Mavzu: angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi


Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish


Download 34.49 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1640109
1   2   3
Bog'liq
Mavzu angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi drfgdrgdrg

Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish
Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni tashkil etilishi borasida orqada edi. Ammo urush davrida, daro- madli davlat buyurtmalarini eng yirik firmalar olayotgan sharoit- da, hamda urushlar oralig'idagi inqirozli va depressiyali yillarda, mayda va kuchsiz firmalar to'xtovsiz xonavayron bo'layotgan vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf- faqiyatli yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopo- liyalaridan 3 tasi amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: "Royyal Datch Shell" va "British Petroleum" (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kir- magandi.
Boshqa korporatsiyalar orasida "Yunilever" - jahonning yirik oziq-ovqat monopoliyasini ajratib ko'rsatish mumkin.1 Ushbu konsern o'z korxonalarida sovun, margarin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Aynan ushbu korporatsiya tomonidan Yevropada iste'mol qilinadigan margarinning asosiy qismi ishlab chiqariladi. Xom ashyoning asosiy qismi Afrikadan kelardi: palma yog'i, kokos va yer yong'oqlari va boshqa yog' mahsulotlari. Aynan Afrikada konsern ishchilarining yarmi faoliyat yuritishadi. Konsern nominal ingliz-golland hisoblanadi, hujjat bo'yicha esa unda ko'p mam- lakatlar ishtirok etishadi. U turli mamlakatlarda 600 dan ortiq sho'ba korxonalarga ega.
Undan tashqari "BAT indastriz" tamaki kompaniyasi va "Impe­rial kemikl indastriz" kimyo kompaniyasini ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
Angliyaning moliyaviy kapitali ham shunday xususiyatlarga ega. Sanoat korporatsiyalaridan farqli o'laroq birinchi 5ta banklar tarkibiga ingliz banklari kirmaydi, birinchi 10 talikka esa ikkita ingliz banki kiradi: "Barkleyz benk" va "Vestminster benk". Lekin ingliz banklarining "katta to'rtligi" boshqa mamlakatlarnikiga nis- batan ko'proq xorijiy filiallarga ega.
Angliya iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish jaray- oni AQShdagidan ko'ra boshqacharoq kechgandi. Birinchi turtki 1929-1933 yy.dagi inqiroz bo'ldi. Davlat bu yillarda aksilinqiroz choralarini qabul qildi va buning uchun maxsus davlat organlari tashkil etildi. Lekin Angliyada yana bitta shakl mavjud edi - aral- ash davlat-kapitalistik kompaniyalarni tashkil etish, ya'ni davlat nazorati ostida faoliyat yuritadigan davlat kapitali ishtirokidagi kompaniyalar. Bunday aralash shakllar elektroenergiya ishlab chiqarish va taqsimlash, radioeshittirish (BBC) va boshqa tarmo- qlarda qo'llanildi.
Davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirishga turtki bo'lgan keyingi sabab - Ikkinchi jahon urushidir. Davlat ishlab chiqarishni konsentratsiyalashuvini rag'batlantirdi. Harbiy buyurt- malarni yirik kompaniyalar olishar edi. Ushbu buyurtmalarni ijrosi- ni ta'minlash maqsadida davlat xom ashyo, energiya taqsimotini o'z qo'liga olgandi va ular bilan harbiy buyurtmalarni ijro etu- vchi yirik kompaniyalarni ta'minlardi. Undan tashqari davlat ba'zi mayda firmalarni yopdi yoki ularni buyurtmalarni ijro qilish uchun yirik firmalarga qo'shib yuborishdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so'ng chuqurlashdi. 1945 yilda Angliya hukumati tepasiga leyboristlar (ingliz ishchi partiyasi) kelishdi. Ular o'z das- turlarida Angliyada sanoatni davlat mulkiga o'tkazish orqali sot- sialistik tuzumga o'tishni targ'ib etishdi.

Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling