Mavzu: Algoritmni blok sxema ko’rinishida berilish usulini tasvirlash va misollar keltirish
Download 54.55 Kb.
|
Komiljonova Dinara
.
Boshlang‘ich ta’lim I-kurs 50-B guruh talabasi Komiljonova Dinara Mavzu:Algoritmni blok sxema ko’rinishida berilish usulini tasvirlash va misollar keltirish. Reja: 1.Algortm haqida tushuncha 2.Algoritmni blok sxema ko‘rinishida tasvirlanishi 3.Algoritmni blok sxema ko‘rinishida tasvirlanishiga oid misollar Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda sanoqning oʻnli tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida „algorizm“ deyilgan), keyinchalik „algoritm“ga aylangan". Fanda „Yevklid algoritmi“, „Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi“, „Laure algoritmi“, „Markov algoritmi“ deb ataluvchi algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo boʻldi. Oʻzbekistonda bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, Oʻzbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol boʻla oladi. Aniqlik (deterministik) — har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, qo‘yilgan biror masalani EHMda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin algoritmini va programmasini tuzish kerak bo‘ladi. Bu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir. Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling