Mavzu: Allomalar din toʻgʻrisida. Reja
Download 50.37 Kb.
|
Allomalar din toʻgʻrisida
ULOMOLAR DIN TO’G’RISIDAShosh vohasida o‘rta asrlarda islom ilmlari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan ziyod olimlarning nomlari aniqlangan. Jumladan, ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 335/947), “Hazrati Imom” deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976) hamda «Faxr ul-islom», «alImom al-kabir» nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy ishonchli muhaddis bo‘lib, hadis ilmiga katta hissa ko‘shgan. Uning to‘liq ismi – Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb ibn Surayj (ba’zi manbalarda Shurayh deb keltirilgan) ibn Ma’qil Shoshiy Binkasiy Turkiy Adibdir. O‘rta asr arab mualliflari yurtdoshimiz nomini «Imom Shoshiy» deya ehtirom bilan tilga olib, uni hadis ilmining mashhur allomalaridan bo‘lganini alohida ta’kidlashgan. Imom Shoshiyning «Musnad» (“Musnadi Kabir”) nomli asari to‘lig‘icha hadislarga bag‘ishlangan. Bu asarning yagona qo‘lyozma nusxasi yaqin vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi «az – Zohiriya» kutubxonasida 277raqam ostida saqlangan. Keyinchalik Damashqdagi nodir qo‘lyozmalar saqlanadigan «Maktabat al-Asad» nomli kutubxonaga o‘tkazilgan. 192 varaqdan iborat ushbu qo‘lyozma hijriy 558 (milodiy 1163) yilda hattot al – hofiz Ziyouddin al – Muqaddasiy tomonidan nasx xatida ko‘chirilgan. Shosh vohasida hadis ilmining rivojlanishida o‘rta asrlardagi an’anaga muvofiq Samarqand, Buxoro, Xiva, Nasaf, Termiz, Marv kabi turli shaharlardagi madrasalarda faoliyat ko‘rsattan olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etgan. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid hofiz Shoshiy, Abullays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy Tunkatiy, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Fumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab muhaddislar islom dunyosining turli madrasalarida hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda turli diniy bilimlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralar o‘tkazishgani arab manbalarida zikr etilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi «imom» darajasiga erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy xam alohida o‘rin egallaydi. Arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «katta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. U o‘z zamonasining imomi (peshvosi) bulib, fiqh hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Mag‘ribu Mashriqqa yoyilgan. Abu Bakr Shoshiy faqihlar ichida birinchi bo‘lib «Jadal al-hasan» (“Dialektika go‘zalligi”) bahs-munozaraga oid asar yozgan. Shuningdeq uning «Kitob fi usul fiqh» (“Fiqh usullari kitobi”), «Sharh ar-risola» (“Risola sharxi”) asarlari xam bor. Qaffol Shoshiyning «Javomi’ kalim» (“hikmatli iboralar to‘plami”), «Adab al – qozi» (“qozining odobi”), «Daloil an-nubuvvat» (“Payg‘ambarlik dalillari”), «Mahosin shari’at» (“Shariat go‘zalliklari”) kabi asarlari to‘g‘risida manbalarda qayd etilgan. Afsuski, bu asarlardan birortasi mamlakatimiz kitob xazinalarida mavjud emas. Qo‘hna Toshkentning Eski shahar qismida joylashgan Imom Qaffol Shoshiy ziyoratgohi bevosita u zotning nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, xalq orasida «Hastimom» (hazrat Imom) deb atalib, Toshkentning diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifatida dong taratgan. O‘rta asrlarda Bag‘dod ilm-fan, ayniqsa islom madaniyatining markazi bo‘lgan. Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizom al-Mulk (1017 – 1092) o‘z davrida islom dunyosining ilmiy markazlarida «Nizomiya» madrasasini ochgan. Bag‘doddagi o‘z davrining akademiyasi sanalmish ushbu nomdagi madrasada shoshlik faqih Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) Abu Is’hoq Sheroziy, Abulqosim Qushayriy, Haririy, Xatib Tabriziy, Qozi Bayzoviy, Xatib Bag‘dodiy kabi yirik olimlar qatorida mudarrislik qilgan. «Faxr al-islom» (“Islomning faxri”) sifatida shuhrat qozongan Abu Bakr Muhammad ibn Axmad al – Mustazhiriy Shoshiy Bag‘doddagi fuqaholarning raisi bo‘lgan. U Shoshda tug‘ilib o‘sgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy Bag‘dodga borib, mashhur faqih Abu Is’hok Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqhni o‘rganib, imom darajasiga yetgan. Bag‘doddagi ulug‘ shayx Abu Is’hok, Sheroziyning yaqin shogirdi bo‘lib, katta, ulug‘ imom (imom kabir) darajasiga erishgan. Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy fiqh (islom huquqshunosligi) ilmiga oid bir necha asarlar yozgan. Jumladan, abbosiy xalifalaridan Mustazhir (vaf. 512/1119)ning talabi bilan yozilgan «Xilyat ulamo fi mazohibi fuqaho» (“Faqihlar mazhablarida olimlar eiynati”) asari faqih kozilar etikasiga bag‘ishlangan. Ana shu kitobi tufayli Abu Bakr Shoshiy «Mustazxiriy», ya’ni Mustazhir tarafdori degan nomni xam olgan. Abu Bakr Muhammad ibn Axmad Shoshiy arab adabiyoti, grammatikasi she’riyati va tilshunosligi hamda Qur’on, hadis ilmlarini ham puxta egallagan. U Bag‘dodda vafot etgan. Uning kabri “Bob Sheroz” maqbarasidagi ustozi ulug‘ shayx Abu Is’hoq Sheroziyning dahmasi yonida. Umuman olganda, shoshlik faqihlar Bag‘dod ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy hayotida muhim rol uynagan. IX – XII asrlarda ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri Bag‘dodga «Shoshiy» nisbasidagi bir qator boshqa olimlar – mashhur muhaddis Abu Sa’id Xaysam ibn Kulayb Shoshiy, Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Muhammad ibn Yahyo ibn Zakariyo Shoshiy, Hasan ibn Sohib Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Ahmad ibn Muhammad ibn Is’hoq Abu Ali Shoshiy va boshkalar tashrif buyurgan. Bu shaharda ular ilm o‘rganish bilan bir qatorda, mudarris va faqih sifatida faoliyat ko‘rsatganlari haqida yozma manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Shoshlik olimlar hayoti va faoliyatini tadqiq etish ko‘hna Shosh (Toshkent) tarixi, islom ilmlari va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu ayni paytda, keng ommani ular bilan tanishtirish, ayniqsa yosh avlod qalbida ajdodlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosiga nisbatan vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishdek xayrli maqsadlarga xizmat qiladi.
Download 50.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling