Mavzu: arizalar va anketa orqali yozishni o’rganish reja Kirish I bob yozuvning ahamiyati va o’rni


Download 86.46 Kb.
bet6/10
Sana31.01.2023
Hajmi86.46 Kb.
#1144236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ariza va anketa kursovoydaППППППППППППП

II bob ANKETA USULI
2.1 Anketa nima?
Anketa so`zi frantsuzcha atama bo`lib, tadqiq etish, o`rganish, so`rash degan ma`nolarda qo`llaniladi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu tevaragidagi savollar to`plami tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi. Anketa ba`zi xususiyatlariga ko`ra, interv’yu janriga yaqin turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas, balki ko`pgina kishilar guruhiga qaratilgan bo`ladi, ayni vaqtda tuzilgan savollar og`zaki tarzda emas, yozma shaklda beriladi. Anketa so`rovi shakllining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va anketadan iboratdir.

Anketaning kirish qismida sotsiolog tadqiqot o`tkazayotgan ilmiy tadqiqot yoki uning guruhi, ilmiy tashkilot manzilgohi, tadqiqotning nomi va maqsadi, anketani tuzuvchining ismi-sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli, va nihoyat, to`ldirilgan anketani kimga va qaerda topshirish yo`llari va lo`nda bayon etiladi. Bu muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondent, odatda, kirish qismidan dastlabki ma`lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo`ladi. Ikkinchi qismda respondentning o`ziga xos pasporti aks etadi. Bunda respondentlar ijtimoiy-demografik xarakteristikasiga oid savollar bo`lishi nazarda tutiladi. Ko`pincha respondent shaxsiga oid savollar anketaning oxirgi qismida keltiriladi. Bunga sabab qilib, ayrim sotsiologlar anketa boshlanishida shaxsga oid savollarning berilishi bir jihatdan odob va axloq qoidalariga muvofiq emas, deb hisoblashsa, ikkinchi jihatdan bunday savollar respondentni cho`chitib yuborishi va maqsadga xizmat qiluvchi ob`ektiv va to`g`ri javoblar olishga halaqit berishi mumkin, deb ta`kidlashmoqda. Shaxsga oid savollar majmuasiga jins, yosh, ma`lumot, kasb-hunar, ijtimoiy kelib chiqish, partiyaviylik, oilaviy ahvol xususidagi masalalar kiritilishi mumkin.



Keyingi bosqichda respondent bilan aloqa o`rnatish bilan bog`liq savollar o`rin oladi. Aloqa o`rnatish savollari tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Ayni chog`da, bunday savollar me`yordan ortiq bo`lib ketmasligi kerak, chunki bunday savollarning haddan oshib ketishi anketaning asosiy savollariga mas`uliyat bilan yondashilishi darajasini pasaytirishi mumkin. Keyingi bosqichda anketaning asosiy savollari batafsil va mantiqiy bog`liqda berilishi lozim. Asosiy savollar o`z mazmuni bilan muhim axborotni qo`lga kiritish imkonini beradi. Anketadagi asosiy savollar tadqiqot dasturida ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarga to`la javob berishi lozim. Anketaning so`nggi bosqichida yakunlovchi savollar o`rin olishi kerak. Bunday savollar asosiy bosqichda ilgari surilgan hamma savollarga xulosa yasashi, respondentlarni ruhiy-intellektual hayajon vaziyatidan chiqarishga xizmat qilishga lozim.


Download 86.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling