allergenlar deyiladi. Ular tabiatda keng tarqalganbo’lib, ekzo- va endoallergenlarga bo’linadi. Ekzoallergenlar deb tashqi muhitdan tanaga ta’sir etuvchi moddalarga aytiladi. M:kimyoviy moddalar, dori preparatlari, uy buyumlari,o’simliklar va boshqalar. - Ekzoallergenlar deb tananing o’zida hosil bo’ladigan (masalan kuyganda) moddalarga aytiladi.
- Allergiyaga qarshi ishlatiladigan preparatlar ta’sir etish me xanizmiga qarab 2 guruhga bo’linadi: antigistamin va aller- giyaga qarshi vhar xil preparatlar.
- ANTIGISTAMIN vositalar---deb, gistaminga qarshi ta’sir etib allrgiyaning belgilarini bartaraf etadigan dori vositalariga aytiladi, ular ta’sir etish mexanizmiga ko’ra 3 gruppaga bo’linadi:
- Gistaminoblokatorkar
- qondagi gistaminni kamaytiradigan dorilar
- Erlix hujayralaridan gistaminni ajralishini to’sadigan pr-tlar.
- Gistaminoblokatorlar---asosan to’qimada joylashgan gista- minga nisbatan sezgir bo’lgan retseptorlarni to’suvchi dori vositalaridir.
- Gistaminoblokatorlar o’z navbatida qaysi gistaminoreseptor- ga ta’sir etishiga qarab, H1 va H2 gistaminoblokatorlarga bo’linadi. H1-gistaminoblokatorlarga etanolaminlar ( dime- drol, tavegil), etilendiaminlar (suprastin), fenotiazinlar (diprazin), xinuklidin unumlari (fenkarol), tetragidrokarbolin- lar (diazolin) kiradi.
- H1-gistaminoblokatorlar gistamin H1-reseptorlarini to’sib, mavjud barcha o’zgarishlarni bartaraf qiladi yoki ularning rivoj topishiga yo’l qo’ymaydi. Masalan: GISTAMIN—keltirib chiqaradigan qon tomirlari kengayishini yo’qotib, ularni toraytiradi, qon tomir devorining o’tkazuvchanligini kamaytiradi, qon bosimini normallashtiradi, qisqargan silliq mushaklarni bo’shashtiradi, bronxlarni kengaytiradi. Boshqacha aytganda, allergiya holatiga xos bo’lgan belgilarni (shish, qizarish, qichitma, og’riq va hk) yo’qotadi.
- H1-gistaminoblokatorlar H2-gistaminoblokatorlarga ta’sir etmagani uchun gistamin ta’sirida HCL ning ajralishi o’zgar maydi. Shu sababli, bu preparatlar allergiya xastaligining deyarli hamma turida beriladi. H1-gistaminoblokatorlar me’da ichak dan yaxshi so’riladi. Ularning ayrimlarini parenteral usulda yuborsa xam boladi.Ular ichida TAVEGILning ta’sir etish muddati 2 barobar (8-12 soat) uzoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |