Mavzu: Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi


«Aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va texnologiyalarning ommalashishi


Download 1.23 Mb.
bet4/9
Sana14.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1196128
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мустакил иш

«Aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va texnologiyalarning ommalashishi
Butun dunyo bo‘ylab «aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlash-tirilgan tizimlar va texnologiyalarning ommalashishi taxmin qilinmoqda. Xususan, VRT (o‘zgaruvchan tezlikdagi texnologiya) tizimi va GPS-qabul qiluvchi qurilmalar ushbu tarmoq o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Joriy yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkan edi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi «Aqlli qishloq xo‘jaligi» konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish, agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish kabi vazifalar vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi.
Ushbu maqolamizda dunyo agrar sohasiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutuvchi «Aqlli qishloq xo‘jaligi konsepsiyasi” xususida so‘z yuritamiz.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, 2050-yilga borib Yer sayyorasi aholisi 9,6 milliardga yetib, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun bugungiga nisbatan 70 foiz ko‘p mahsulotlar kerak bo‘lar ekan. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, energiya vositalarining qimmatlashuvi va yer unumdorligining pasayib ketishi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishga jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Xo‘sh, unda kelajakda bashariyat ochlikka mahkum bo‘ladimi? Albatta, yo‘q. Bu muammolarni dehqonchilik faoliyatini o‘zgacha usullar asosida boshqarish, xususan, sohaga narsalar interneti konsepsiyasi kabi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, «aqlli» qishloq xo‘jaligi orqali hal etish mumkin.
«Future Market Insights» tahlilchilariga ko‘ra, dunyoda «aqlli» qishloq xo‘jaligiga o‘tish sekinlik bilan, ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti. Bozorning katta qismi (53 foizi) Shimoliy Amerikada joylashgan. Bu AQSh fermerlari tomonidan aqlli innovatsiyalarga bo‘lgan kuchli qiziqish bilan bog‘liqdir. IT-texnologiyalar yer maydonlarida asosan don ekinlari yetishtirishda faol qo‘llanilyapti va bu «aniq dehqonchilik» nomi bilan atalyapti.
Umuman olganda, «Goldman Sachs Group» tahlilchilari ko‘plab mamlakatlar «analog»dan «aqlli»ga o‘tish orqali o‘z qishloq xo‘jaligini faol rivojlantirib borayotganini tasdiqlashyapti. Ularning prognoziga ko‘ra, yangi texnologik yechimlarni joriy etish bilan 2050-yilga borib dehqonchilikni dunyo bo‘yicha 70 foizga oshirishga erishish mumkin. Bu deyarli 800 mlrd. dollarlik qo‘shimcha mahsulot demakdir.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling