Mavzu: Arkalarning yuklanishini o'rganish
Download 66.97 Kb.
|
45 Mavzu. Arkalarning yuklanishini o\'rganish
Tortqichdagi kuchlanishlar darhol armaturaga uzatiladi, bu maqsadda oldindan zo‘riqtirilgan kanatlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tortqini osilib qolishini kamaytirish uchun har 5-6 m dan so‘ng ilgichlar o‘rnatiladi. Katta oraliqli arkalar odatda ayrim qismlardan tashkil topgan yig‘ma holatda tayyorlanadi. (5.17-rasm). Bunda tortqi oldindan tayanch bloklar bilan kuchlangan yaxlit deb ko‘zda tutiladi. Arka seksiyalari o‘zaro qo‘yilgan detallarni keyingilari bilan chok birikmalarini bukib, payvandlash yordamida biriktiriladi. YUpqa devorli fazoviy ustyopmalar, qobiqlar. YUpqa devorli fazoviy ustyopmalar tyokis (yassi) tizimlardan (plita, to‘sin, ferma va boshqalardan) farqli o‘laroq yuk ostida ikkala yo‘nalishda ishlaydi. Bunday konstruksiyalarga materialni eng kam sarflanadi. YUpqa devorli fazoviy konstruksiyalar ularga samarali geometrik shakl berish tufayli temir-betonning ijobiy xossalaridan eng ko‘p samara bilan foydalanishga imkon beradi.
YUpqa devorli temir-beton ustyopmalarining asosiy turlari:ssilindirik qobiqlar, yig‘ma ustyopmalar, aylanma qobiqli-gumbazlar, to‘g‘ri burchakli rejada ikki xil egrilikka ega bo‘lgan qobiqlar, manfiy Gauss egriligi qobig‘i, vantsimon osma qobiqlar va boshqalardan iborat. YUpqa devorli fazoviy konstruksiyalar murakkab qilib loyhalanishi mumkin, ya’ni bir nechta bir xil yoki har xil qobiqlardan iborat bo‘lishi mumkin. YUpqa devorli konstruksiyalar, ayniqsa gumbazlar faqat temir-betondan 110 tayyorlanmasdan, balki boshqa materiallardan: masalan, armotsementdan, zich armaturalangan, mayda donali betondan iborat bo‘lishi mumkin.
Download 66.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling