29
Aktiv tomonida korxona mablag’lari, passivida esa xo’jalikning o’ziga
tegishli
manbalar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko’rsatiladi.
Aktiv
mablag’larning oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daromad)ning ko’payishi
bilan bog’liqdir. Balansning barcha bo’lim va bandlarini chuqur o’rganish
moliyaviy ahvolni to’liq o’zlashtirishning asosini tashkil qiladi.
Ma’lumotlarda ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bo’lgan
va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki
hamda uni qoplashga jalb
qilingan manbalari o’z aksini topadi. Balansdagi har bir band va bo’lim
korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning
uchun ham uni chuqur
o’rganish lozim. Buxgalteriya balansini o’rganish asosida bir qator ko’rsatkichlar
haqida xulosalar chiqarish mumkin.
“Andijon avto o’quv ishlab chiqarish” mas’uliyati
cheklangan jamiyati
buxgalteriya balansi tahlili shuni ko’rsatadiki, 2014 yilda
jamiyat jami aktivlari
771264 ming so’m bo’lib, 2013 yilga nisbatan 103830 ming so’mga ko’paygan.
Joriy aktivlarning ortishida Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha
qarzi
1230 ming so’mga, pul mablag’larining 73665 ming so’mga
ortishi asosiy
sabablardan biri bo’lib hisoblanadi. Pul mablag’lari
miqdorining ortishida hisob-
kitob schyotidagi pul mablag’larining 65592 ming so’mga, boshqa pul mablag’lari
va ekvivalentlarining 8073 ming so’mga ortganligini ijobiy holat deb baholashimiz
mumkin. Ishlab chiqarish zaxiralari qiymati esa o’tgan yilga nisbatan 10943 ming
so’mga kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: