Mavzu: Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja


Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi


Download 326.85 Kb.
bet4/8
Sana23.06.2020
Hajmi326.85 Kb.
#121106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
anorganik birikmalarning eng muhim s


Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi


Natriy va kaliy ishqorlari kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari hisoblanadi.

NaOH — o'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p tarmoqlarida ishlatiladi. U «kaustik soda» deb ham ataladi.

Natriy ishqori oq tusli modda, suvda yaxshi eriydi. Uning konsentrlangan eritmasi hayvonot va o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni yemiradi. O'yuvchi natriy eritmasiga botirilgan ip, jun bo'kib iviq massaga aylanadi.U odam terisiga tushsa yara qiladi.

O'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p sohalarida ishlatiladi. U sovun tayyorlash korxonalarida, neftni qayta isMash zavodlarida va boshqalarda ishlatiladi.

O'yuvchi natriy ko'p miqdorda osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi.

KOH — o'yuvchi kaliyning barcha xossalari, ishlatilish sohalari o'yuvchi natriyga o'xshash, faqat farq shundaki, sovun tayyorlashda o'yuvchi kaliy ishtirok etgan bo'lsa suyuq sovun hosil bo'ladi.

O'yuvchi kalsiy — Ca(OH) 2, ya'ni so'ndirilgan ohak osongina kukunga aylanadigan qattiq oq modda. U suvda kaliy va natriy asoslariga nisbatan yomonroq eriydi. Uning tiniq eritmasi ohakli suv deb ataladi.

So'ndirilgan ohak asosan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. U ohak, qum va suvdan iborat qorishma, ancha arzon va yaxshi sementlovchi vositadir.

So'ndirilgan ohak ohaktoshni kuydirib olingan kalsiy oksidi (CaO — so'ndirilmagan ohak)ni suv bilan reaksiyaga kiritib olinadi.

Uning suvdagi eritmasiga xlor yuttirib xlorii ohak olinadi.

Xlorli ohak zararii mikroblarni o'ldiruvchi vosita sifatida turmushda, tibbiyotda ishlatiladi.

Savollar.

1. Qanday murakkab moddalar asoslar deb ataladi? Misollar keltiring.

2. Asoslarning qanday umumiy fizik va kimyoviy xossalarini bilasiz? Ularga tegishli kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

3. Asoslar qanday gruppalarga ajratiladi? Har bir gruppa asoslarga misollar keltiring.


Kislotalar


Kislotalarga kislotali oksidlarning gidratlari hamda аущ metallmaslaming vodorodii birikmalarining suvdagi eritmalarili kiritish mumkin.

Agar ulaming tarkibiga e'tibor berilsa hammasida vodor atomlari bor, lekin ayrimlarida kislorod yo'q. Shunga muvofiq ulai ikki gumhga: kislorodii va kislorodsiz kislotalarga ajratish mumkin



Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlarining soniga qarab bi negizli, ikki negizli va uch negizli guruhlarga ajratiladi.

Agar element bir xil kislorodii kislota hosil qilsa, kislota nomi 2 kislota hosil qilgan element nomiga -at qo'shimchasini qo'shib aytiladi:

Н2СОз — karbonat kislota, H2SiO3 — silikat kislota. Agar element bir nechta kislota hosil qilsa, muvofiq ravishda valentligiga qarab, quyi valentligiga -it, yuqori valentligiga -at qo'shimchasi qo'shiladi:

H2SO3, - sulfit kislota

H2SO4 - sulfat kislota

HNO2 - nitrit kislota

HNO3 - nitrat kislota

Kislorodsiz kislotalaming hammasiga -id qo'shimchasi qo'shib aytiladi.

HC1 - xlorid kislota H2S - sulfid kislota

HF — florid kislota HJ — yodid kislota.

Agar ular gaz holida bo'lsa vodorod xlorid, vodorod ftorid va hokazo deb ataladi. Ayrim kislotalaming tuzilishi va kisiota hosil qilgan element valentligi 13-jadvalda ko'rsatilgan.

Olinishi. 1. Kislotali oksidlar (angidridlar)ni suvga ta 'sir ettirib olinadi:

SO2+H2 O=H2SO3; SO3+H20=H2 SO4 N205+H20=2HN03

2. Uchuvchan kislotalar ulaming quruq tuzlariga kislotalar ta 'sir ettirib olinadi:

NaCI + H2SO4=Na2SO4+HCl FeS + HCl=FeCl2+H2S

quruq eritma quruq eritma


  1. Ayrim kislotalar eritmada cho'kma hosil bo'lish hisobiga olinadi:

Ba(N03) 3+H2S04=BaS04+2HN03

oq cho'kma

Na2Si03+2HCl=NaCl+H2Si03

4. Kislorodsiz kislotalar metallmaslami vodorodga ta'sir ettirib, hosil bo'lgan modda suvda eritib olinadi:

Cl2 + H2 = HC1 (HC1 suvda eritiladi)

gaz gaz gaz

H2 + S = H2S (H2S suvda eritiladi)

gaz bug gaz



13-jadval




Download 326.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling