Mavzu: Anomal xossali neft konlarini ishlash loyihalashtirish
Anomal neftni tekis-radial sizishini sxemalashtirish
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm.
2.Anomal neftni tekis-radial sizishini sxemalashtirish
❑ Anomal neftni tekis – radial sizishi masalasini qo‘yilishi asosida neft qovushqoqligini va sizish tezligini bosim gradiyentidan bog‘liq ravishda o‘zgarishi olingan. Anomal neftni g‘ovak muhitda sizishini eksperimental tadqiqotlari natijalarini ikkita usul bilan ishlab chiqish mumkin. Birinchi uchulda neftning hamma o‘zgaruvchan reologik xossalaridan, faqat uning qovushqoqligi hisobga olinadi, o‘tkazuvchanlik esa o‘zgarmas kattalik deb qabul qilinadi. Ikkinchi usulda eksperiment ma’lumotlaridan turli bosim gradiyentlaridagi anomal neftni harakatchanlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Bunday yondashish metodik nuqtai nazardan to‘g‘ridir, chunki bosim gradiyenti ortib borishi bilan g‘ovak muhitda bir tarafdan – qatlam o‘tkazuvchanligini ortishi yuz beradi. Har bir holdagi ekperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish natijasida, anomal neft harakatchanligini qatlam bosimi gradiyenti bilan bog‘lovchi, emperik iborani olish mumkin. 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, anomal neft qovushqoqligini o‘zgarish tekis egrilarini, amaliyotdagi hisoblashlar aniqligi uchun yetarli darajadagi, a,b,c siniq chiziqlar bilan almashtirish mumkin. Bog‘liqliklarni bunday sxemalashtirish asosida doira shaklidagi qatlamda uchta zonani ajratish mumkin (2-rasm). 1-rasm. Anomal neftni samarali qovushqoqligini bosim gradiyentidan bog‘liqligini 2-rasm.Doira shakldagi qatlamlarda anomal neftni sizishini sxematizatsiyalash Atrofida ishlatish quduqlari joylashtirilgan tashqi radiusi rm bo‘lgan birinchi zonaning hammasida qatlam bosimi gradiyenti neftdagi strukturalarni chegaraviy buzilish bosim gradiyentidan katta. Bu zonada neft eng kichik o‘zgarmas qovushqoqlik mт yoki eng katta harakatchanlik (к / m)m bilan, to‘liq buzilgan strukturali harakatda bo‘ladi. Birinchi zona radiusining kattaligi neftni reologik xususiyatlari va ishlatish quduqlarini ishlash rejimi bilan aniqlanadi. Ikkinchi zonada neftni qovushqoqligi va harakatchanligi, qatlam bosimi gradiyentidan bog‘liq ravishda, chiziqli qonun asosida o‘zgaradi. Ikkinchi zonaning tashqi radiusi rд ham birinchi zonada ta’sir etuvchi, ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Ushbu zonada asosiy rolni siljishni dinamik bosimi gradiyenti o‘ynaydi. Uchinchi zonada sizish eng katta o‘zgarmas qovushqoqlikda mо yoki harakatchanlikda (к / m)0 ro‘y beradi. Ishlatish quduqlari debitini oshirib borilishi bilan birinchi va ikkinchi zonalarni tashqi chegaralari to‘yinish chegarasi tomon ko‘chadi. Nisbatan katta debitlarda yoki reologik xususiyatlarni mos qiymatlarida qatlamda faqat ikkita zona bo‘lishi mumkin: birinchi va ikkinchi (2-rasm). DIQQATINGIZ UCHUN RAXMAT! Document Outline
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling