3.2. Olinadigan hisobvaraqlarni baholash va hisobini takomillashtirish .
Olinadigan hisobvaraqlar kompraniyalarning pul mablag’lariga, tovarlariga,
xizmat va nakd pulsiz aktivlariga bo’lgan da’volarni o’z ichiga oladi. Olinadigan
hisobvaraqlar qarzini to’lashning kutilayotgan sanasiga yoki olinadigan
hisobvaraqlarning to’lov muddatiga ko’ra joriy va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Odatda olinadigan hisobvaraqlar schyot fakturalari bilan tasdiqlanadi.
Joriy aktivlar tarkibida debitorlik qarzlari summalari aks ettiriladi.
Olinadigan hisobvaraqlar- bu asosiy faoliyat natijasida sotilgan tovar va
xizmat uchun mijozlarning majburiyat so’mmalaridir . Savdoga tegishli bo’lmagan
olinadigan hisobvaraqlar boshqa faoliyatlar natijasida vujudga keladi .
Olinadigan hisobvaraqlar yoki schyotlarni hisobga olish uchun 4010 schyot
ishlatiladi. Quyida olinadigan schyotlar vujudga kelishi bo’yicha holatlarni
amaliyot ob’ekti bo’lgan “Andijon avto o’quv ishlab chiqarish ” MCHJ.da
misolida ko’rib chiqamiz. Masalan, 2014 yil 30 avgust kuni korxona keltirilgan
avtomobil ehtiyot qismlarini 10 million so’mga nasiyaga sotdi:
dt 4010 Olinadigan schyotlar - 10000000 so’m
kt 9010 Mahsulot sotishdan daromad - 10000000 so’m
2010 yil 30 sentyabr kuni haridor olingan tovar uchun pul o’tkazdi:
dt 5110 Pul mablag’lari - 10000000 so’m
kt 4010 Olinadigan schyotlar - 10000000 so’m
Olingan hisobvaraqlar korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati
davomida mijozga sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun qarz so’mmalarini tashkil
qiladilar. Bu hisobvaraqlar savdo bo’yicha olinadiganlar deb ham ataladi. Schyot
faktura yoki boshqa xujjatlar bilan ayrim hollarda esa oddiy yozma qarz
majburiyatlari bilan ham tasdiqlanadi. Bu olinadigan hisobvaraqlar balans
sanasidan keyingi bir yil yoki kompaniyaning operatsion tsikli davomida undirib
olinadigan so’mmani o’z ichiga oladi .
50
Do'stlaringiz bilan baham: |