Mavzu: arxeografiya. Arxiv hujjatlarini nashrga
Download 269.12 Kb. Pdf ko'rish
|
12 ma\'ruza
MAVZU: ARXEOGRAFIYA. ARXIV HUJJATLARINI NASHRGA TAYYORLASH REJA: 1. Arxeografiya fanining vazifalari 2. Arxiv hujjatlarini nashga tayyorlash 3. Adabiyotlar ustida ishlash, hujjatlarni yig„ish va tanlash usuli. 4. Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish. Arxeografiya O„zbekiston tarixining dolzarb masalalarini yoritishda, ilmiy tadqiq qilishda arxiv hujjatlari katta ahamiyatga ega. Ta‟lim jarayonida arxiv hujjatlarini nashr qilish ishini tashkil etishni o„rgatish zarurdir. Ana shundan kelib chiqib, “Arxeografiya” fanining ahamiyatini belgilash mumkin. Arxeografiya (grekcha arheos– qadimgi va grafxo - yozaman, ta‟riflayman) maxsus, yordamchi tarix sohasi bo„lib, u quyidagilarni o„rganadi: - Yozma manbalarning umumiy nashrini; - Nashr uchun manbalarni tanlashning prinsipi va uslubini, shuningdek, ularni nashrga tayyorlashni; - Nashr bilan shug„ullanuvchi tashkilotlar ishini; - Arxiv va tarixiy manba (hujjat)larning nashr tarixi va tarixiy manbalarning, matnlarning mazmuni; - Tarixiy manbalarni nashr etishni. Arxeografiya yozma manbalarni nashr etishning nazariy va amaliy sohalarini o„rganuvchi fandir, u tarixiy yodgorliklarni yig„ib nashr etishning uslublarini, manbalarni ilmiy tanqidiy nashr etishning qoidalarini ishlab chiqadi. Arxeografiyaning vazifasi qo„lyozma manbalarni qayti ishlash usullari va nashrga tayyorlashdan iboratdir. Arxeografiya fan sifatida XII–XVIII asrlarda vujudga kelgan. Dastlabki hujjatlarning tanqidiy nashri XVI–XVIII asrlarda nashr etilgan. Dastlabki arxeograflarni tayyorlovchi institut 1821-yilda Fransiyada asos solingan Parij Xartiya maktabi hisoblanadi. Hujjatlarni nashr etishda katta o„rinni tashqi siyosat va tarixga oid hujjatlar tashkil etgan. Hozirda nashriyot texnologiyalari va uslublari nihoyatda xilma–xil, buning ustiga uni nashr etishdagi uslublar ham nihoyatda ko„p. Ba‟zan maxsus hujjatlar to„liq nashr etilsa, ba‟zan uning ma‟lum sohaga tegishli qismlari nashr etiladi. XIX–XX asrlarda nashrga hujjatlarni mavzusiga qarab tanlash va nashrga tayyorlashning prinsiplari ishlab chiqila boshlagan. Shu davrda arxeografiya nafaqat Yevropada, balki Shimoliy Amerika va Xitoyda ham rivojlangan. Jumladan, shu davrda arab va fors manbalarini nashr etish ommaviy (Germaniya va Fransiyada) tus oldi. Ko„plab hujjatlar Buloq (Qoxira yaqini)da, Arab qo„lyozmalar instituti (Misr, Qohira)da, Hindistonda, Eron, Yaponiya, Damashq (Suriya)da ko„plab arab va fors manbalari nashr etildi. Rossiyada hujjatlarni nashr etishda rus tarix jamiyati katta o„rin tutgan. XX asrda esa sobiq SSSR fanlar akademiyasi bu ishni davom ettirgan. XX asr oxiri XXI asr boshida Rossiyada eng ko„zga ko„ringan arxeograflari S.O.SHmidt va A.D. Stepanskiylardir. XX asrning 20-30 yillarida O„zbekistonda ko„plab hujjatlar nashr etila boshlandi. XX asrning 2-yarmidan esa ko„plab tarixiy hujjatlar nashr etila boshlandi. Bunda M.Vays, B.Bervin, P.Raximov, A.Alimov, S.Dmitrieva, P.Kim kabi olimlarning xizmatlari katta. Bu davrda O„zbekistonda Amir Temur davriga oid hujjatlar juda ko„p nashr etilgan. Biroq bunda hujjatlar to„liq emas, bir tomonlama nashr etilgan. Arxeografiya ilmiy fan sifatida, tarixiy fanlar talabiga ko„ra rivojlanishi XVIII asrga to„g„ri keladi. XVIII asrga kelib tarixchilar manbalardan ilmiy tadqiqotlarida foydalana boshladilar va manbalarni nashr etish zarur degan xulosaga keldilar. V.N.Tatishev (1686-1750) “Rossiyaning eng qadimgi tarixi” asarida bir qator solnomalardan foydalandi. V.N.Tatishev tadqiq qilgan hujjatlarni ob‟ektiv ravishda tanqidiy nashrlarning amalga oshirdi. V.N.Tatishevning bu uslubi bir qator arxeograflarda namuna bo„ldi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya Fanlar akademiyasi tomonidan solnomalarni nashr etish boshlandi. Arxeografiyani rivojlanishi uchun Tashqi ishlar vazirligi Moskva bosh arxivi qoshida “Davlat mukofotlari va bitimlar haqidagi” komissiya (1811) va Moskva universiteti huzuridagi “Rossiya tarixiy va qadimshunoslik” Jamiyati (1804), Xalq ta‟limi vazirligiga qarashli “Arxeografiya komissiyasi” (1834), “Rus tarixchilar jamiyati” (1866 yilda asos solingan) lari katta rol o„ynadi. 1922 yilda A.S.Lappo-Danilevskiy muharriligida “iqtisod kollegiyasi yorliqlar” to„plamining birinchi tomi chop etildi Unda hujjatlarni nashr qilish qoidalari beriladi. Bu qoidalar 1901 yilda ishlab chiqilgan edi. 1930 yilning boshlarida A.A.Sergeev A.S.Lappo-Danilevskiyning qoidalarni tanqid qiladi. A.A.Sergeev bu “hujjatlarni sinfiylik jihatidan tadqiq qilish sharti” yo„qligida ayblaydi. XX asrda arxeograflar 1919 yilga qadar bo„lgan ko„pgina manbalarni ilmiy muomalaga kiritadilar, bular yordamchi tarix fanlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Arxeografiya rivojlanishiga XIX asr oxiri–XX asr boshlarida P.M.Stroev, Ya.I.Berednikov, N.V.Kalachovlar katta hissa qo„shdilar. Ammo bu davrda Rossiya arxeograflari faqatgina mehnatkashlarning sinfiy kurashlari, Rossiya iqtisodiy rivojlanishi, inqilobiy harakatlari haqidagi manbalarni nashr qildilar. Sovet arxeografiyasi sinfiy mafkuraga tayanib asosiy e‟tiborni mehnatkashlar tarixi haqidagi manbalar, mamlakat iqtisodiy rivoji, sinfiy kurash, partiya tarixi hujjatlariga, sotsialistik qurilish haqidagi materiallarni nashr etishga qaratilgan edi. Bu nashr ishlari bilan partiya, Fanlar Akademiyasit institutlari va Bosh arxiv boshqarmasi shug„ullangan. Bu hujjatlar asosan tarixiy jurnallarda nashr qilingan. Arxeograf mutaxassislarni tayyorlash Moskvada joylashgan tarix-arxiv instituti tomonidan amalga oshirilgan. 1955 yilda “Tarixiy hujjatlarni nashr qilish qoidalari”, 1960 yilda esa “Sovet davri hujjatlarini nashr qilish qoidalari” qabul qilingan. Bu davrda ko„p tomli “Imperializm davridagi xalqaro munosabatlar”, “Rossiyada krepostnoy manufaktura”, “Dekabristlar qo„zg„oloni”, “XIX asrda ishchilar harakati”, “Rossiyada 1905-1907 yillardagi revolyusiya” kabi hujjatlar to„plamlari nashr qilingan. Tarixiy “Rus haqiqati” ,“Rus solnomalari” to„liq to„plami (25-30 tomlar)”, “Imperator Ulug„ Petr xatlari va qog„ozlari” (7-11 tomlar) va boshqalar. Sovet arxeografiyasi rivojida I.Andreev, S,N.Valk, B.D.Grekov, D.S.Lixachev, Novoselskiy, M.N.Tixomirov, N.V.Maksakovlar katta hissa qo„shgan. Download 269.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling