Mavzu: Alisher Navoiy notiqlik san’atining buyuk qudrati


Download 458.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi458.05 Kb.
#1019168
  1   2
Bog'liq
Malikova pdf



Mavzu: Alisher Navoiy notiqlik
san’atining buyuk qudrati
So‘zdirlci, nishon berur olikka jondin,
So‘zdirki, berarjonga xabarjonondin.
Insonni so‘z ayladijudo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo

q ondin


Reja:

1. Alisher Navoiyning nutq, notiq va notiqlik haqidagi qarashlari

2. Alisher Navoiy-“So‘z sohibqironi” Husayn Boyqaro talqinida

3. Abdulla Oripov tomonidan Alisher Navoiyning notiqlik san’atiga berilgan tarif.



Alisher Navoiyning nutq, notiq va notiqlik haqidagi qarashlari: O‘zbek xalqining buyuk 
mutafakkiri, insonparvar shoiri Alisher Navoiy o‘z ijodini hamisha ijtimoiy faoliyat bilan birga 
qo‘shib olib bordi. Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi 
bo‘lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va adabiy tili rivojiga ulkan hissa 
qo‘shganligi shubhasizdir. Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o‘lmas 
asarlar yozishmumkinligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Alisher Navoiyning 
“Muhokamat ul lug‘atayn”, “Mahbub ul - qulub”, “Nazmul-javohir” va boshqa qator 
asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalaii bo‘lish bilan birga, tilning 
yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi. 

Bizning ota-bobolarimiz qadimdan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday
zaru oltinlardan, madaniy boyliklardan, duru gavharlardan ustun qo‘yib kelishgan. Alisher
Navoiyning:

Odami ersang, demagil odami,

Onikim yo‘q, xalq g‘amidin g‘ami - misralari ham bu fikrimiz-ning dalili sanaladi.



Navoiy so‘z qadrini benihoya ulug‘lagan va uning qudratini o‘z davridayoq, hayotlik chog‘idayoq sinab ko‘rgan ulug‘ siymo
edi. Shu bois ham hazrat Navoiy yozadilar:
So‘zdirlci, nishon berur olikka jondin,
So‘zdirki, berarjonga xabarjonondin.
Insonni so‘z ayladijudo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo*q ondin.

Demak, odamning tirikligidan nishona ham so‘z oshiq-mashuqlar qalbidagi ishq-muhabbat tuyg‘ularini tarannum etuvchi ham
so‘z, hayvonat olamidan odamni ajratib turuvchi ham so‘z ekanligini uqtirarkan, undanda go‘zal narsa yo‘qligiga ishontiradi.
Navoiy so‘z gavharini, uning qadr-qimmati va go‘zalligini, inson ruhida jon kabi muhimlini takidlaydi. Ulug‘ Navoiyning “Ey
so‘z, ne halo ajib guharsen, Gavhar neki, bahri mavjvarsen, Derlar seni, dur, savob etnas, bu, Sen javharu ruhu dur quruq suv”,
kabi so‘z shaniga aytgan gaplarini, “Muhokamat ul-lug atayn” asarida tilimiz boyligini namoyish etganini, “Majolis un-nafois”
asarida so‘zdan unumli foydalanish mahorati haqidagi fikrlarini ko‘zz oldimizga keltiraylik.
Hazrat Alisher Navoiy Husayn Boyqaroni ''Sohiibqiron” deb
Ulug‘lagan bo‘lsalar, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning
turkiy tilda bitilgan “Hamsa”sini o‘qigach “So‘z sohibqironi”
deb ataydi va Navoiyga bag‘ishlangan risolasida buni qayd
etadi:

Download 458.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling