Mavzu: Amir temurning odob axloq to’g’risidagi o’gitlari


Har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak. 48


Download 39.15 Kb.
bet6/6
Sana14.04.2023
Hajmi39.15 Kb.
#1357826
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir temur

47Har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak.

48Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko‘rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yana-da oshirar edim.

49Har mamlakat va diyor sayohatchilariyu musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakatga va diyorga borib turish uchun savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular o‘shal mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar.

50Uzoq-yaqindan biron kishi kelib, mening majlisimga kirar ekan, qaysi toifadan bo‘lsa ham, davlatim dasturxoni ne’matidan uni quruq qaytarmasinlar.

  • Kuch — adolatdadir.

  • Kurashib erishilmagan g‘alaba g‘alaba emas.

  • Chorasi yo‘q ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi.

  • Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing.

  • Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham.

  • Og‘zingga qon to‘lsa ham, dushman oldida tupurma.

  • Qilichim o‘tkir bo‘lsa-da, o‘ylab qinidan chiqardim, shirin so‘z aytib, g‘animning imon topmog‘iga yo‘l ochdim.

  • Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi, bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.

  • Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi.

  • Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. ***

  • Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.

  • Bir kun keladiki, zolim o‘z barmoqlarini tishlaydi.

  • Vahima— dushmanning yo‘ldoshi.

  • Qilich o‘tkir bo‘lsa-da o‘z sopini kesmagay.

  • Kechira olishlik— mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.

  • Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling