Mavzu: Andijon viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari Reja
Madaniy-maorif va sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 70.95 Kb.
|
Mintaqaviy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Madaniy-maorif va sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]1999/2000 oʻquv yilida viloyatda 738 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 510 mingdan ziyod oʻquvchi, 24 gimnaziyada 7538 ming oʻquvchi, 32 akademik litseyda 5862 oʻquvchi, 28 musiqa va 62 sport maktabida 30940 oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti bor: Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon qishloq-xoʻjalik instituti, Andijon Davlat universiteti. Andijon oliy oʻquv yurtlarida 10,8 ming talaba taʼlim oldi (2000). 1999-yil oktabrda Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani) Oʻzbekiston Respublika Andijon viloyati va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xujalik ilmiy ishlab chiqarish markazining Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutning asosiy vazifasi mamlakatda sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli gʻalla va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat. Viloyat shahar va tumanlarida 1998- 2000-yillarda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida 22389 oʻquvchi, 28 akademik litseyda 15928 oʻquvchi oʻqiydi. Andijon shahridagi va Oqoltin tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlogʻidagi sanoat kasb-hunar kolleji (mazkur kollejga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikki marta tashrif buyurdi) eng namunali oʻquv dargohlaridir. Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967-yil ishga tushgan) 2000 urnnli qiroatxona mavjud (2000). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919-yil noyabrda Hamza asos solgan (qarang Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (qarang Andijon bolalar va yoshishr teatri). Andijon viloyat „Lola“ Qoʻgʻirchoq teatri 1968-yil aprelda Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon Toshmatov, Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka Ismoiljon va Isroilon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliqdorbozlar sulolasi yetishib mashhuru maʼlum boʻlishgan. Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934-yil tashkil etilgan) mashhurdir. 1997-2000-yillarda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda kurkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan „Amfiteatr“ (2000) bayram tantanalari va boshqa tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining janubi-sharqida — Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon shahrining markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyoxlarda katta taassurot qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri — Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur. Viloyatda 14,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 64 oʻrin) 70 kasalxona muassasasi, 6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi ishga tushirildi (2000). Foydalanilgan adabiyotlar: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi statistik ma’lumotlari https://uz.wikipedia.org/wiki/Andijon_viloyati Download 70.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling