Mavzu: alohida yordamga muxtoj bolalar toifalari reja
ЕSHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR
Download 161.75 Kb.
|
anomal
ЕSHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR
Nutq—murakkab psixik faoliyat. U psixik jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo`lib o`sishiga katta tasir ko`rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo`lib, atrofdagilarga taklid etish yo`li bilan rivojlanib boradi. Og`zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni xarakatta keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog`langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko`p jihatdan talaffuzga bog`liq. Surdopedagogika lotincha «surdis» - so’zidan olingan bo’lib «karlik» degan ma'noni bildiradi. Surdopedagogika defektologiyaning bir tarmog’i bo’lib, eshitishida nuqsoni bo’lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi masalalari hamda muammolari bilan shug’ullanuvchi fandir. Surdopedagogika uchun buyuk psixolok defektolog L.S.Vigotskiyning «nuqsonning marakkab tuzilishi» haqidagi ta'limoti juda katta ahamiyatga ega. Ushbu ta'limot bo’yicha, birlamchi nuqson o’z navbatida ikkilamchi nuqsonni yetaklab keladi. Mana shu ikkilamchi nuqson o’z ortidan, ko’pgina nuqsonlarni yetaklab kelishi shaxsning me'yor rivojlanishiga ma'lum to’sqinliklarni yuzaga keltiradi. Defektologiyaning vazifasi aynan mana shu ikkilamchi nuqsonni bartaraf etishdan iborat. Surdopedagogika sohasida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar va kattalarni maktabda o’qitishning ko’plab metodlari mavjud. Surdopedagogika umumiy pedagogikaning tamoyillaridan, metodlaridan ta'lim berish va tarbiyalash vositalaridan keng foydalanadi. Bu metodlar eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarning tarbiyasi, o’qishida va rivojlanishida qo’llaniladi. Surdopedagogika yana surdopsixologiya bilan ham chambarchas bog’langan. Surdopsixologiya kar va zaif eshituvchi bolalarning ruhiy rivojlanishi va shaxs shakllanishining rivojlanishini ochib beradi. Surdopsixologiya fani kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim va tarbiya berish, rivojlanishidagi nuqsonlarini bartaraf qilish, ya'ni korrektsiya, kompensatsiyalashni o’z ichiga oladi. Maxsus maktablarda ta'lim va tarbiya berishning sifatini tekshirish uchun maxsus surdopsixologik tadqiqotlar olib boradi. Maxsus maktablarda tovushni kuchaytiradigan moslamalar, taktik tebranish uskunalaridan keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda surdopedagogika kar va zaif eshituvchilarni talaffuz qilishini, o’qitishni yanada rivojlanishida surdotexnikaviy asboblardan keng ko’lamli foydalanishni talab qilyapti. Bundan bilishimiz mumkinki surdopedagogika surdotexnika bilan bog’liq. Download 161.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling