Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‟ziga xos xususiyatlari Reja
AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQ GRAMMATIK QURILIShINING BUZULIShI Ko‘pchilik
Download 33.3 Kb.
|
Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar-fayllar.org
AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQ GRAMMATIK QURILIShINING BUZULIShI Ko‘pchilikmualliflarning tadqiqodlari shuni ko‘rsatadiki (V.G.Petrov, M.F.Gnezdilov, M.F.Feofanov, A.P.Fedchenko va boshqalar) aqli zaif o‘quvchilarda nutqning grammatik tomondan shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu grammatik umumlashmalarni talab qiluvchi ko‘plab topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarda kuzatiladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, so‘z yasalishdagi va so‘z o‘zgartirishdagi morfologik shakllarning to‘liq rivojlanmaganligi ham buning sabablari hisoblanadi. Kelishiklarni qo‘llashda ham buzilishlar kelib chiqadi. Otlarning bosh, qaratqich va tushum kelishiklari nisbatan yaxshiroq shakllangan bo‘ladi. Yeng ko‘p xatolar qaratqich va chiqish kelishiklar konstruksiyalarida uchraydi. Qaratqich kelishigi ko‘proq bosh kelishik bilan almashtiriladi. Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko‘makchilar bilan noto‘g‘ri qo‘llash, shu konstruksiyalarni old ko‘makchilar bilan noto‘g‘ri tushinishga qaraganda ko‘proq kuzatiladi. Impressiv nutqda orqa, oldi, yonida, ustida, tagida old ko‘makchilarning o‘rnini almashtirib qo‘llash kuzatiladi. Yekspressiv nutqda ga, dan ko‘makchilarini tushirib qoldirish, shuningdek, ustida, yonida, oldida, orqasida, o‘rtasida, orqali old ko‘makchilarining yo‘qligi kuzatiladi. Ravish va otdan hosil bo‘lgan birikmadagi buzilishlar, ot va sonning noto‘g‘ri birikishi kuzatiladi. Bolalar otning qaratqich kelishigidagi, ko‘plikdagi shaqlini noto‘g‘ri qo‘llaydilar. Ba‘zi bir hollarda qaratqich kelishigi qo‘shimchalari almashtirib yuboriladi. Sifatga oid so‘zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga doir bo‘lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. To‘liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi xatolar ham o‘ziga xos tomonlarga yega. Aqli zaif bolalarda so‘z yasalishi funksiyasi, so‘z o‘zgarishiga qaraganda kamroq shakllangan, deb hisoblanadi. So‘z yasalishining kam shakllanganligi otdan yasaluvchi sifatlar hosil bo‘lishidagi qiyinchiliklarda ko‘rinadi (toshtoshli). Quyi sinflardagi aqli zaif o‘quvchilar uchun sodda yig‘iq gaplar harakterli bo‘lib hisoblanadi. Tarkibida to‘ldiruvchi, ba‘zan o‘rin xoli ishtirok yetgan sodda yoyiq gaplar ham ishlatiladi (Qiz gul uzyapti; Bolalar maktabga boryaptilar). Bolalarning mustaqil nutqida yega yoki kesim, yoki yega bilan kesim tushirib qoldirilgan gaplar tez-tez uchrab turadi. Masalan, rasmga qarab hikoya tuzish: «Bola baliq tutyapti. Tashladi. YUgurdi. Qayiqda suzyapti». Aqli zaif bolalarda so‘zning morfologik tarkibi va gapdagi so‘zlarning sintaktik aloqasi haqidagi tasavvurlar, morfologik umumlashmalar juda ham kambag‘al. Nutqning leksik-grammatik qurilishining rivojlanmaganligi, ayniqsa bog‘lanishli nutqda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aqli zaif о‘quvchilarda og‘zaki yozma nutq kamchiliklarining sabablarini о‘ziga xos xususiyatlarini va patognetik faktorlarini yoritib bering. Aqli zaif о‘quvchilar orasida qaysi nutq buzilishlari kengroq yoyilgan. Aqli zaif о‘quvchilarda nutqning fonetik tomondan tuzilishlarini о‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Aqli zaif о‘quvchilarda namoyon bо‘ladigan nutqning fonetik buzilishlarini bartaraf etish yо‘llarini aytib bering. http://fayllar.org Download 33.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling