Mavzu: Alpomish dostoni Reja


Download 283.41 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi283.41 Kb.
#1511718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alpomish dostoni

Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshiHaydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nusxalari Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. «Alpomish»ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqatoila mustahkamligi va urugʻ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov «Alpomish» dostonining 1000-y. ligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida aytganidek: «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz yurtimizni, oilamiz qoʻrgʻonini qoʻriqlashga, doʻstu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga oʻrgatadi».

  • Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshi, Haydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nusxalari Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. «Alpomish»ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urugʻ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov «Alpomish» dostonining 1000-y. ligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida aytganidek: «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz yurtimizni, oilamiz qoʻrgʻonini qoʻriqlashga, doʻstu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga oʻrgatadi».

Download 283.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling