Mavzu. Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: 1


Download 175 Kb.
bet12/13
Sana23.12.2022
Hajmi175 Kb.
#1044283
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu

Oʻstirish garmoni. Bu gormon organizmda gipofiz bezining oldi qismi hujayralarida sintez boʻladi. E’tibor qiling, gipofiz bezining bu qismining ogʻirligi 0,1 grammdan kamroq boʻlib, uning ham bir qismigina shu gormonni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Organizmda bu gormonni yetmasligi oʻsish tezligini pasaytiradi, masalan oʻsishi sekinlashgan sichqonning ogʻirligi, oddiy sichqon ogʻirligidan 2 marotaba kam boʻladi. Shu gormonni oʻz vaqtida, kerakli miqdorda organizmga kiritilishi oʻsishni moʻtadil qiladi. Tibbiyotda bitta kasalni davolash uchun haftasiga 7 mg tozalangan gormon ishlatilsa kifoya. Bu gormonni ilgarilari odamlarni (oʻlik odamlarni) gipofizidan ajratib olishgan. Hozirgi paytda bu gormonni ishlab - chiqarishni mikrobiologik, toʻgʻrirogʻi gen muhandislik usuli yaratilgan boʻlib, 1 l kultural suyuqliqdan 100 milligrammgacha toza holdagi gormonni ajratib olish mumkin. Umuman olganda gen muhandisligi usullaridan foydalanib, yaratilgan transgen mikrob shtammlari yordamida, nafaqat gormonlar balki, barcha kerakli biologik moddalar ishlab chiqarish mumkinligi mikrobiologik usulni rentabel sohaga aylantirdi. Buning ustiga bu soha ob-havo, issiq-sovuq, fasl, tabiat injiqliklariga bogʻliq emasligi bu yoʻlning kelajagi porloq ekanligidan dalolat beradi. Bir misol, atigi 25-30 mkg. “sekketin” deb atalmish gormonni ajratish uchun 1 t. qoramol ichagini qayta ishlash kerak boʻlsa, shu miqdordagi gormon oddiy mikrobiologiya laboratoriyasida bemalol ajratib olinishi mumkin. Ishlab chiqariladigan gormonlarni roʻyxati doimiy ravishda oshib bormoqda. Ularni ishlab chiqarish eng avvalo shu gormonlarga boʻlgan muhtojlik hamda, ilmiy laboratoriyalarni bu jarayonlarni bajarishga tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda eribropoetin (eritrositlarni, demak gemoglobinni hosil boʻlishini boshqaruvchi gormon ) enkefalinlar va endorfinlar (insonni kayfiyatini, eslash qobiliyatini koʻtaruvchi, tonusini oshiruvchi asab tizimini boshqaruvchi gormonlar) ishlab chiqarish boshlab yuborilgan. Mikrob hujayralari ba’zi bir steroidli gormonlarni ishlab chiqarishga ham qodir. Masalan, Arthrobacter globiformis bakteriyasi gidrokortizonni prednizolonga aylantirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, mikrobiologik transformasiya usuli, buyrak usti bezining gormoni boʻlgan kortizon kimyoviy sintezini bir necha etapini qisqartirishga olib keladi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling