Mavzu: Allomalar din toʻgʻrisida. Reja: Imom al Buxoriyning dinga qoshgan hissasi


Download 43.17 Kb.
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi43.17 Kb.
#1181544
1   2   3
Bog'liq
Allomalar din toʻgʻrisida.

Ilk diniy tassavurlar
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganish qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o‘zining dolzarb ahamiyatini yo‘qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar paydo bo‘lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma’lumotlar ilmiy xulosa chiqarishimiz uchun yetarli emas.
Qadimgi davrlardan dinni o‘rganishda muammoga yondashuv va ularni hal etish usullari bilan o‘zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiy yo‘nalishlar yuzaga kelgan.
Ilohiyot ta’limotiga ko‘ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo‘lgan xristianlik ta’limotiga binoan xudo insonni o‘zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan. Lekin, Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo‘l qo‘yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo‘ldi. Lekin xudo insonga xalos bo‘lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, insonning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo‘lidagi faoliyati umumiy nom bilan din deb ataladi.
Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo‘lganidan keyin jaholat, zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshi tinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo‘lgan inson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabki qadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan. Injilda qayd etilishicha, inson dastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag‘ishlagan va yo‘l qo‘ygan xatosi uchun har qanday sinovlardan o‘tishga tayyorligini namoyish etgan.
Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to‘g‘risidagi bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani yo‘q.
Kishi xudoga e’tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig‘inishdan boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko‘pxudolik paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig‘inish yana qayta tiklandi. Ilohiyot an’analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o‘rganadi. Fan dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishda boshqa prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g‘ayritabiiy kuch faoliyati natijasida paydo bo‘lganligi g‘oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o‘rganadi. Dinni ilmiy o‘rganish dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy fanlardan oladi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyat hozirgi holatga ega bo‘lishi uchun bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o‘tgan. Bu jarayon bir qator bosqichlarga bo‘linadi. Miloddan avvalgi 40–35-ming yilliklarda «Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o‘rnini «Xomo sapiyens» (ongli odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o‘zaro munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat elementlari vujudga kelgan.
Bizgacha yetib kelgan arxeologik manbalarning tasdiqlashicha, yuqori paleolit davridan boshlab odamlar vafot etgan urug‘doshlarini ko‘mish marosimini amalga oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo‘yoq
surtilgan, qabriga ov va mehnat qurollari, maishiy buyumlar qo‘yilgan. Qoya va g‘orlarda chizilgan sujetlarda odamlar yarim odam va yarim hayvon qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma’lumotlar ham o‘sha vaqtda dinning paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.

urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. IMOM AL BUXORIYNING DINGA QOSHGAN HISSASI


(810-870)
Hadis ilmining rivojiga oltin davr hisoblangan hijriy,
uchinchi(milodiy to’qqizinchi)asrda hadisshunoslikda katta
muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilgan.CHunonchi, butun islom dunyosidagi
eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita is honchli hadislar
to’plamining(as-sihon assitta) mualliflari yashab ijod qilganlar.Yana
shunisi diqqatga sazovorki,mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi
Markaziy Osiyolik bo’lib ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206G’819-261G’874)Abu Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy(209G’824-279G’892)Imom Abu
Dovud Sulaymon Sijistoniy(202G’817-275G’880),ImomAbu Ahmad
An-Nasoiy(215G’830 -303G’915),ImomAbu Abdulloh Muhammad ibn
Yazib ibn Mojja (209G’824-273G’886)kabi siymolardir.SHular
ichidan ‘’Hadis ilmida amir al-mo’miniyn’’degan sharafli nomga
sazovor bo’lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk
olimdir.Imom al-Buxoriy hijriy hisobda 194-yil shavvol oyining 13-
kuni(810-yil 20-iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan.Bo shqa
ko’pgina olimlardan farqli o’laroq al-Buxoriy tug’ilgan sana aniq
ko’rsatilishga sabab shuki unung otasi Ismoil o’z davrining ilmli
odamlaridan bo’lib,o’g’lining tug’ilgan kunni o’z qo’li bilan yozib
ketgan qog’oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetg an va shu xususda
ham uning aniqligiga hech shubha yo’q.Al-Buxoriy yoshligidanoq
otasi vafot etib,onasi tarbiyasida o’sgan.U toshligidan aqlidrokli,o’tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo’lib,turli ilm
fanlarni,ayniqsa,hadis ilmini zo’r qiziqish bila n egallaydi.Manbalarda
ko’rsatilishicha,u o’n yoshidan boshlab o’z yurtidagi turli
rivoyatchilardan eshitgan hadislarni,shuningdek Abdulloh ibn -
Muborak va vakiy kabi olimlarning hadis to’plamlarini mutolaa qilib,
yodlagan,ustozi SHayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqiqiy
qizg’in bahslarda qatnashgan 825-yili o’n olti yashar al-Buxoriy onasi
va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo’l tutadi,muqaddas shaharlar
Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab hadis ilmidan
o’z bilimini yanada oshirish maqsadida o’sha paytda ilm-fanning yirik
markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bog’dod
kabi shaharlarda yashab u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan
bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi,yirik olimlar davrida ilmiy
bahslar u munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham
beradi.Imom al-Buxoriy hayotining ko’p qismi xorijiy ellarda,
musofirchilikda o’tadi. Bu haqida uning o’zi ‘’Misr,
SHom,Mesopatamiyaga ikki martadan,
Basraga to’rt marta bormagan.Hijozda olti yil ya shaganman,
Bog’dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini
bilmayman ‘’degan ekan.U safar chog’ida ham, bir shaharda muqim
turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar,to’plagan
hadislarini oqqa ko’chirar edi.Muallifning yozishicha,Bog ’dodda
istiqomat qilgan paytda ko’pincha otning nurida ijod qilib, qorong’u
kechalarda sham yorug’ida kitob yozar ekan.Ilm oshirish maqsadida
al-Buxoriy juda ko’plab olimlardan ta’lim oladi.Nishopurlik alHakimning*(1015-yilda vafot etgan) yozishicha,ustozlarining soni
to’qsontalar atrofida bo’lib,ular Muhammad ibn Yusuf al-G’aryobiy
Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy,Abu Bakr Abdulla ibn az -Zubayr alHamidiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur bo’lgan Imom Ishoq ibn
Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal,Ali ibn al-Madaniy va boshqalar.
O’z navbatida al-Buxoriy ham ko’pgina shogirdlariga ustozlik qilgan
qilgan.Ishq Ibn Muhammad ar-Ramodiy,Abdulloh ibn Muhammad alMasdaniy,Muhammad Ibn Xalif ibn Qutayba,Ibrohim al-Harbiy kabi
yetuk olimlar uning shogirdlaridir.
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga
ham shogird,ham Safdosh hisoblanib,ularning o’zaro munosabatlari
ibratli bo’lgan.Uzoq yillar SHarqning turli-tuman mamlakatlariga
safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh(863-
868)yil Nishopurda yashab,madrasada hadis ilmidan dars
bergan.O’sha paytda Nishopur musulmon SHarqidagi eng yirik ilmiy
markazlardan biriga aylanganligi sababli ko’p mashhur olimlar shu
shaharda to’plangan edilar.
Al-Buxoriyning at- Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda
yuz berib,diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis o’rtasida
unitilmas, qizg’in ilmiy bahslar ko’pdan -ko’p ijodiy,uchrashuvlar
bo’lib o’tadi.
O’ZBEKISTON ALLOMALARINING ISLOM TSIVILIZATSIYASI
RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASI
O’zining ko’p ming yillik davlatchilik tarixi madaniyati, urf-odat va
an’anasiga ega bo’lgan jonajon O’zbekistonimizda ham diniy, ham dunyoviy
ta’lim chuqur o’rganilgan. Binobarin, IX-XII asrlarda ham mintaqa ijtimoiysiyosiy, ma’naviy hayotida dinning o’ziga xos o’rni bo’lgan.
O’zbekiston allomalarining islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi
to’g’risida so’z yuritilganda, eng avvalo, “muhaddislar sultoni” degan shuxratga
ega bo’lgan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan
tilga olamiz.
Imom al-Buxoriy hayotining ko’p qismi xorijiy ellarda musofirchilikda o’tib,
ilm talabida Sharqning ko’pgina shaharlarida bo’lganlar. Bu haqida u u kishining
o’zi: “Misr,Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to’rt marta borganman.
Hijozda olti yil yashaganman,Bag’dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim
hisobini bilmayman”, degan ekanlar. U kishi safar chog’ida ham, bir shaharda
muqim turganida ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to’plagan hadislarni
oqqa ko’chirar edilar. Bag’dodda istiqomat qilgan paytda ko’pinchna oyning
nurida ijod qilib, qorong’i kechalarda sham yorug’ida kitob yozar ekanlar.
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimatli ilmiy meros qoldirgan bo’lib, u
kishi yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiq bo’lib, “al-Jomi’ as-sahih” hadislar
to’plamini butun dunyoga mashhurdir. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari
yozilganiga taxminan 1200 yil bo’ldi, o’sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u
islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan muhim manba
sifatida yuqori baholanib kelmoqda. Imom al-Buxoriy to’plamlariga kiritilgan
hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib
qolmadi. Ular mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va
kattlarga hurmat, etim-esirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga
muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar
va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish
kerak, nimadan o’zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa
yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo’l-yo’riqlar, pand-nasihat va
o’gitlar aks ettirilgan.
Buyuk vatandoshimizning nomi butun islom dunyosida samimiy mehrmuhabbat, katta hurmat-e’tibor bilan tilga olinadi. Sharqning turli burchaklarida
imom al-Buxoriyning nomini eshitmagan biror kimsa, uning ilmu zakovati
etmagan biror joy bo’lmasa kerak.
Diyorimizdan chiqib jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk
allomalardan yana biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir.
O’zdavrining etuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko’pdan-ko’p
shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Yusuf anNasafiy va Abu-l-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni ko’rsatish
mumkin. Ko’p yillar xorijiy mamlakatlarda bo’lganidan keyin at-Termiziy o’z
yurtiga yirik muhaddis olim sifatida qaytadi.
Imomi Termiziy payg’ambar alayhissalom hadislarini to’plashga alohida
e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U
o’zi o’qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog’ozlarga qayd etib
borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to’g’riligiga to’liq ishonch
hosil qilsagina maxsus qog’ozlarga qayd etardi. Hadislarning to’g’riligiga shubha
bo’lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to’g’ri,
ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf (bo’sh, ishonchsiz), g’ariyb (g’alati) kabi
xillarga ajratilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shamoillari, axloqlari haqida tasnif
etilgan musannafotlarini eng chiroyli va yaxshisi – bu Imom Termiziyning
payg’ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni
mutolaa qiluvchi, janobi payg’ambarni ko’rganday va ul zotning har bobidagi
mahosini shariflaridan bahramand bo’lganga o’xshaydi.
Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan,
“Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Allomaning
asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat,
insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab
axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan
e’tiborga molikdir.
Yana bir buyuk vatandoshimiz Movarounnahr ilohiyot maktabining
rivojlanishiga o’z ta’limoti an’analari va ilmiy asarlari bilan katta ulush qo’shgan
buyuk mutakallim Abu Mansur al-Moturidiydir. Moturidiy sunniy e’tqodidagi ikki
yirik kalom maktabining biri bo’lmish Moturidiya maktabining asoschilaridan
hisoblanadi.
Al-Moturidiy ilohiyot ilmlarining to’la shakllanib, takomilga etishida ularni
qayta ishlab chiqib, ma’lum tizim (sistema) ga solishdek katta bir ishni amalga
oshirdi va hanafiya ta’limotining O’rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan
chambarchas bog’liqligini o’z qarashlari orqali ko’rsatib berdi. U yaratgan ta’limot
islom dinining buyuk aqidaviy yo’nalishlaridan biri sifatida tanildi.
Alloma Abu Mansur al-Moturidiy o’z sohasida shunday etuk, shunday
iqtidorli, sermahsul olim bo’lganligiga, fikr doirasi kengligi musulmon olamidagi
yirik-yirik olimlar ham yuksak baho berganlar, u kishi haqida to shu vaqtga qadar
buyuk ehtirom bilan yozadilar.
Buyuk faqih vatandoshlarimizdan yana biri Ali ibn Abu Bakr ibn Abd alJamil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy Qur’onni va hadis ilmini
mukkamal egallab, fiqh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga
ega bo’lganligi va bu sohada biqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon adDin va-l-Milla (islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti) va
Burhon ad-Din al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir.
Al-Marg’inoniyning butun islom olamida mashhur bo’lgan “al-Hidoya” asari
1178 yili Samarqandda yozildi. Kitob musulmonhuquqi-fiqh bo’ycha eng aniq,
izchil, mukkamal asar sifatida tan olindi.
“Al-Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo’lgan Abu HanifaanNu’mon ibn Sobit, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, ularning boshqa
shogird va safdoshlarining kitoblari, dastlabki to’rt xalifa va sahobalarning
rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil etadi.
“Al-Hidoya”da huquqiy masalalarning echimi dastlab yirik fiqholimlari
fikrlari bayoni va unga mualliflar e’tirozlari yoki qo’shimchalarini izhor etish yo’li
bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayan
masalada eng ma’qul echimni tanlab olish yo’liga amal qilingan.
Shu tariqa unda qonunning ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi
ham asoslab keltiriladi.
“Al-Hidoya” bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakat-larida,
jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo’yicha eng asosiy qo’llanma
hisoblanib, bu erda 1917 yil inqlobidan keyin ham, to 1930 yillargachashariat
qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha amalda bo’lib keldi.
Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritilganda bu asardan keng
foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimiz allomalarining islom tsivilizatsiyasi rivoji
yo’lida olib borgan izlanishlari hamda ta’limotlari, yozib qoldirgan boy adabiy
meroslarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, ularning asarlarida eng
avvalo insonparvarlik, mehr-oqibat, adolatli davlat boshqaruvi, islom
madaniyatining ravnaqi g’oyalari ilgari surilgan. O’z navbatida ushbu g’oyalarning
ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod
tafakkuriningshakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy
va madaniymerosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga
ega.Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi,
dunyohamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz
ma’naviysaviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar
davomidaaql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz
mag‘ruryashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy
ong,milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga
buyukallomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn
Sino,Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim
Termiziy,Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘zotlar asos solganlarMarkaziy
Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalariIslom dinining
Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosidataraqqiy qilishiga
vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom diniArabiston
yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviyqabilalaridan
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha anchaustun bo'lgan
Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdanrivojlanishi va hayot
ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash
uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy,
Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro vaBahovuddin Naqshband kabi
mutafakkirlami eslash kifoyadir. Ulaming nomlaributun islom dunyosida chuqur
hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikkaerishilgach, O'zbekiston hukumati o‘z
ichki siyosatida mustamlakachilikdavrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur
iz qoldirgan buyuk zotlamingnomlarini tiklash va xalq xotirasida
abadiylashtirishga qaratilgan benihoyaxayrli siyosat olib bormoqda.Yuqorida tilga
olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqlihissa qo‘shganlar.
Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida engnufuzli manbalar deb
tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari
yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibnIsmoil al-Buxoriy (810-
870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu IsoMuhammad ibn Iso atTermiziy (824-892), Imom Abu Dovud SulaymonSijistoniy (817-880), Imom
Ahmad an- Nasoiy (830-915), Imom Abu AbdullohMuhammad ibn Yazib ibn
Mojja (824-886) kabi siymolardir. Bu olti allomaichida hadis ilmida amir almo’miniyn degan sharafli nomga sazovor bolganImom al-Buxoriy alohida
e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir.
ULOMOLAR DIN TO’G’RISIDA
Shosh vohasida o‘rta asrlarda islom ilmlari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan
ziyod olimlarning nomlari aniqlangan. Jumladan, ishonchli muhaddis sifatida
tanilgan Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 335/947), “Hazrati Imom”
deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976) hamda «Faxr ul-islom», «alImom al-kabir» nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy
(1038-1114) nomlarini alohida qayd etish mumkin.
Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy ishonchli muhaddis bo‘lib, hadis
ilmiga katta hissa ko‘shgan. Uning to‘liq ismi – Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb ibn
Surayj (ba’zi manbalarda Shurayh deb keltirilgan) ibn Ma’qil Shoshiy Binkasiy
Turkiy Adibdir.
O‘rta asr arab mualliflari yurtdoshimiz nomini «Imom Shoshiy» deya ehtirom
bilan tilga olib, uni hadis ilmining mashhur allomalaridan bo‘lganini alohida
ta’kidlashgan. Imom Shoshiyning «Musnad» (“Musnadi Kabir”) nomli asari
to‘lig‘icha hadislarga bag‘ishlangan. Bu asarning yagona qo‘lyozma nusxasi yaqin
vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi «az – Zohiriya» kutubxonasida 277-
raqam ostida saqlangan. Keyinchalik Damashqdagi nodir qo‘lyozmalar
saqlanadigan «Maktabat al-Asad» nomli kutubxonaga o‘tkazilgan. 192 varaqdan
iborat ushbu qo‘lyozma hijriy 558 (milodiy 1163) yilda hattot al – hofiz Ziyouddin
al – Muqaddasiy tomonidan nasx xatida ko‘chirilgan.
Shosh vohasida hadis ilmining rivojlanishida o‘rta asrlardagi an’anaga
muvofiq Samarqand, Buxoro, Xiva, Nasaf, Termiz, Marv kabi turli shaharlardagi
madrasalarda faoliyat ko‘rsattan olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik muhim
ahamiyat kasb etgan.
Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn
Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far
ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn
Sohib ibn Hamid hofiz Shoshiy, Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy
Tunkatiy, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Fumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi
ko‘plab muhaddislar islom dunyosining turli madrasalarida hadis ilmidan saboq
berishgani, kutubxonalarda turli diniy bilimlarning ayrim masalalari bo‘yicha
munozaralar o‘tkazishgani arab manbalarida zikr etilgan.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi «imom» darajasiga
erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy xam
alohida o‘rin egallaydi. Arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun
nomiga «katta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «kabir» so‘zini qo‘shib
yozadilar.
U o‘z zamonasining imomi (peshvosi) bulib, fiqh hadis, usul, tilshunoslik
ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Mag‘ribu
Mashriqqa yoyilgan.
Abu Bakr Shoshiy faqihlar ichida birinchi bo‘lib «Jadal al-hasan»
(“Dialektika go‘zalligi”) bahs-munozaraga oid asar yozgan. Shuningdeq uning
«Kitob fi usul fiqh» (“Fiqh usullari kitobi”), «Sharh ar-risola» (“Risola sharxi”)
asarlari xam bor. Qaffol Shoshiyning «Javomi’ kalim» (“hikmatli iboralar
to‘plami”), «Adab al – qozi» (“qozining odobi”), «Daloil an-nubuvvat»
(“Payg‘ambarlik dalillari”), «Mahosin shari’at» (“Shariat go‘zalliklari”) kabi
asarlari to‘g‘risida manbalarda qayd etilgan. Afsuski, bu asarlardan birortasi
mamlakatimiz kitob xazinalarida mavjud emas.
Qo‘hna Toshkentning Eski shahar qismida joylashgan Imom Qaffol Shoshiy
ziyoratgohi bevosita u zotning nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, xalq orasida
«Hastimom» (hazrat Imom) deb atalib, Toshkentning diniy, ilmiy, ma’naviy va
ma’rifiy markazi sifatida dong taratgan.
O‘rta asrlarda Bag‘dod ilm-fan, ayniqsa islom madaniyatining markazi
bo‘lgan. Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizom al-Mulk (1017 – 1092) o‘z davrida
islom dunyosining ilmiy markazlarida «Nizomiya» madrasasini ochgan.
Bag‘doddagi o‘z davrining akademiyasi sanalmish ushbu nomdagi madrasada
shoshlik faqih Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) Abu Is’hoq
Sheroziy, Abulqosim Qushayriy, Haririy, Xatib Tabriziy, Qozi Bayzoviy, Xatib
Bag‘dodiy kabi yirik olimlar qatorida mudarrislik qilgan.
«Faxr al-islom» (“Islomning faxri”) sifatida shuhrat qozongan Abu Bakr
Muhammad ibn Axmad al – Mustazhiriy Shoshiy Bag‘doddagi fuqaholarning raisi
bo‘lgan. U Shoshda tug‘ilib o‘sgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy
Bag‘dodga borib, mashhur faqih Abu Is’hok Sheroziy, Abu Nasr ibn
Sabbog‘lardan fiqhni o‘rganib, imom darajasiga yetgan. Bag‘doddagi ulug‘ shayx
Abu Is’hok, Sheroziyning yaqin shogirdi bo‘lib, katta, ulug‘ imom (imom kabir)
darajasiga erishgan. Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy fiqh (islom
huquqshunosligi) ilmiga oid bir necha asarlar yozgan. Jumladan, abbosiy
xalifalaridan Mustazhir (vaf. 512/1119)ning talabi bilan yozilgan «Xilyat ulamo fi
mazohibi fuqaho» (“Faqihlar mazhablarida olimlar eiynati”) asari faqih kozilar
etikasiga bag‘ishlangan. Ana shu kitobi tufayli Abu Bakr Shoshiy «Mustazxiriy»,
ya’ni Mustazhir tarafdori degan nomni xam olgan.
Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy arab adabiyoti, grammatikasi
she’riyati va tilshunosligi hamda Qur’on, hadis ilmlarini ham puxta egallagan. U
Bag‘dodda vafot etgan. Uning kabri “Bob Sheroz” maqbarasidagi ustozi ulug‘
shayx Abu Is’hoq Sheroziyning dahmasi yonida.
Umuman olganda, shoshlik faqihlar Bag‘dod ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy
hayotida muhim rol uynagan. IX – XII asrlarda ilm-fan va madaniyat
markazlaridan biri Bag‘dodga «Shoshiy» nisbasidagi bir qator boshqa olimlar –
mashhur muhaddis Abu Sa’id Xaysam ibn Kulayb Shoshiy, Ja’far ibn Shuayb
Shoshiy, Muhammad ibn Yahyo ibn Zakariyo Shoshiy, Hasan ibn Sohib Shoshiy,
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Ahmad ibn Muhammad ibn
Is’hoq Abu Ali Shoshiy va boshkalar tashrif buyurgan. Bu shaharda ular ilm
o‘rganish bilan bir qatorda, mudarris va faqih sifatida faoliyat ko‘rsatganlari haqida
yozma manbalarda ma’lumotlar keltirilgan.
Shoshlik olimlar hayoti va faoliyatini tadqiq etish ko‘hna Shosh (Toshkent)
tarixi, islom ilmlari va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu ayni
paytda, keng ommani ular bilan tanishtirish, ayniqsa yosh avlod qalbida
ajdodlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosiga nisbatan vorislik va iftixor tuyg‘ularini
uyg‘otishdek xayrli maqsadlarga xizmat qiladi.
Download 43.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling