Mavzu: Alisher Navoiy notiqlik san’atining buyuk qudrati


Erur so‘z mulkining qahramoni


Download 458.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi458.05 Kb.
#1019168
1   2
Bog'liq
Malikova pdf

Erur so‘z mulkining qahramoni
Erur gar chin desang sohibqironi.


So‘zning, notiqlikning qudrati beqiyos ekanligini zamondoshimiz, 
O‘zzbekiston qahramoni Abdulla Oripov Alisher Navoiy ijodi 
misolida shunday xulosaga keladi:
Temur tig‘i etmagan joyni
Qalam bilan oldi, Alisher.

A.Oripov xulosasining to‘g‘g‘riligini hazrat Navoiy o‘z ijodida ham tasdiqlagan. Bu o‘rrinda taniqli olim
Nusratilla Jumaevning (Istiqlol va ona tilimiz. Toshkent: “Sharq”. 1998,) shunday fikrlari mavjud:

“Alisher Navoiyning:
Olibmen taxti farmonimga oson
Cherik chekmay Xitoydan to Xuroson,

degan so‘zlarida ham shunday hikmat bor. Cherik - bu lashkar. Shoir lashkar tortmasdan Xitoydan Xurosongacha
bo‘lgan sarhadni zabt etganligi haqida faxrlanib so‘zlamoqda. Ma’umki, Alisher Navoiyning ta’sir doirasi va
darajasi har qanday sarkardadan ham ustun bo‘lgan. Nutq va tafakkur salohiyati uni vaziri a'zam darajasiga
ko‘targan edi”. Bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, notiqlik san ati haqidagi fikrlari
aynan haqiqatligiga shubha bo‘lishi mumkin emas.


Misollar:
Yaxshi so‘zlay olish (nutq) - san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgan: Erdin so‘z hunar, enchidin bo‘z 
hunar («Mahbub ul-qulub». 82-bet).
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning sozi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, 
oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig‘i so‘z bila. (Mahbub ul - qulub, 79- bet)
So‘z zohir etar zamir ishi ko‘prigidin,
Til muxbir erur kungil pihon emgagidin,
Faxm ayla kishi holini so‘z demagidin,
Kim berdi xabar hadisi konglidagidin.
(Nazm ul-javohir. 41- bet)
So‘zlaganda diling bilan tiling bir bo‘lsin, 
chunki dildagi tilga chiqadi:
Oaq sent sevgay el bila bo‘lsang, 
Tilu ko‘nglingni bir qilib birmy,
Nuqta sursang shukuftau xandon, 
Tint qilsang, kushodou xushroy.
(Arbain, 59-bet) 
Kishining so‘zi (nutqi) uning aqliy 
kamolotidan darak beradi: 
Odamki demak birla kiromiydiru bas, 
So‘z durri ishining intizomiduru bas, 
Sihhat onchaki, ahli aql komiduru bas. 
Aqliga dalil aning kalomiduru bas. 
(Nazm ul javohir. 25-bet) 
Tilkifasih va dilpazir bo‘lgay - xo‘broq
bo‘lgay, 
Agar kungul bila bir bo‘lg‘ay.
(Mahbub ul-qulub. 60-bet) 


Xulosa
Demak, shirinsuxanlik, chiroyli gapirishga intilish, notiqlik qadimiy tarixga ega ekan, bizning ham
ajdodlanmiz intilgan qoidalarga amal qilishimiz lozim bo‘ladi. Alisher Navoiyga qadar va unga
zamondosh bo‘lgan allomalarimiz asarlarida va o‘git- nasihatlarida inson uchun ma’naviy zebu ziynat
bo‘lgan shirin muomala, chiroyli va muloyim so‘zlash, Notiqlik san’atini egallashga chaqiriq, da’vat tarix
o‘zanidan bizgacha kelib bog‘lanadi. Bu muammoni hal etish esa har birimizning qo‘limizda, chidam va
iroda bilan harakat qilsak, albatta, erishish mumkin. 


Etiboringiz uchun
rahmat

Download 458.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling