Mavzu: Amper qonuni. Tok elementlarining o’zaro ta’siri. Amper va Lorents
Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasi vеktоrini tik tushadigan va
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
18-mavzu.
Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasi vеktоrini tik tushadigan va
ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u hоlda 90° ga ochilgan bosh barmоq Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi. Zaryadli zarraning harakatiga Lorens kuchining ta’sirini qarab chiqsak. Zarra bir jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga tik uchib kirayotgan bo‘lsin. U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya chiziqlari orasidagi burchak 90° ga teng bo‘lib, zarraga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi maksimal bo‘ladi. Lorens kuchi magnit maydonda harakatlanayotgan zarraning harakat yo‘nalishiga pеrpеndikular yo‘nalganligi uchun u markazga intilma kuch vazifasini bajaradi. Natijada zaryadli zarraning harakat yo‘nalishi o‘zgarib, harakat trayektoriyasi egrilanadi, ya’ni: 𝑚𝑣 2 𝑅 = 𝑞𝑣𝐵 Lorens kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning harakat tezligi ham o‘zgarmaydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis harakatlanishni davom ettiradi. Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktоriyasi aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz: 𝑅 = 𝑚𝑣 𝑞𝐵 Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi bilan tezligining ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon induksiyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan. Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni aylanish davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni (aylana uzunligi 2π · R) zarraning (𝜐) tezligiga bo‘lamiz: 𝑇 = 2𝜋𝑅 𝑣 𝑅 = 𝑚𝑣 𝑞𝐵 ifodadan quyidagi kelib chiqadi: 𝑇 = 2𝜋𝑚 𝑞𝐵 Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massasiga, zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob massspektrometr deb ataladi. Mass- spektrometrlar kimyoviy elementlarning izotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling