Mavzu: Amir Temur buyuk davlat arbobi


Download 82.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi82.79 Kb.
#1504007
Bog'liq
Mirzo Ulug\'bek-WPS Office



MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Kafedra nomi: Nemis tili
Mavzu: Amir Temur buyuk davlat arbobi
Bajardi: Rajabova Nafisa
Qabul qildi: Axmedov Raxmatjon


Amir Temur buyuk davlat arbobi.
Reja:
1. Amir Temur hayoti haqida.
2. Amir Temur siyosiy faoliyatining boshlanishi va "Buyuk amir" sifatida
saylanishi.
3. Islom dini bilan aloqasi.
4. A.Temurning 3 yirik istilolari va yurishlari.
5. A. Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar.
6. Temur va Fransiya qiroli.
7.Xulosa.


1.Amir Temur hayoti haqida.Amir Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur
ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) —
oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli,
markazlashgan davlat , ilm-fan va madaniyat homiysi.Amir Temurning
onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining
oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan.
Uning buyuk ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir
Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida
xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va
u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafiddin
Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq
va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri
Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol
Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.Amir
Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor
edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda
majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra,
Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish.
Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.Amir Temurning
yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir
Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida
chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq
va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur
tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir
boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli
hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni
tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq
atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning
atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur,
Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek,
Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar,


musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar boʻlishib va harbiy
guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik
ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.
2.Amir Temur siyosiy faoliyatining boshlanishi va "Buyuk amir " sifatida
saylanishi.Xonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga kirishgan
Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1361-yilning
kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib
mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng
oyogʻidan jarohatlandi.Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida
Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat,
1361-yil oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib
chiqarishga muvaffaq boʻladilar.Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni
istamagan Ilyosxoja 1365-yil ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin
tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang
tarixda „Loy jangi“ nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning
xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan
Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa
hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha
shahar hamda qishloqlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand
oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na
devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek
va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi,
sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar
mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun
(paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof
va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar
Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja
dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib
ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan
gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib
yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo boʻyida
oʻtkazib, 1361-yil bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab


sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun
boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq,
sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn
buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar
dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib
kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib,
Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt
oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib,
ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib
borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa
devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va
Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi
viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal
qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1361 — 61yillar oʻrtasida bir necha bor
toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.
"Buyuk amir“ sifatida saylanishi
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat
ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu
voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi.
Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan
Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan kengash oʻtkazadi.
Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra,
chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr
podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib
borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu
asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn
qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng, 1370-yilning 10 aprilida Balx
shahri Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu
gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan
hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon
qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur „koʻragon“, yaʼni „xonning
kuyovi“ unvonini oldi.


1361yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat
va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari
(xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan
quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan
qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat
hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir
Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin
amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga
aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va
qasrlar bino qilindi.
Temur davlati va unga qaram yerlarning mustahkamlanishi.Mamlakatning
siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan davom etib
kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror
toptirish maqsadida Amir Temur (1361-yil iyunida) Samarqandda katta
qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qoʻshin
tuzish masalalari muhokama etildi.El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning
ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta
ahamiyat berdi. U „amir“ va „amir ul-umaro“ kabi yuqori darajali harbiy
unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa
lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning
joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom
masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi. Amir Temur hokimiyat tepasiga
kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy bergan ogʻir iqtisodiy
tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat
soliqlarini yigʻishda aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni raʼiyatga
nisbatan insof va adolatli boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi,
chunki saltanatning barqarorligi koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning
davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya
qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan.
Amir Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini
ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-


torojlardan saqlagan.
3. Islom dini bilan aloqasi.Temur sunniy musulmon boʻlgan, ehtimol,
Naqshbandiya tasavvufi, Hanafiy mazhabiga mansub boʻlib, u
Mavarinnatda nufuzli boʻlgan. Uning bosh rasmiy diniy maslahatchisi va
maslahatchisi hanafiy olimi Abdu l-Jabbor Xorazmiy edi. Termizda u Gur-
amirda Temur bilan birga dafn etilgan Balxlik rahnamo Sayyid Barakaning
ustozi taʼsiriga tushgan edi.Temur hazrati Ali va Ahli-baytni yuksak
qadrlashi bilan mashhur boʻlgan va turli olimlar tomonidan oʻzining
"shiaparast" pozitsiyasi bilan eʼtirof etilgan. Biroq u shialarni ham
sahobalarning xotiralarini tahqirlaganliklari uchun jazoladi. Temur,
shuningdek, sunniylik uzrlari bilan shialarga hujum qilgani, boshqa
paytlarda esa sunniylarga diniy sabablarga koʻra hujum qilgani ham eʼtirof
etilgan. Aksincha, Temur saljuqiylar sultoni Ahmad Sanjarni Alamutda
ismoiliylarga hujum qilgani uchun yuqori baholagan boʻlsa, Temurning
oʻzining Anjudandagi ismoiliylarga qilgan hujumi ham xuddi shunday
shafqatsiz edi.
4.Amir Temurning 3 yirik istilolari va yurishlari.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar
tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan
mashhur. 3 yillik (1386 — 88) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon,
Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
3 yillik istilo
Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan
boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3
marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning
Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol
shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida
(qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda (28 fev.) Shimoliy
Kavkazda Terek daryosi boʻyida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba
beradi.. Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari,


Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi.
Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets
shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva
istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning
shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul
viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va
cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va
Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur
Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni
chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya
tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir
Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo
uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus
knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
5 yillik istilo
Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo
va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 —
96) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada
muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Hindiston istilosi
Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may — 1399-yil mart) qariyb 11
oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120
jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi,
qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga
sarflandi.
7 yillik istilo
Amir Temurning 1399—1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida
Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq)
kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya)
bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara


jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim
ustidan gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb
malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar.
Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta dengizning sharqiy
sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin
Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida
joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari
unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur
Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun
nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni
qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi
kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib
kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan
soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga
beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon
Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne
(Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-
gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri
uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini
boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.Amir Temur Usmoniy turklar
davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa
davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda
ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli
turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini
choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan
Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV tabriklab, unga
maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygʻonayotgan
Yevropaga islom dinini yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar davlatiga zarba
berib, Yevropadagi nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi.
Eron va Kavkaz Yurishlari. Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez
orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga
boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga


maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-
siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni
Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya
shaharlari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot
strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va
boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 — 84 yillar
davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot,
Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust
qalʼalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori,
Sultoniya va Tabriz shaharlari istilo qilindi.
Xitoyga yurishining boshlanishi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga
qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan
Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda
vafoti (1405-yil 18 fev.)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-
yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni
vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning
yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida " Temur ibrida
(sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik)kasaliga chalinib, tabiblar uni
rad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar,
xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi,
Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan
araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us -siyar“ asarida shunday
yozadi: "…sohibqiron shu asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar
keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan
olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo
ovqat yemadi. Shuning uchun mijazida oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni
tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir -ikki
qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob
taʼsir qildi shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi
yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast
qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va
koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr


tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar
garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar
mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib
kelinib dafn qilinadi.
5.Amir Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar.
Amir Temur — buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda
Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga
qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga
asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr
va shimoli-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shimoli-sharqda Balxash koʻli va
Ili daryosigacha; janubi-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha bo'lgan
mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur davlatni aql-zakovot va huquqiy
asos bilan idora etgan. Uning "davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash,
tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“,
degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.Sohibqironning bunyodkorlik
sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu koʻhna dunyoda oʻtgan
koʻp jahongirlarni biladi. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi
bunyodkorlik bilan mashgʻul bo'lgan. Uning „Qay bir joydan bir g'isht olsam,
oʻrniga o'n gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga o'nta ko'chat
ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli
voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan
nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va
Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor
imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning
bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir
Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda
mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada,
lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi.
Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan
masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini
poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat
berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni


Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu
boisdan bu shahar „Qubbat ul-ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi. Saltanat
poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi.
Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh
shaharining meʼmor-u binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar,
maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar
barpo etiladi. Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub
Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi.
Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va
Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand shahri Amir
Temur davrida oʻzining qadimgi oʻrni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda
butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan
oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi
nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning
dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish
tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar
barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida
qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari
Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi.
Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-
atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham
ustunroq turmogʻi lozim edi. Amir Temurning harbiy yurishlari, jang-u
jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki,
uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga
boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 — 86)da Amir Temur Movarounnahrda
markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni
birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy
kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va
ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi.
Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy
ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan
davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichidagi


kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻronga
uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni
vaqtda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy
berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi.
Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq
topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni
tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif
etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan. Amir Temur
hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil,
nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston
(markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston
(markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning janubiy qismi (markazi
Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston (markazi Gʻazna,
keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur
davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan. Amir
Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda 16-asr
boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan.Shoʻrolar
tuzumi davrida Amir Temur. Shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan
yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning
jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning
faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning
nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh
koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa
uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida
Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy
maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur
xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), „Amir Temur“ ordeni
taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995).
Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida
hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir
Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda
nasriy asarlar yaratildi.


6.Amir Temur va Fransiya qiroli. U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir
masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan
maslahatlashardi. Odatda tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot,
tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi
mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida
ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi,
mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin
Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa
xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga
koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi:
„Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz
homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat
berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va
boshqa lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur davrida savdo va
hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo
qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va
arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini — atlas,
kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar,
attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa
mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va Sulton
Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali
Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo
yoʻli — „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi
xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim
chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va
elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor
berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda
hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu
bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan
yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya,
Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik
aloqalar oʻrnatdi.


7.Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.
Muʻizz al-ansab (Proslavlyayushcheye genealogii). Vvedeniye, perevod s
persidskogo yazyka / primechaniya, podgotovka faksimile k izdaniyu SH.
KH. Vakhidova. Istoriya Kazakhstana v persidskikh istochnikakh.
Almaty:Dayk-Press, 2006. — S. 115—120T: Sharq, 1998 yil. 4. Karimov I.A.
Istiqlol va manaviyat. T: Ozbekiston, 1994 yil. Adabiyotlar. 1. Karimov I.A.
Ozbekistonning oz istiqlol va taraqiyot yoli. T: Ozbekiston, 1992yil 2.
Karimov I.A. Ozbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T:
Ozbekiston, 1993 yil. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. T: Sharq,
1998 yil. 4. Karimov I.A. Istiqlol va manaviyat. T: Ozbekiston, 1994
yil.Ertaklar.uz/uz/sharq-mutafakkirlarining-farzand-tarbiyasi-haqidagi-
fikrlari/.

Download 82.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling