Mavzu: aprel. 3-hafta: «yer kuni» Ornish, konstruksiyalash va matematika markazi Biz yashayotgan yer Maqsad
Download 18.86 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Qoshimcha
Mavzu: APREL. 3-HAFTA: «YER KUNI» Ornish, konstruksiyalash va matematika markazi Biz yashayotgan yer Maqsad: bolalar qurish-yasash qoidalarini, sanashni, taqqoslashni, buyumni mustaqil ravishda yasashni o'rganishadi. Kerakli jihozlar: qurish-yasash jihozlari, mavzu asosida rasmlar va namuna. Faoliyatning borishi: Mavzu asosida rasmlarni tomosha qilish. Namunani ko'rish. Kerakli jihozlarni tanlash. Qurish-yasash ishlari. Qo'shimcha: o'z kompozitsiyalarini mayda kichik o'yinchoqlar bilan to'ldirish. Alohida e'tibor qaratiladi: bolalarning jamoada ishlay olish qobiliyati, ularning ijodiy tafakkurini rivojlanishi, o'zaro ijobiy munosabatlariga ahamiyat beriladi. Ourish, konstruksiyalash vamatematika markazi Kelajakdagi shahar Maqsad: bolalar tasawuridagi shaharni quradilar, kelajakda o'z uyini qanday bo'lishi haqida xayollar suradilar va xayolan tasvirlagan uylari, shaharlarini amalda qurib ko'rishga intiladilar, kelajakka tik boqishni, oldilariga aniq maqsad qo'yishni va maqsad sari intilishni o'rganadilar. Kerakli jihozlar: katta-kichik hajmdagi kubiklar, namuna va mavzu asosida rasmlar. Faoliyatning borishi: Namuna va rasmlarni tomosha qilish. Bajariladigan ishni rejalashtirish. Kerakli jihozlarni tanlab olish. Qurish-yasash ishlarini amalga oshirish. Tayyor ishni qo'shimcha detallar bilan to'ldirish. Qo'shimcha: bajargan ishlarini taqdimot qilishni va aynan nima uchun shu ko'rinishdagi shaharni qurganliklari, kelajakni qanday tasvirlashlari haqida so'zlab berishlarini taklif qilish. Alohida e'tibor qaratiladi: kelajak haqidagi o'y-fikrlar, xayoliy tasavvurlariga ahamiyat beriladi. Download 18.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling