Mavzu: Allosterik fermentlar


Mixaelis-Menten va allosterik fermentlar


Download 204.95 Kb.
bet3/4
Sana20.10.2023
Hajmi204.95 Kb.
#1711847
1   2   3   4
Bog'liq
OLIY VA O.docx allosterik

Mixaelis-Menten va allosterik fermentlar
Yuqoridagi misolda keltirilgan koʻp fermentlar reaksiya tezligi substrat konsentratsiyasi funksiyasi sifatida tasvirlanuvchi parabolik egri chiziqlar hosil qiladigan gipotetik fermentga oʻxshash tarzda harakat qiladi. Ushbu xususiyatni namoyon qiluvchi fermentlarni koʻpincha Mixaelis-Menten tenglamasi nomi bilan ataluvchi substrat konsentratsiyasi, boshlang‘ich tezlik, \[K_m\] va \[V_ {max}\] ga bogʻliq boʻlgan tenglama bilan tasvirlash mumkin. Kinetikasi ushbu tenglamaga boʻysunadigan fermentlarga Mixaelis-Menten fermentlari deyiladi. Agar siz Mixaelis-Menten tenglamasi va uning asosidagi model bilan batafsil tanishishni istasangiz, MCAT boʻlimidagi Mixaelis-Menten videolarini koʻrib chiqing.
Mixaelis-Menten fermentlari allosterik fermentlardan farq qiladi (fermentni boshqarish haqidagi asosiy maqolada muhokama qilingan). Allosterik fermentlar odatda bir nechta aktiv markazlarga ega va koʻpincha kooperativlikni namoyon qiladi, bu substratning bitta aktiv markazga birikishi boshqa aktiv markazlarning substratlarni biriktirish va qayta ishlash qobiliyatini oshiradi.

Grafikdagi reaksiya tezligi kooperativ ferment uchun substrat konsentratsiyasi funksiyasi sifatida ifodalangan. Egri chiziq S-shaklida (sigmoidal) boʻlib, substrat konsentratsiyasining tor diapazonida reaksiya tezligi past koʻrsatkichdan yuqori koʻrsatkichga keskin oʻtishi tasvirlangan.
Kooperativ fermentlar boshqa fermentlarga nisbatan substrat konsentratsiyasining oʻzgarishiga koʻproq sezgir boʻlib, substrat konsentratsiyasining oshishi bilan past darajadan yuqori reaksiya tezligiga oʻtishi bilan namoyon boʻladi. Bu yuqorida koʻrsatilgandek, S-shakliga ega boʻlgan, tezlikning substratga bogʻliqlik egri chizig‘iga mos tushadi.

Ushbu maqola “Enzymes,” OpenStax Biology (CC BY 3.0) dan oʻzgartirilgan. Asl maqolani bu yerda bepul koʻrishingiz mumkin http://cnx.org/contents/185cbf87-c72e-48f5-b51e-f14f21b5eabd@9.85.


Ushbu maqola CC BY-NC-SA 4.0 litsenziyasiga ega.

Download 204.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling