Mavzu: Amir Temur davlatida pochta xizmati va aloqa vositalari Reja: Kirish


Amir Temur davlatida pochta xizmati va aloqa vositalari


Download 36.51 Kb.
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi36.51 Kb.
#1365945
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- mavzu amir temur va temuriylar davrida ijtimoiy- iqtisodiy,

Amir Temur davlatida pochta xizmati va aloqa vositalari

Amir Temur imperiyasida oʻz davrining mukammal aloqa tizimi faoliyat yuritgan. Ushbu tizim yordamida poytaxt – Samarqandga imperiyaning turli burchaklaridan qisqa muddatda ma’lumotlar oliy hukmdorga yetkazilgan. Masalan, Erondan Samarqandga xat 3 kunda yetkazilgan. Amir Temur davlatida pochta xizmati bilan maxsus maxfiy boʻlinmalar shugʻullangan. XV asr boshlarida Samarqandga tashrif buyurgan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur davlatida pochta xizmati faoliyatini yuqori baholagan. Boshqa chet el manablarida ham Amir Temur davridagi pochta xizmati haqida ma’lumot beriladi.
Ma’lumki, 1402- yilda Amir Temurning Anqara jangidan soʻng asirga tushgan askarlar ozod etilgan edi. Ular ichida nemis ritsari Iogann Shiltberger bor edi. Iogann Shiltberger oʻz kundaliklarida Amir Temur davlatida pochta tizimi tasnifini beradi. Kundalikda keltirilishicha, Amir Temur davlatida xabarchi aloqa bekatiga yaqin kelganda maxsus ovozli signal bergan va shu zahotiyoq bekatda ot tayyorlab qoʻyilgan.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur doimo savdogarlarga homiyli qilgani va ularni “Oʻn ikki tabaqa”ga kiritganligi haqida ma’lumot beriladi. Oʻz navbatida, savdogarlar Amir Temurni uzoq yurtlardan ma’lumotlar bilan ta’minlab turganlar: Shu haqda “Temur tuzuklari”da quyidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin: “Men barcha mamlakat va oʻlka savdogarlariga yordam qoʻlini choʻzdim. Ular (savdogarlar) menga uzoq oʻlkalardan xabarlar hamda Xitoy, Xotan (Xitoy Xalq Respublikasi Uygʻur-Shenjon avtonom viloyatining janubi-sharqi), Hindiston, Misr, Traviya, Shom, Rum shaharlari va orollardan kamyob mahsulotlar olib kelib turishgan”. Amir Temur davlatida aloqa va savdo yoʻllari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Bu yoʻllarda savdogarlar va xabarchilar xavfsizligi xos boshqaruvchilar tomonidan ta’minlangan.
Amir Temur vafotidan soʻng imperiyaning parchalanishi natijasida Temuriylar davlati hududi birmuncha qisqardi. Lekin aloqa tizimi oʻzining sifatini ma’lum ma’noda saqlab qoldi. Keyingi asrda Amir Temur davrida tashkil etilgan pochta tizimi Zaxiriddin Muhammad Bobur zamonida yangi bosqichga koʻtarildi. Hindistonda tashkil topgan Boburiylar davlatida qoʻshni hududlar – Xuroson, Afgʻoniston, Movarounnahr, Eron va boshqalar bilan aloqa oʻrnatish uchun faol ishlar olib borildi. Lekin dastlab pochta tizimi holati talabga javob bermas edi. “Boburnoma” asarida ma’lumot berilishicha, Agraga joʻnatilgan xatlar ikki- yilda ham manziliga yetib bormas edi.
Shuning uchun yangi barpo etilayotgan yangi imperiyasida pochta xizmatini tashkil etish hayotiy zaruriyatga aylandi. Bobur tomonidan qisqa vaqt ichida oʻrta asrlar uchun ancha mukammal boʻlgan pochta tizimi yaratildi. Xabarchilarga doimiy maosh tayinlandi. Koʻp tilli imperiyada terminologik aniqlikka erishish uchun, masofani yagona standart masofa oʻlchov birliklari – “mil” va “kurux” amalga kiritildi. Shuningdek, yirik shaharlar oʻrtasidagi aniq masofa oʻlchab chiqilib, ular orasida bekatlar soni aniqlandi. Masalan, 1528- yilda Agra va Qobul oʻrtasidagi masofani oʻlchash ishlari Chaqmoqbek va mirzo Shoxi Tamgʻachi yuklatildi. Ular har toʻqqiz kurux (taxmiman 18 km) masofada qoravullik punkti, oʻn sakkiz kurux masofada esa 6 ot bilan ta’minlangan yom bekati tashkil etishdi.
“Boburnoma”da Zahiriddin Muhammad Boburning qoʻshni davlat hukmdorlari bilan aloqalari va ular oʻrtasidagi noma almashunuvi tasvirlangan. Masalan, Umarshayx mirzoning sodiq amirlaridan biri – Xudoyberdi Temurtoshning oʻlimi munosabati bilan Hirotdan Oʻshga Abdul Vahob orqali yuborilgan maktub 4 kunda oʻz manziliga yetib brogan (masofa 120 yigʻoch, ya’ni taxminan 1000 km).
Amir Temur va Temuriylar sulolasi davri Oʻrta Osiyoda tarixida oʻziga xos oʻringa ega. Bu oʻziga xoslik avvalo ilm-fan, madaniyat, qurilish, iqtisod va tashqi aloqalarning nihoyatda rivojlanishida aks etadi. XIV-XV asrlarda tashqi aloqalarning birmuncha jonlanishi pochta-aloqa tzimiga boʻlgan talabni oshirib, uning rivojlanishiga bevosita yoʻl ochgan.

Download 36.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling