Mavzu: Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari


Yerqo’rg’on shahrining hukmdor qasri, hukmdorlar maqbarasi va boshqa majmualarda dinning ta’siri va ellinizm


Download 177.87 Kb.
bet9/11
Sana22.06.2023
Hajmi177.87 Kb.
#1647098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari

3.3 Yerqo’rg’on shahrining hukmdor qasri, hukmdorlar maqbarasi va boshqa majmualarda dinning ta’siri va ellinizm
Qasr majmuasi
Yerqoʻrgʻon qasri oʻz tuzilishi va umumiy mazmuniga koʻra, oʻrta osiyoning mashhur qasrlaridan biri boʻlgan. U har biri alohida reja asosida qurilgan mustaqil ikkita, yaʼni yuqori va pastki maydonchalarga boʻlinganligi bilan ham oʻziga xosdir. yuqori maydonda keng chiziq boʻyicha choʻzilgan alohida tsellalar (xonalar), vestibyullar, sharqqa qaratilgan ayvonlar, hovlilar va ovqatlanish xonalari mavjud boʻlib - bularning bari tor yoʻlaklarining ikki qatori bilan tutashtirilgan edi. Uni qasr ibodatxonasi boʻlgan deb hisoblash mantiqan toʻgʻridir. Yerqoʻrgʻon qasrining tor yoʻlakchalar bilan birlashtirilgan hovlichalar va imoratlar tuzilishiga ega boʻlgan pastki maydoni rejasi tuzilishi qadimgi sharqning koʻpgina qasr majmualariga xos. Bularga bobildagi navuxodonosor qasri va suzadagi doro qasrini misol qilib olish mumkin. Qadimgi oʻrta osiyo qasrlari bilan Yerqoʻrgʻon qasrini unda alohida ibodatxona majmuasi mavjudliga yaqinlashtiradi. Qizilqir, kalolqir, tuproqqala, Yerqoʻrgʻon va panjikent qasrlari shu jihatlari bilan axamoniylarning pasargad, suza va persapoldagi mashhur qasrlaridan farq qiladi va ularning saroy qurilishidagi yanada qadimiy hisoblanmish ossuriya va midiya anʼanalariga borib taqalishi extimoli mavjud. Balki, "davlatlar qirolligi"da juda koʻp muhim ibodatlar (ilohlar) boʻlgandir. Shuning uchun rasmiy qabullar boʻladigan zal "apadanalar" axamoniylar qasrida markaziy oʻrin tutgan boʻlib, ularda sajda qilish inshootlari boʻlmagan. Axamoniylar qasrlari umumimperiya maʼmuriy integratsiya markazlari xisoblangan.12Yerqoʻrgʻon qasri xususiyatlari haqida xulosa qilib shuni aytish kerakki, shahar va qasr ibodatxona majmualari bir-biridan tamomila farq qilgan. Markazida olov yongan qasr ibodatxonasi tsellasi, yoʻlaklar tizimi orqali kunduzga yorugʻlik va atmosfera taʼsiridan butunlay ajratib qoʻyilgan. Shuningdek, tasviriy sanʼat izi ham sezilmaydi, bu taxminan qasr va shahar muqaddas dargohlari ibodatdagi farq bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Qasr ibodatxonasi doimiy olov saqlashga moʻljallangan edi. Olov maʼbud (iloh) sharafiga, yoki III-IV asrlardagi naxshab hukmdorlarining ilohiylashtirilgan ajdodi sharafiga yoqilishi mumkin edi.

Download 177.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling