Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifalari va tashkil etuvchilari


Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin


Download 453.5 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi453.5 Kb.
#1298863
1   2   3   4   5
Bog'liq
Texnalogik ta\'lim 21-01 sirtqi guruh talabasi SH.Shoira.

Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin:
a) mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketmaketligini beradi.
b) operatsion qurilma (arifmetik mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlar bajariladi.
Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg1 – Rg7 registrlari kiradi, ularda tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi.
Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrobuyrug‘i bilan beriladi. U A1, A2,...,An ketma-ket mikrobuyrug‘lar sifatida yoziladi. Shu yerning o‘zida mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi:
Tashqi mikrobuyrug‘lar ya’ni bular arifmetik mantiqiy qurilmaga tashqi qurilmalardan keladigan buyruqlar;
Ichki mikrobuyrug‘lar ya’ni arifmetik mantiqiy qurilmada yaratiladigan va mikrodastur qurilmasiga ta’sir etadigan. Masalan: arifmetik mantiqiy qurilma hisoblash natijalariga qarab turib holatlarni generatsiyalashi mumkin. Arifmetik mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u1, u2,…,un kodli shinalar orqali beriladi. Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari:
Rg1 - summator, arifmetik mantiqiy qurilmaning asosiy registri, unda hisoblash natijalari yaratiladi.
Rg2, Rg3 - qo‘shiluvchi, ko‘paytuvchi, bo‘luvchilar registrlari.
Rg4 - adresli registr operandalar adresini va natija adresini eslab qolishga mo‘ljallangan.
Rg6-adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr.
Rg7- qo‘shimcha yordamchi registr, u dastur xohishiga qarab akkumlyator, indeksli registr yoki oraliq natijalarni eslab qoluvchi xotira sifatida ishlatilishi mumkin.
Tezkor registrlar bir qismi dasturiy murojatli hisoblanadi, ya’ni ular buyruqlar bilan adreslanishi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
- summator;
-indeksli registr:
-ba’zi yordamchi registr:
qolgan registrlar dasturiy murojaatga tegishli emas, ya’ni ular dasturda adreslanishi mumkin emas. Operatsion qurilmani qayta ishlanadigan ko‘rinishiga qarab klassifikatsiyalash mumkin (7-rasm).
Arifmetik mantiqiy qurilmaning to‘liq kvalifikatsiyasi chizmada keltirilgan. Arifmetik mantiqiy qurilmaning mantiqiy strukturasining qiyinligini Arifmetik mantiqiy qurilmaga qo‘yilgan masalani yechishda ishlatiladigan mikrodasturlar, ko‘pligi bilan tushuntiriladi.
Har bir registrning kirish yo‘liga tegishli mantiqiy sxemalar yig‘ilgan. Ular registrlararo muloqotni qo‘llashda ishlatiladi.
So‘zlar ustida olib boriladigan operatsiyalarni bajarilishi so‘zlarni o‘zgartiradigan va arifmetik mantiqiy qurilmada so‘zlarni yetkazadigan mikro buyruqlarga olib boriladi. Mikrobuyruqlarning bajarilish tartibi bajariladigan operatsiyalar algoritmi bilan aniqlanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, arifmetik mantiqiy qurilma registrlar va ular bajaradigan funksiyalar bo‘ladigan operatsiyalarning uslubiga bog‘liq, arifmetik mantiqiy maxsus arifmetik amalga ega.





Arifmetik mantiqiy qurilma bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati raqamli hisoblash mashinasi turiga bog‘liq.


Shu tariqa arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi berilgan arifmetik mantiqiy va maxsus operatsiyalarni bajarilishi bilan belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilma qurilishi esa mikrodasturlarda bajariladigan mikrobuyruqlar bilan belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning undanda soddaroq sxemasini olish uchun arifmetik mantiqiy operatsiyalardan eng minimalini tanlash lozim. Bunda arifmetik mantiqiy qurilmaning berilgan tezkorligini hisobga olish zarur.
· natija to‘lib-toshishi (AV)
· ishora (AS)
· holati (AQ)
Sikl oxirida arifmetik statusga ega bo‘lgan signallar o‘z holatlarini o‘zgartiradi (ASTAT):
X kirish porti 2 ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin: AX registr blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi.

Download 453.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling