Mavzu: Amplituda modulyatorini tadqiq etish Ishning maqsadi


Download 1.51 Mb.
bet4/4
Sana29.11.2020
Hajmi1.51 Mb.
#154716
1   2   3   4
Bog'liq
3 amaliy ishi




Xulosa

Men bu amaliy ishda amplituda modulyatori ishlash prinsipini o‘rganib va modulyatorning sifat ko‘rsatkichlarini tajriba yo‘li bilan tahlil etdim.



Nazorat savollariga javoblar:

  1. Modulyasiya deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning biror bir parametirini (amplitudasini, chastotasini, yoki fazasini) past chastotali birlamchi signalning o‘zgarirish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Sinusoidal signal amplituda, chastota va faza kabi parametrlar bilan tavsiflanganligi sababli uzluksiz modulyatsiyaning uchta asosiy turi mavjud:

1. Amplituda modulyatsiyasi (AM).

2. Chastotani modulyatsiyasi (ChM).

3. Faza modulyatsiyasi (FM).

2. Amplituda modulyasiyasi deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning, amplitudasini past chastotali birlamchi signalning o‘zgarish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.

3. AM signallar odatda yarim o‘tkazgich diod, tranzistor yoki elektron lampalardan nochiziqli element sifatida foydalanish orqali olinadi.

4. Balansli va amplitudasi modulyatsiyalangan signalda foydali axborot ushbu signal spektrining yon polosalari tarkibida bo‘ladi. Ushbu yon polosalar bir xil axborot tashiydilar. Agar ushbu yon polosalardan birini bartaraf qilsak, quyidagi afzalliklarga ega bo‘lamiz:



  • radioaloqa uzoqligini saqlab qolgan holda radiouzatkich quvvatini kamaytirish;

  • uzatilayotgan signal polosasini ikki marta qisqartirish, buning natijasida esa radioqabullagich o‘tkazish polosasini (oralig‘ini) qisqartirish (toraytirish) hamda bitta aloqa liniyasida kanallar sonini ko‘paytirish imkoniyati paydo bo‘ladi;

  • radioqabullagichda signal/shovqin nisbatini oshirish.

5. Modulyatsiya koeffitsienti deb modulyatsiyalovchi signal amplitudasining tashuvchi tebranish amplitudasiga nisbatiga aytiladi, ya’ni. Uning qiymati modulyatsiyalovchi signal shakli qabul qilish qurilmasi chiqishida buzilmasdan aks ettirilishi uchunoralig‘ida o‘zgarishi kerak, ya’ni. Bu ko‘rsatkich texnik foydalanishda foizlarda baholanadi va odatda modulyatsiya chuqurligi deb ataladi.
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling