Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imoniyatlari Reja
Download 43.64 Kb.
|
Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imoniyatlari.. Reja: Amaliy dasturlar. Kasbiy sohalarda foydalaniladigan dasturlar. Kasbiy sohalarda foydalaniladigan amaliy dasturlar ro’yhati. Amaliy ish jarayonida har-bir foydalanuvchi matnlar ustida ishlashga to`g`ri keladi. Matnlarni tayyorlash, ularni tahrirlash har qanday ish sohasida (halq xo`jaligining turli sohalarida) duch keladigan ish jarayonidir. Matnlarni yozish jarayonida har xil kimyoviy belgilar, matematik funktsiyalar va fizik formulalar va boshqa qiyinchiliklarga to`g`ri kelinadi. Zamonaviy matn muharirlari yordamida bu muommalardan osonlikcha qutilish mumkin. Zamonviy matn muharirlari yordamida foydalanuvchi: tayyorlangan matnni ekranda ko`rib, unga keraklicha o`zgartirishlar kiritib uning kerakli qismini turli tartibda tahrirlab, tashqi bir matndan biror belgilangan qismni unga qo`shib, turli shriftlarda ishlab, belgilangan razmerda betlab, hohlagan nusxada chiqarish imkoniyatiga ega. Qulaylik va imkoniyat darajasiga ko`ra matnlarni bir tartibda tahrirlash va matnli ma`lumotlarni tahrirlovchi yuzlab dasturlar mavjud. Ular matn muharirlari va ma`lumotlarni tahrirlovchi dasturlardir. Birisi ma`lumotlarni tez chiqarsa, biri sekin ikkinchisida yozishi qiyin bo`lsa, yana birida bunga nisbatan oson. Birida foydalanuvchi uchun kerakli simvollar va shriftlar mavjud bo`lsa boshqasida esa yo`q. Yana boshqa birini o`rganish oson bo`lsa ikkinchisini o`rganish qiyinroq kechadi. Ayrim bu kabi dasturlar esa o`zlarining grafikli ma`lumotlar bilan ishlay olishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu dasturlar orasida dunyoda keng tarqalgan mashhur Microsoft Word dasturidir. Faqat matn uchun mo`ljallangan muharrirlar quyidagi funktsiyalarni bajarishi lozim bo`ladi. Matnni dialog tartibda o`qish. Matnning ixtiyoriy ustun va satrini tahrirlash. Matning belgilangan qismidanusxa olshi va ko`chirish. Boshqa matnda yoki uning belgilangan qismidan nusxa olish va ko`chirish. Simvol bo`yicha qidirish va almashtirish. Avtomatik ravishda xatosi bor qatorni topish (orfologiya qism mavjud bo`lsa). Matning hamma yoki belgilangan qismini bosmaga chiqarish. Matn muharirlari juda ko`p bo`lishidan qat`iy nazar ularning aksariyat ko`p qismi bu yuqoridagi vazifalarni bajara oladi. Ammo bulardan qaysi biri bilan ishlay olishni tanlash esa biz foydalanuvchilarning hoxishiga qoladi. Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Aldus firmasining Yevropa bo`limi 1989 yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e`lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to`liq lahjasi bo`lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo`lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o`chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi. Windows muhiti amaliyot tizimning qobig`i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi. Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin: (Point) Ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish; (Click) Sichqoncha knopkasini bosib darhol qo`yib yuborish; (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish; (Select) Biror obyektni tanlash. Tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko`chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha knopkasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha knopkasi qo`yib yuboriladi. Matnni sahifaga joylashtirish (Flow). Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o`tish uchun sichqoncha yordamida ko`rsatkichni muloqot oynasidagi “|” belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap knopkasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro`yhati paydo bo`ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha knopkasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalami iloji boricha ko`proq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko`rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o`zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko`rinishini tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyutei xotirasiga iloji boricha oldinroq kiritilgan bo`lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to`g`ridan-to`g`ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo`lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko`rish va unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi. Download 43.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling