning nomlanishi, turlari, ularni ifodalash haqida batafsil ma'lumot bilan keyinroq, dasturlash asoslari bobida tanishamiz. Hozircha o'quvchilar ular uchun yangi bo'lgan belgili turdagi o'zgarmas qo'shtirnoqlar ichiga olib yozilgan istagan belgilar ketma-ketligidan iboratligini bilib olishlari lozim.



Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling