Mavzu: Amaliy mashg’ulot. Maqsad: 1 ta’limiy
ZiyoNet tarmog’iga ulanish
Download 0.96 Mb.
|
7 10-dars dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
- V. Uyga vaziva.
ZiyoNet tarmog’iga ulanishHukumat qarorlariga ko’ra, barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET yagona axborot ta’lim tarmog’iga birlashtirilishi kerak. ZiyoNET tarmog’ining resurslaridan foydalana olish Ta’lim muassasalarini ulash bo’yicha konkursda g’olib bo’lgan provayderlar tarmog’ining kompleksi vositasida ta’minlanadi. Bugungi kunda maktablar, kollejlar, litseylar, muzeylar, «Kamolot» YoIH filiallarini ulash ishi bilan «Ist Telekom» MCHJ, qishloqda joylashgan maktablarni ulash ishlari bilan «RWC» QK va i «O’zbektelekom» AK filiali UzNET shug’ullanadi. Ta’lim muassasalarini ulash va moliyalashtirish bo’yicha javobgar vazirliklar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, «Kamolot» MK hisoblanadi. ZiyoNET tarmog’ining resurs markazi Konkurs komissiyasining Ishchi organi sifatida konkurs va ulanish jarayonining monitoringini tashkil qilish bo’yicha barcha zarur tadbirlarni amalga oshiradi. Ta’lim muassasalarining ulanishi bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha mas’ul vazirliklar va idoralarga, ZiyoNET tarmog’ining provayderlariga murojaat qilishingizni so’raymiz, shuningdek siz forumda o’z savolingizni berishingiz mumkin. ZiyoNet ta’lim tarmog’iga ulanadigan ob’ekt konkursda g’olib bo’lgan provayderdan quyidagi bepul xizmatlarni oladi: ·128 kbit/sek. dan kam bo’lmagan tezlikda Internet tarmog’ining o’zbek segmentidan cheklanmagan foydalana olish (TAS-IX); ·tashqi Internet trafigining muayyan limiti (trafik limitidan tashqari tashqi Internetdan foydalanish ulanish ob’ekti tomonidan mustaqil to’lanadi); ·qo’shimcha xizmatlar. IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Internet deganda nimani tushunasiz? 2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering. 3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz? 4. Multimediya nima? 5. Word Wide Web haqida nimalarni bilasiz? 6. Web-sahifa va gipermatn haqida so`zlab bering. 7. Web-sayt nima? 8. Internetdagi web-sahifalar qayerda saqlanadi? 9. URL deganda nima tushiniladi? V. Uyga vaziva. Web brovzerlar haqida ma’lumot to’plash va ziyonetda sayt yaratish. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling