Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to’liq fayllar strukturasi buyicha yoki papkalar buyicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko’p bo’lsa, ularni oldin bitta papkaga yig’ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda arxivlash natijasida boshlang’ich fayl 10 — 20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |